“Tanqid  saralamoqdur”

Tanqid bu – biror narsaga baho beriş maqsadida uni tahlil va muhokama  qiliş, kamçilik­larini atrofliça asoslaş, taklif va fikrlar berişdir. Özi tanqid deyilganda, köp kişilarning köz öngiga faqat salbiy holatlar bayoni keladi. Vaholanki, hatto, adabiyotşunoslikda ham tanqidiy fikrlaş degan nazariya bor.

Avvallari tanqid ostiga olingan asarlar yuqori tabaqa vakillari uçun katta muammo hisoblangan va bu yönalişda qalam tebratgan jadidlarimiz köplab tazyiqlarga uçraşgan. Şu bois öz ism-şariflarini sir tutgan holda ommaga öz fikrlarini bayon etişgan. Hozirgi kunda ham adabiy tanqidçilik davom etib kelayotgani heç kimga sir emas. Ammo köp olimlar hozirgi adabiy tanqiddan qoniqişmayapti. “Badiiy adabiyot nuqsonlarini nega tanqidçilar tahlil qilişmaydi”, deb mudom yozğirişadi. “Öz aybini boşqalardan köriş va ağdariş azaldan davom etib keladi. Bu – maʼnaviy ojizlik”, —  dey­di adabiyotşunos olim Ibrohim Ğafurov. Aslida ham tanqid bu yozilgan asarni bus-butunligiça qoralab taşlaş emas, balki asarning nafisligini oçib beriş va tuşuntiriş, örni kelsa kamçilik­larini ham bayon etişdan iborat. Tanqidiy fikrlaş — hamma narsani tanqid ostiga oliş emas, balki maʼlumotlarni tahlil qiliş, şubha ostiga olib, asoslarini tekşirib çiqiş hamda uni mustaqil baholaşdir. Ammo hozirgi kunda ayrim tanqidçilar faqat asarning yomon tomonlarini körişadi va öquvçiga asarni faqat qoralab körsatişga harakat qilişadi. Bu — notöğri talqin. Maʼrifatparvar bobomiz Behbudiy aytganidek, “Tanqid – saralamoqdur”. Aslida ham tanqid saralaş demak, qoralaş emas.

Milliy tanqidçiligimizning ilk bosqiçida Çölpon, Oybek, Abdulla Qodiriylar katta maktabi ibratli edi. Ming afsuslar bölsinki, totalitar tuzum adabiyotning har jabhasini qamrab oldi va adabiy tanqidçilikni va unda qalam tebratayotgan adib­larni ham çetlab ötmadi. Ular tomonidan yozilgan har bir asar misoli xavfli öq kabi qarşi olindi. Şukrlar bölsinki, bugun tanqidçilikka munosabat orzu qilinganidek. Ammo hozirgi kunda yozilgan asarlarni sinçiklab kuzatadigan adabiy tanqidçilar deyarli yöq. Borlari esa asarni tölaligiça tahlil qilmay, bir yoqlamalik bilan munosabat bildirişmoqda.

Aytmoqçimizki, tanqidçilik ham bir sanʼat.  Sanʼat esa yaratuvçi bölişi kerak, buzuvçi emas.

Tursunoy BOQIYEVA,

ÖzJOKU talabasi

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan