Oyoğingiz qaysi zinada turibdi?

Akademik Qori Niyoziy Toşkent irrigatsiya va qişloq xöjaligini mexanizatsiyalaş instituti rektori bölib işlaganlar. Matematik edilar.

Bir-bir imtihon bölayotgan auditoriyalarga kirib, talabalardan:

– Institutimiz asosiy binosiga neçta zina bilan çiqiladi? – deb sörar ekanlar.

Töğri savol. Şunday emasmi?

Endi bunga teskari bir faktni keltiray. Gumanitar soha akademiklaridan biri ilmiy-tadqiqot institutida bölim mudiri bölib işlar ekan. Tekşirişga kelgan komissiya aʼzolaridan biri:

– Domla, bölimingizda neça xodim işlaydi? – deb sörasa:

– Töxtang, hozir hisoblaymiz-da, – debdilar-u, barmoq bilan sanay boşlabdilar.

Bunaqasi ketmaydi-da. Baʼzi olimlar ilmiy sohasida million-million faktni bilar-u, oddiy hayotdan şu qadar uzilib qoladiki, mana, hatto, qöl ostida qança kişi işlaşini ham aniq bilmaydi. Bu qanaqasi böldi endi?

Bir yiğilişda (bundan 7-8 yil avval S.O.) mamlakatimiz yillik   yalpi içki mahsulotining jon boşiga taqsimoti 2 ming AQŞ dollari atrofida ekani, bu jihatdan Rossiya, Turkiya kabi mamlakatlardan 5 barobar orqadaligimiz, ularda bu körsatkiç 10 ming AQŞ dollari atrofidaligi, agar yalpi içki mahsulotimiz har yili hozirgidek 5 foizdan oşib borsa, 100 yildan keyin Rossiya, Turkiyaning iqtisodiy darajasiga yetib olişimiz mumkinligi, ammo bir asr içida bu davlatlar yana qança darajagaça rivojlanişini heç kim bilmasligini   aytsam, bir taşkilot rahbari aççiqlab, majlisdan çiqib ketgan edi.

Holbuki, bugun har bir fuqaro mamlakat qaysi poğonada turganini beş qölidek bilib, uni rivojlantirişga aniq-tiniq hissa qöşişni öylaşi kerak. Aytaylik, qay bir tadbirkor özi yaşaydigan mahallada bir nonvoyxona oçdi. Albatta, maqsadi – foyda köriş. Lekin nonvoyxona mahalla ahlining kuniga yaraydi, issiq non uçun qöşni mahallaga borib yurmaydi, şu ham taraqqiyotga qöşilgan kiçik bir uluş sanaladi.

Ikki yoki köp qavatli uyda yaşasangiz, zinapoya zinalari neçtaligini aniq bilişingiz – şart. Axir, qoronğida ham çiqiş yo tuşişga töğri kelişi   mumkin-ku. Öşanda neçta zinadan keyin çapga yo öngga buriliş borligini ham adaştirmaysiz. Hayot akademikdan ham, “ukademik”dan ham hamişa huşyor bölişni talab qiladi, axir!

Şunda heç bir mamlakat: “Abadayni şabadayni, şab-şabadayni!” – degan bilan iqtisodiy jihatdan gurkirab ketmasligini aniq tasavvur qilamiz.

Ana şunda davlat nega byudjet taşkilotlarini qisqartirayotgani tub mohiyatiga ham yetamiz.

Şunday ekan, maktablarimizda fizika va kimyo fanlarini öqitişni qisqartiriş haqida sözlayotganlarni mutlaqo tuşunmayman. Aksinça, texnika asrida aynan şu fanlarni kuçaytirişimiz şart emasmi?   Aytaylik, televizorda kimdir: “Uglevodorodni qayta işlaşni Hindistondan örganişimiz – kerak”, – desa, kimyoni öqimagan bir kimsa “uglevodorod” deganda gaz va neft mahsulotlari közda tutilayotganini anglamay, angrayib ötiraveradimi?!

Ehtimol, aynan ana şu fizika va kimyo fanlarini yaxşi özlaştirmaydigan xalqlardan biri bölganimiz uçun ham iqtisodiy jihatdan şunday ortda qolib kelayotgandirmiz?!

Yana bilmadim, yana bilmadim…

Sultonmurod OLIM,

Özbekistonda xizmat körsatgan

madaniyat xodimi

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan