Munosiblar faqat öziga işonadi
Respublika Oliy taʼlim muassasalariga 2022/2023 öquv yili uçun qabul jarayoni Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 13 iyuldagi 1-son bayoniga muvofiq, joriy yilning 20 iyunidan 27 iyulga qadar yaʼni bugungaça davom etişi belgilandi.
Mazkur muddat davomida abituriyentlar öz maʼlumotlarini özgartirişlari hamda çet tilidan milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bölsa, sertifikat maʼlumotlarini tizimga kiritişlari mumkin.
Özbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat oliy taʼlim muassasalariga öqişga qabul qiliş jarayonlarini taşkil etiş töğrisida”gi 2022 yil 15 iyundagi PQ-279-son qarori va “2022/2023 öquv yili uçun davlat oliy taʼlim muassasalariga öqişga qabul qilişning davlat buyurtmasi parametrlari töğrisida”gi F-60 farmoyişi asosida Özbekiston Respublikasi Oliy va örta maxsus taʼlim vazirligining 2022 yil 17 iyundagi 210-sonli buyruqlari qabul qilindi va ijroga yönaltirildi.
2022/2023 öquv yili uçun Navoiy davlat pedagogika institutiga kunduzgi, sirtqi, keçki taʼlim yönalişlari hamda magistratura mutaxassisligi uçun jami 3945 ta kvota ajratildi. Şuningdek, professional taʼlim — axborot tizimlari va texnologiyalari yönalişi (50 ta kvota) oçildi; pedagogika-psixologiya yönalişi pedagogika yönalişi sifatida özgartirildi. Institutda qabul jarayonini samarali taşkil etiş böyiça maslahat markazi (call center) taşkil etilgan. Bunda 5 ta statsionar telefon orqali malakali mutaxassislar abituriyentlar va ularning ota-onalariga jarayon haqida töliq maʼlumotlar berilmoqda. Maslahat markazidagi telefonlar yakşanba kunidan taşqari har kuni soat 9:00 dan 18:00 ga qadar işlab turibdi.
Qabul jarayonida bu yil ham imtiyozlar joriy etilgan: şunga asosan institutimizga kamida beş yil iş stajga ega bölgan xotin-qizlar uçun tölov-kontrakt asosidagi 8 ta; nogironligi bölgan şaxslar uçun qöşimça ikki foizli davlat granti asosidagi 75 ta; “Mehribonlik uyi” va Bolalar şaharçasining bitiruvçilari bölgan çin yetimlar uçun 38 ta qabul kvotasi ajratilgan. Şuningdek, Xotin-qizlar uçun 4 foiz qöşimça davlat granti asosidagi Navoiy viloyati miqyosida 60 ta qabul kvota; bundan taşqari, umumtaʼlim muassasalarida faoliyat olib borayotgan va oliy maʼlumotga ega bölmagan öqituvçilar uçun tölov–kontrakt asosida alohida maqsadli qabul va Boşlanğiç taʼlim yönalişi uçun 50 ta qabul kvotasi ajratildi.
Abituriyentlar bilan uzluksiz aloqada böliş uçun 8 ta kasbiy (ijodiy) imtihonlar ötkaziladigan taʼlim yönalişlariga kiriş böyiça fan dasturi va baholaş mezonlari institutning nspi.uz (enspi.uz) veb-saytga joylaştirilgan. Qabul böyiça barça jarayonlar sayt va tegişli ijtimoiy tarmoqlar orqali jamoatçilikka yetkazib borilmoqda. Saytda “Qabul-2022” bölimi mavjud. Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2022/2023 öquv yili qabul jarayonlariga tegişli qaror va farmoyişlari, Özbekiston Respublikasi Oliy va örta maxsus taʼlim vazirligining buyruqlari, qabul kvotasidan taşqari bugungi kunda amaldagi imtiyozlarning barçasi hamda abituriyentlarning onlayn hujjat topşirişlariga kömaklaşuvçi video roliklar joylaştirib borildi.
