Oyoq çalkaştirişning çalkaşliklari
yoki aql – boşqa narsa, farosat – boşqa
Yaqinda Ukraina Prezidenti hayʼati Qatarga rasmiy safar qildi-yu, baloga qoldi-ku. Çunki hayʼatdagi vazirlardan ikki nafari arablar bilan suhbat çoğida oyoqlarini çalkaştirib ötiribdi, deng. Bu islom olamida juda yomon beodoblik hisoblanadi.
Buni arablar özlariga nisbatan bepisandlik va hurmatsizlikning oliy namunasi sifatida qabul qilişdi. Şuning uçun ijtimoiy tarmoqlarda töpolon boşlandi. Odamlar noroziliklarini yozib taşlaşdi.
Qiziqdan-qiziq aloqadorlikni qarang. Uç-tört kun burun ğazalnavis şoir Ismoil Mahmud hoji akamiz televideniyeda berilgan bir körsatuvdan norozi bölganlarini gapirib qoldilar. Oti – esimda yöq, bir yoş, isteʼdodli şoir körsatuvda qatnaşib, oyoqlarini çalkaştirgan holda sözlabdi, şeʼr öqibdi.
—Şoirliging – özingga! Şu ham odobmi? Farosat qani? Şu behurmatligi bilan u qanday qilib xalqqa maʼnaviyat ulaşadi? Axir, körsatuvni million-million kişi köradi-ku! – dedilar.
Keyin qaysidir badiiy film muhokamasiga bağişlangan telekörsatuvda taniqli bir olimimizning ham oyoqlarini çalkaştirib sözlaganini eslagan böldik.
Xotira yomon narsa-da. Bir taʼsirçan voqeaga guvoh bölsangiz, qurğur bir umr esdan çiqmaydi-da.
Ustoz Ğaybulla Salomovga nevara şogird edim. Ilmiy rahbarim— taniqli olim Najmiddin Komilovning ham ustozlari edilar. Şu uluğ zotning tavsiyalari bilan kursdoşim Zuhriddin Isomiddinov bilan ikkalamiz Özbekiston Fanlar akademiyasining hozirgi Özbek tili, adabiyoti va folklori institutiga işga kirganmiz. Institutimizga kelib qolsalar, şogirdlar atroflarini örab olar edik.
Bir gal Tarjima nazariyasi sektorining katta xonasida örtaga stul qöyib, ötirib oldilar. Hammamiz stullarimizni örtaga olib, davra qurdik. Qizğin suhbat boşlandi. Şogirdlardan biri domlaning röparalariga ötirib olgan. Berilib gap beradi. Lekin bir çap oyoğini öng oyoği ustiga qöyib oladi, bir öng oyoğini çap oyoği ustiga. Yana tepadagi oyoğini öynatib-öynatib qöyadi ham. Oyoq naqd ustozning peşonalari oldida borib keladi-da.
Bu akamizning farosat qilmaganini öşanda könglimga tugib qöygan edim.
Yillar ötdi. Bir kuni ustozning ziyoratlariga bordim. Darvozaxonalarining ustidagi kiçkinagina boloxonalarini ijodxona qilib olgan edilar. Işlaganlari işlagan edi.
Bir paytlar institutimiz direktorining örinbosari bölib işlaganlar. Yor-döstlarni söragan böldilar. Gap aylanib, ana öşa oyoğini domlaning peşonalari oldida öynatgan akamizga taqaldi.
— Undan haqiqiy adabiyotçi çiqmaydi, – dedilar ustoz.
— Nega? – dedim qiziqib.
— Didi yetmaydi, farosati yöq. Farosati bölsa, höv, bir gal borganimda, esingizda bormi, oyoğini oyoğiga çalkaştirib, naqd peşonamning oldida öynatgan-a. Ilmi bordir, aqli bölişi mumkin, lekin farosati – yöq…
Ğarb – Ğarb, Şarq – Şarq. Ehtimol, Şarq Ğarb bölolmas, biroq farosat bobida Ğarb ham Şarq böla olmaydi.
Demak, farosat deb atalgan narsaga ilm örganib, kitob öqib ham ololmaslik mumkin ekan-da. Bu tarbiyaga boğliq bir mezon ekan-da…
Sultonmurod OLIM,
Özbekistonda xizmat körsatgan
madaniyat xodimi
