Jurnalist böliş osonmi?
Jurnalist bölişni bolalikdan orzu qilaman. Bu oldimga qöygan eng ezgu maqsadlarimdan. Maqsadimga erişiş yölida esa bugun öqib, örganmoqdaman. Ammo… gohida baʼzilar ğayrioddiy fikrlari bilan aqlimni şoşirib qöyadi. Juda hayronman. Nima emiş, “öqimay turib ham jurnalist bölişi mumkin” emiş!
Axir, öqimay jurnalist böliş… qanday qilib?
“Şunçaki, qiziqarli mavzularda video lavhalar tayyorlab, ijtimoiy tarmoqlarga joylaş va uni tarqatiş kerak. Böldi, qarabsizki, jurnalistsiz-da”, deydi bir akaxonimiz.
Oçiği, bu gapdan hafsalam pir böladi.
Öylaşimça, har bir voqea, hodisani çuqur örganiş, mukammal tarzda yoritiş, öz fikrini asoslaş va şarhlay oliş, munosabat bildiriş çin jurnalistga xos xususiyat. Lekin bugun köpçilik yapaloqdek telefonda tasvirga olişni va uni öz bilganiça ijtimoiy tarmoqlarga joylaşni jurnalistika deb öylaşayotgani ğalati-da.
Katta ustozlarning bitiklarini öqiganman. Ular aytişadiki, Jurnalistika katta bilim, çuqur tafakkur, doimiy ijod va izlanişni, eng muhimi, jasorat bilan xolis va halollik ila yaşaşni talab qiladigan sohadir. Uning mehnati oğir, noni qattiq. El dardi, taşvişi bilan yaşaş oson emas.
Qiziq, bugun kimlarningdir bölgan-bölmagan aybini, baʼzida turli oilaviy ikir-çikirlarni oşkor etişni asosiy ijod mezoni bilib, jurnalist kasbini niqob qilayotgan kimsalar aslida qaysi sohaga tegişli? Jurnalistikaga, matbuotga qanday aloqasi bor bundaylarning?!
Undaylarni blogerlik hunari bilan şuğullanuvçi şaxs sifatida ham körolmaysan, kişi. Çunki, jurnalistikaning oltin qoidasi — haqiqatni bir tomonga böyin tovlamasdan yoritiş emasmi?
Juda açinarli, şunday şarafli kasbni keyingi paytlarda baʼzi bir “dono”lar öta yuzaki hisoblab, bir dumalab özlaridan “jurnalist, muxbir” yasab olişayotganiga jim qarab turib böladimi? Şunday ekan, men hali şu sohaga qiziquvçi, kelajakda şu yönalişdagi oliy dargohlarga kirib öqişni niyat qilib turgan yoş inson sifatida, elu xalqqa çinakam matbuot, OAV vakili kimu, bloger kim, ijtimoiy tarmoqlarda öz profilini oçgan odam kimligini tuşuntiriş kerakmikan, — deya öylab qolaman. Yöqsa, bugun kimning qölida telefon yöq, yo kim ijtimoiy tarmoqlarga kirmaydi? Yoxud kim telegrammda öz raqamiga ega emas? Tavba, telefoni bor odam osongina jurnalist bölib qolaveradimi?
Aslo. Keçirib qöyişsin, bunday hovliqmalar! Kerak bölsa, jurnalist böliş uçun nafaqat oliy maʼlumotga ega böliş, balki ijodkor inson butun umrini şu sohaga bağişlaşi kerak deb bilaman. Negaki, hayotini sohaga baxşida qilib yurgan qança ustozlarni bilaman, ular ijodini kuzatib bormoqdaman.
Sözim oxirida aytmoqçi bölganim şuki, uluğ va şarafli kasbga soya solmoqçi bölayotgan ayrim na savodi, na mutaxassisligining tayini bölmagan betayinlar qança çiranmasin, urinişmasin osongina jurnalist bölib qolişolmaydi. Maşhur hofiz kuylaganidek, haqiqiy jurnalistni el biladi, el taniydi, tan oladi. Undaylarni kim biladi?
Uluğbek ŞAROBIDDINOV,
“YUKSALIŞ” umummilliy harakati aʼzosi
