Mansab va martaba

Boşqani bilmadim-u, qalamkaşga Xudo umrni fikrlaş uçun bergan. Qança köp yaşasang, şunça köp fikrlaş imkoniga egasan.

Tunov kuni bir oşda ğalati bir hodisa yuz berdi. Esning esi – bor, deysizmi? Bundan 25 yil burun bölgan bir voqea yodga tuşdi.

Öşanda kamina katta idorada xizmat qilar edi. Zavq-şavq bilan işlanar, tez-tez ommaviy axborot vositalari orqali çiqilar edi. Taniqli adabiyotşunos olim Ozod Şarafiddinovning 70 yoşga tölişlari munosabati bilan Toşkent şahri hokimiyati oşxonasida ziyofat böldi. Dasturxon atrofida kaminadan ikki-uç yoş kiçikroq bir notaniş yigit köp mulozamat körsatdi. Çoylar quyib turdi, non uşatdi, taqsimçaga turli yeguliklar solib berdi va hokazo. Oxiri özini taniştirdi.

— Sizning aşaddiy muxlisingizman. Sirtdan şogirdingizman. Yozganlaringizni öqiyman. Televideniye va radiodagi çiqişlaringizni jon quloq bilan tinglayman. Sizdan uslub örganaman, – dedi.

Ikki yil ötib, buni qarangki, bizga “sirtdan şogird” bölgan bu yigit bilan bir idorada işlaşga töğri keldi. Har holda, kamina rahbar örinbosari, u bölim mudiri edi. Negadir, avvalgi “şogird”ligidan asar ham qolmaganday edi. Sezmay ölibmanmi, rahbar oldida özini menga şogird qilib körsatişdan ölgudek qörqib yurdi. Ammo nima bölganda ham, davralarda örinbosardan yuqori ötirgani yöq.

Umrning öziki ötkinçi bölganidan keyin mansab vaqtinça bölmasinmi?

Yillar ötdi. Kamina amalga oşirilgan qisqartiriş tufayli mansabdan ketib, boşqa işga ötgan, ammo haligi “şogird” lavozimida qolgan edi. Toşkentga yaqin viloyatlardan biridagi oliy taʼlim muassasasi ötkazgan ilmiy anjumanga bordik. Rektor poytaxtdan maʼruza uçun kelganlarni mehmon qildi. Kamina xonaga oldinroq kiribman. Rektor törga alohida bir stul qöydirgan. Albatta, u haligi “şogird”ga möljallangan. Kamina va rektor uning ikki qölida röparama-röpara ötirdik.

Xomkalla bölmay ketay, içimda: “Hozir kelib: “Ustoz, yuqoriga Siz ötasiz, bizga noqulay-ku”, – desa kerak”, – deb öylabman. Otam tumandagi rahbar lavozimlardan birida işlaganlar. Ota-­onamdan, 18 yil Fanlar akade­miyasi, 3 yil Taşqi işlar vazirligi, 3 yil Prezident devoni, 11 yil Respub­lika Maʼnaviyat va maʼrifat markazida mehnat qilib, orttirgan tajribamdan kelib çiqilsa, qayerda qanday ötirib-turişni yaxşi bilsam kerak, deb öylayman. Şuning uçun bu “bölajak” taklifni rad qilişimni köng­limda pişitib turgan edim. Juda bölmasa: “Goh – pirdan, goh – muriddan”,   “Tegirmon – navbati bilan”,– degan gaplar – bor, bir marta törda ötirsangiz, nima qilibdi?” – deb hazillaşaman”, – deb ham öylab qöydim.

Qayoqda?!

U tantanavor kayfiyatda kirib kelib, rektor körsatgan joyga bemalol, zarraça xijolat çekmasdan, mamnuniyat bilan ötirib oldi-ku. Endi mansabi “ustoz”inikidan yuqori edi-da, axir!

Bugun bundan ham battari böldi. Özi özbek oşlarining yozilmagan köp-köp qoidalari bor. Ulardan biri şuki, stol bir boşdan töldirib boriladi. Bunda yoşga qaralmaydi. Kelgan böş stulga ötiraveradi.

Stolimiz hali tölmagan edi. Yuqoriroqda ikki yoşi yetmişlarga borgan oqsoqol ötirar edi. Bir mahal 45 yoşlar çamasi bir yigit kelib qoldi. Haligi ikki çol örnidan turib, unga joy böşatişdi. Yigit ham, xuddi öşa kaminaning “şogird”iday, mamnuniyat bilan çollarni bosib, yuqoriga ötdi. Suriştirsam, çollar uni yaxşi tanişar, qayerdadir kattaroq lavozimda işlar ekan.

Ikkita qoida buzildi: birinçisi – oşda ötirib-turiş qoidasiga amal qilinmadi, ikkinçisi – yoşning martabasi mansabdan yuqori ekani butkul unutildi.

Xotira – yomon narsa. Yomonligi şundaki, kompyuterga virus tuşadi, unga tuşmaydi-da.

…Bir gal ustozim, atoqli şarqşunos, filologiya fanlari doktori, professor, “Mehnat şuhrati” ordeni sohibi Najmiddin Komilov bir oşga hamma qatori kirib, kamtarlik bilan töğri kelgan stollardan biri atrofiga ötiribdilar. U paytda Özbekis­ton Res­publikasi Markaziy saylov komissiyasi raisi edilar. Töyçi domlani töyxonaning töridagi stolga oliş uçun odam yuboribdi.

— Yöq, – debdilar ustoz, – men qayerga ötirgan bölsam, öşa yerni tör hisoblayveringlar!..

Umrini aziz-avliyolar hayotini ilman örganib, el orasida tarğib qilişga bağişlagan olim şunday böladi-da.

Ammo oramizda bu hikmatdan, buyuk islomiy maʼnaviyatdan tamoman bexabar odam şunçalar köpki…

Sultonmurod OLIM,

Özbekistonda xizmat körsatgan

madaniyat xodimi

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan