Yolğonning “yoğli”si

Muqaddas dinimizda “sidq” degan tuşunça – bor. Bu: “Hamma narsani Xudo körib-bilib turibdi”, – degan aqidaga qatʼiy amal qilişni taqozo etadi.

Gap şundaki, yaqinda bir diniy ulamoning eʼlon qilingan musohabasida, jumladan, çekka   qişloqlarimizdan birida tuğilib-ösgani, 48 yoşdaligi, diniy tarğibotni boşlaganiga 40 yil bölgani, 8 yoşida “yuzlab” şogirdlar undan taʼlim olganini aytdi.

Keling, keltirilgan şu faktlarni real hayotga soliştirib köraylik.

40 yil burun 1982 yil edi. Tilimizda 100 gaça bölgan raqam közda tutilsa, “önlab” deyiladi, bordi-yu, “yuzlab” deyilsa, bu 200 dan oşiqni bildiradi.

Demak, 1982 yili 8 yoşli bir bola çekka bir qişloqda 200 dan ortiq bola yoki kişiga diniy taʼlim bergan.

Endi peşma-peş savollar tuğiladi…

Birinçidan, şöro davrining qiliçidan qon tomib turgan dahriyona siyosati 1982 yili 200 dan oşiq kişiga yaşirinça diniy taʼlim olişga yöl berib qöyarmidi? Axir, 1984 yili otasiga janoza öqitgani uçun bir akademik va bu marosimda qatnaşgan bir neça ilmiy xodim Özbekiston Kommunistik partiyasi XVI plenumi minbaridan turib sözlangan maʼruzada qattiq tanqid qilinib, jazolangan edi-ku.

Ikkinçidan, bu diniy taʼlim uçun 200 kişidan oşiq odam siğadigan qaysi imoratdan foydalanildi ekan?

Uçinçidan, öşa zamonda viloyatlarimizdan birining çekka bir qişloğida 200 dan oşiq kişi diniy taʼlim oliş istagida böldimikan?

Törtinçidan, hatto, hozirgi kunda ham xususiy tarzda diniy taʼlim beriş davlat qonuni bilan qatʼiyan man etilgan, agar ruxsat berilsa ham, çekka bir qişloqda bugungi kunda ham 200 dan oşiq kişining kelib, diniy taʼlim olişiga kim kafolat beradi?..

Xalqimizda: “Mullaning aytganini qil-u, qilganini qilma!” – degan     ajoyib maqol bor. Bu xalqdagi: “Garçi baʼzan özi amal qilmasa ham, mulla töğri gapiradi”, – degan qatʼiy işonçning mevasi sifatida yaralgan hikmat.

Mulla kişining bunday “yoğli-yoğli” yolğonlarni aytib taşlayverişi zamirida nima yotibdi?

Bizningça, yo: “Mullaman-ku, nima desam, odamlar işonib ketaveradi, aytaveraman”, degan maqsad,   yo… yana odam nima deyişga ham hayronsan.

Kelinglar, xalqimizning: “Mullaning aytganini qil!..” – degan ezgu eʼtiqodiga putur yetkazmaylik!

Sultonmurod OLIM,

Özbekistonda xizmat körsatgan

madaniyat xodimi

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan