Diplom bölsa böldimi?

Telefonimizga har ikki kunning birida “Tabriklaymiz, siz talabalikka tavsiya etildingiz”, degan xabarlarning kelişi odatiy hol bölib qoldi. Ayniqsa, bu holat imtihondan kam ball töplagan abituriyentlarda köp uçramoqda. Bu ham mayliku-ya, endigina test topşirib çiqqan abituriyentlarning qöliga reklama qoğozçalarini tarqatişlariga nima deysiz? Bu nodavlat universitetlarning piarimi yoki nima bölsa ham bola töplaşning çorasimi?

Men ham birinçi yili öqişga kira olmaganman. Öşa payt qöşni Tojikistondagi oliy öquv yurtiga hujjat topşirib, öqişga qabul qilindim va birinçi kursni öşa yerda öqiganman. Ikkinçi yili öqişimni köçirişim kerak bölganda, yana özimizning oliy taʼlimga omadimni sinab köriş uçun topşirdim. Ne baxtki, grant asosida öqişga kirdim va özimizning oliy dargohda öqiy boşladim. Öz yurtingda öqiş baribir boşqaça-da. Ammo mana ikki yildirki, avgust-sentyabr oylarida telefonimga kelayotgan çaqiruv va xabarlarning keti uzilmaydi: “Tabrik­laymiz, sizni nufuzli universitetga öqişingizni köçirişda yordam beramiz” degan xabarlar. Öylab qolaman, men qanday qilib imtihonsiz öqişimni köçirişim mumkin? Axir öqişni köçiriş uçun ham maʼlum bir talablar bor emasmi?

Afsuski, bu kabi savollar bitta meni emas, köpçilik yoşlarni öylantirmoqda. Biroq “talabaman”, degan nom uçungina turli xususiy universitetlarda öqiyotganlarning borligi maʼlum. Ayrim xususiy taʼlim mas­kanlarida öqiydigan talabalar bilan suhbatlaşganimda esa deyarli köpçiligi “Öqişdan past ball töplab yiqildim, bu yerda bir yil öqib davlat oliy taʼlim muassasalariga perevod (köçiriş) qilaman” degan iddaolarni aytişadi. Köçiriş bali kiriş baliga qaraganda ança past­roq ekan. Maʼlumotlarga qaraganda öqişni köçiriş böyiça test sinovlarida iştirok etgan talabgorlarning 89,2 foizi joriy yilda belgilangan talablarni bajara olişmagan. Xorijiy va nodavlat OTMlardan davlat OTMlariga köçiriş böyiça ötkazilgan imtihonlarda jami 41 ming 122 nafar talab­gor iştirok etgan. Ularning 4 ming 433 nafari ötiş balini olgan bölsa, 36 ming 689 nafari talabni bajara olmagan. Aslida, yuqoridagi körsatkiçlar nodavlat universitetlarning, ularda taʼlim olayotgan talabalarning bilim darajasiga isbot emasmi”?! Qani bu yerda tenglik? Bu yerda yillab öqib, qiynalib öqişga kirgan talabalardan köra, ularning osongina öqişini köçiriş­lari uçun arzimasgina ball töp­lasa kifoya ekan.

Özim bilan tengdoş qizlarning fik­rini sörar ekanman, ularning köpçiligi “Hozir qizlarni diplomiga qarab olişayapti, öqigan qizlar örnini tez topayapti”, deydi. Unday bölsa ota-­onamiz misqollab topgan pullarini nodavlat universitetlarning kontrakt­lariga sovurişimiz kerak ekan-da?

Ha, ustozlarimiz öquvçilik çoğimizda bekorga kelajakda kim bölişimiz va buning uçun qaysi kasblar böyiça aʼlo öqişimiz joizligini ongimizga singdirib kelişmagan ekan. Donişmandning “Özgalarni özgartirmoqçi bölgan inson, avvalo, özini özgartirişi lozim” degan hikmatli iborasi bu borada hamma uçun asosiy mezon bölişi kerak, nazarimda. Zero, jamiyat rivoji va yoşlar istiqboli uçun bilim egallaşni taʼkidlamoq barçamizning burçimizdir.

Zanjiloy ABDUSALOMOVA,

ÖzDJTU talabasi.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan