“Ş” va “Şarif” yoxud şarmandalik şunçalikmi?
Şöro davrida nomzodlik dissertatsiyasini yoqlaş uçun falsafa, çet tili va mutaxassislikdan imtihon (minimum) topşirilar edi. Özbekistonimizda, asosan, ingliz, nemis va fransuz tillari öqitilgan. Kamina maktabda nemis, universitetda fors tilidan taʼlim olgan edim. Nomzodlik minimumi ham fors tili böyiça topşirildi. Çamamda, şu Moskvaga unçalar yoqmadi. “Nima, bu ketişda özbeklar Eron bilan yaqinlaşadimi?” – deb öylaşgan bölsa kerak-da. Oxiri 1986 yilning 16 apreli kuniga sobiq Ittifoq Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan fors tili böyiça suhbatga çaqirildim.
Avval: “Nega fors tilidan topşirgansiz?” – degan savolga rus tilida javob berişga töğri keldi. Oltida asos keltirdim. Bu yerda ularni sanab ötirişning hojati – yöq. Keyin bir olimga söz berildi. U kişi bevosita forsiyda suhbat boşladi-ku:
— Rafiq Olimuf, esme şarife şumo çist?
Bu: “Örtoq Olimov, sizning şarafli ismingiz – nima?” – degani edi. Aslida, bu juda ilmoqli savol edi. Tilni çala bilganlar savolning özidan kelib çiqib jumla tuzardi-yu: “Esme şarife man falonçe ast”, – derdi. Bu: “Mening şarafli ismim falonçadir”, – degani böladi. Tamom, şu bilan qarmoqqa ilinardi-qolardi. Çunki, axir, kim özining ismini özi “şarafli” deb tilga oladi?!
— Esme man Sultonmurod ast, – dedim “şarif” sözini taşlab ketib.
Bu hangomani bekorga keltirayotganim yöq. Yaqinda bir nufuzli idoradan özim haqimda maʼlumotnoma tayyorlab berişim söraldi. Xato qilmasligim uçun namunasi ham jönatildi. Qay köz bilan qarayki: “Familiya, ism, ota ismi” söralgan qator tagiga: “Familiya, ism, şarif” sözlari yozib qöyilgan.
Astağfirulloh! Qaçondan beri tilimizda “şarif” sözi “ota ismi” (rusça “otçestvo”) bölib qoldi?
Kim özi bunday ixtirolarni öylab topadi?
Nega hammamiz jim turaveramiz?
Axir, til – xalqniki-ku!
Uni öziça özgartirişga heç kimning haqqi yöq-ku!
Buku hali unçalar keng yoyilib, ommalaşib ketmagan.
Lekin bugun ijtimoiy tarmoqlardagi yozişmalarni bir öqing. Millatimizning buyukdan-buyuk boyligi bölmiş ona tilimizga özboşimça munosabatlardan tepa soçingiz tikka bölib ketadi.
Lotin yozuvi asosidagi yangi alifboda “ş” harfini “sh” tarzida qabul qildik. Töğri, bir tovuşni harf qöşilmasi bilan ifodalaş köpçilikka yoqmadi. Hozirgi paytda buning çorasi öylanyapti.
Köp fuqarolarimiz, öylamay-netmay, lotin yozuvi asosidagi alifbomiz matn yozayotganda “sh” örniga “w” harfini qöllaşyapti. Bunda, ehtimol, uning kirill yozuvidagi “ş”ga şaklan öxşab ketişi sabab ham bölayotgandir. Ammo bu heç mumkin emas-ku.
Yana öşa Özbekiston Qahramoni, Özbekiston xalq şoiri, ustoz Abdulla Oripovning maşhur satrlarini takrorlaşga töğri keladi:
Qaçon xalq bölasan, ey sen ‒ olomon!
Xöş, xalq – kim?
Xalq şunday katta kuçki, hatto, davlat ham bir harfni özgartirişni undan söraydi, yaʼni avval umumxalq muhokamasidan ötkazadi.
Şunday ekan, bu fuqarolarimiz kimdan sörab “sh”ni “w” tarzida yozyapti?!
Kaminaga qolsa, bunday holatlarga keskin çoralar qöllanilişi kerak.
Nima dedingiz?
Sultonmurod OLIM,
Özbekistonda xizmat körsatgan
madaniyat xodimi