Xorijiy davlatlardan öqişni köçiriş böyiça arizalarni qabul qiliş esa joriy yilning 15 iyulidan 5 avgustga qadar onlayn amalga oşiriladi.
Xorijiy davlatlardan öqişni köçiriş böyiça ötiş ballari Oliy va örta maxsus taʼlim vazirining tegişli buyruği bilan tasdiqlangan bölib, ötiş ballari bilan info.edu.uz sayti orqali tanişiş mumkin.
Şuni taʼkidlaş lozimki, xorijiy mamlakatlarda faoliyat yuritayotgan oliy taʼlim taşkilotlaridan davlat oliy taʼlim muassasalarining mos va turdoş bölmagan taʼlim yönalişlariga talabalar öqişini köçirişga ruxsat etilmaydi.
Xabaringiz bor, bu yilgi test sinovlari ham oçiq maydonlarda ötkazilişi rejalaştirilmoqda. Bu böyiça ham tayyorgarlik işlari olib borilyapti.
Bundan taşqari, kasbiy (ijodiy) imtihonlar topşirilişi uçun barça qulayliklar va şaroitlar yaratilmoqda. Bu jarayon ham abituriyentlarni röyxatga oliş muddati tugaşi bilan, guruhlar ketma-ketligida ötkaziladi. Abituriyentlarning ota-onalari va qarindoşlarining imtihon jarayonlarini onlayn kuzatişlari uçun keng imkoniyat yaratiladi.
Unutmaylik, magistratura mutaxassisliklariga mutaxassislik fanidan imtihon bölmaydi, faqat çet tilini biliş darajasi va sertifikat va diplom baliga qarab öqişga qabul qilinadi. Filologiya yönalişidagilardan S1 darajasidagi çet tilini biliş sertifikati, aniq fan va texnika yönalişidagilardan esa B2 darajasidagi çet tili sertifikati talab qilinadi.
Tölov-kontrakt asosida öqişga tavsiya etilgan xotin-qizlarning bazaviy tölov-kontraktlari Respublika byudjetidan qoplanadigan böldi.
Joriy yildan boşlab magistratura mutaxassisligiga 2 marta (avgust va dekabr oylarida) qabul jarayonlari taşkil etiladi. Agar magistratura mutaxassisligi qabul kvotalari tölmasdan qolsa, ana şu tölmay qolgan magistratura mutaxassisliklari böyiça takroriy qabul uçun hujjatlar qabul qiliş dekabr oyida qayta taşkil etiladi.
Abituriyentlarga Oliy taʼlim muassasalariga öqişga kirişga omad tilarkanmiz, quyidagi talablarga qatʼiy amal qilişlarini eslatamiz (bu ota-onalarga ham taalluqli) :
— Avvalo, taʼlim yönalişingizni töğri va aniq tanlang;
— Abituriyent xohlagan OTMini tanlaşi (5 tagaça) va test sinovlarini öz viloyatida topşiriş uçun barça imkoniyatlar yaratib berilgan;
— Joriy yildan fanlar bloklari mos keladigan 5 ta yönalişni tanlaşda endi kunduzgi, sirtqi va keçki taʼlim şakllarini tanlaş imkoni yaratildi.
Eng muhimi, agar sizlarga kimdir ijodiy imtihon va test sinovlariga kömaklaşaman deb, nopok yöllar bilan talabalikni vaʼda qilayotgan bölsa, bilingki, u firibgar. Aslo aldanib qolmang! Mazkur jarayonlarni ötkazişda heç qanday noqonuniy holatlar va turli aralaşuvlarga yöl qöyilmaydi. Barçasi şaffof va adolatli tamoyillarga asosan taşkil etilgan. Öz kuçingiz va bilimingizga işoning.
Ogoh böling, korrupsiyaning avj olişiga sababçi bölib qolmang. Firibgarlardan huşyor böling!
Bahodir SOBIROV,
Navoiy davlat pedagogika
instituti rektori,
qabul komissiyasi raisi
