Har bir xonadonga gazeta-jurnal borsa…

Bugun yana maktabga yöl oldim. Öquvçilarimning şodon çehralarini, men tomon oşiqib, yugurişlarini tasavvur qilib, şirin entikdim. Şu qoraközlarning borlariga şukur. Ular sabab hayotga, ijodga qiziqişim ortadi. Bolajonlarimning çuğurlaşib bergan savollari, özlaridek beğubor öy-xayollari diqqatimni tortadi. Bir-biridan dono öğil-qizlarimning bugungi holatlarini xayolan tasavvur qilib, manzilga yetib kelganimni ham sezmay qolibman.

Doimgidek qarşimga peşvoz çiqqan öquvçilarim diydoridan sarmast, navbatdagi maşğulotni boşladim. Kitob mutolaasi va uning hayotimizdagi ahamiyatini turfa badiiy asarlar misolida tuşuntira ketdim. Orada ommaviy axborot vositalari, ayniqsa gazeta va jurnallarni muntazam öqib boriş ijodiy salohiyatimizni oşirişi haqida ham alohida töxtalib ötdim.

— Ustoz, savolim bor edi…

Qimtinibgina söz boşladi qiziquvçan, ziyrakkina öquvçim Nafisaxon.   — Bizning şeʼrlarimiz qaçon gazeta va jurnallarda çiqadi?

Meni qiynab kelgan va kelayotgan oğriqli savol…

Nimayam derdim, oçiği ustozlarni, tarğibotçilarni ezib borayotgan bu masala qaçon yeçim topadi, özim ham hayronman…

Har gal öquvçilarimni sevintiriş maqsadida ijodiy maşqlarini dastalab tahririyatlarga çopaman, qoraközlarimning quvonçi uçun ham imkon qadar bolalar va ösmirlar naşrlariga obuna bölib, hamkorligimizni mustahkamlaşga harakat qilaman.

Axir bizning bolalik paytlarimizda har bir xonadonda ota-onamiz uçun 3-4 nomdagi gazeta, “Şarq yulduzi”, “Saodat”, “Fan va turmuş” singari jurnallar, biz bolalar uçun esa “Lenin uçquni”(hozirgi “Tong yulduzi”) gazetasi, “Gulxan”, “Ğunça” jurnallari muntazam kelardi.

Ming afsus, ayni paytda oila boşiga bittayam gazeta-jurnal töğri kelmaydi. Maʼnaviyatimizning oqsaşiga aslida şu katta sabab deb öylayman.

Endi öz vaziyatimizni tahlil qiladigan bölsak, ijodiy-madaniy masalalar böyiça tarğibotçining iş rejasida matbuotdagi iştirok asosiy örinda. Özimiz va öquvçilarimiz ijodiy işlarini matbuotda çop ettirişimiz mehnatimizning natijasini yaqqol körsatib beradi. Şuningdek, adabiy tögaraklarimiz faoliyati jarayonida uşbu gazeta va jurnallar uslubiy qöllanma sifatida juda asqotadi. Oladigan maoşimizning arzimas qismini obunaga, faol öquvçilarni rağbatlantirişga   sarflasak, nur ustiga aʼlo nur bölardi.

Özim obuna bölganim holda, yuqorida aytganimdek, iqtidorli öquvçilarimni rağbatlantiriş maqsadida imkon qadar gazeta va jurnallar bilan hamkorlik qilib kelmoqdaman. Bu naqadar maroqli ekanligini tasavvur ham etolmaysiz…

Bu borada ota-onalarga suyansak, obunani har bir xonadonga gazeta-jurnal kirib boradigan qilib taşkillaştirişsak maqsadga muvofiq bölardi. Çunki rangli va qiziqarli sahifalardan iborat bolalar va ösmirlar naşrlarining narxi u darajada qimmat emas. Buningi ustiga farzandlarimiz yoşiga munosib naşrlarni mutolaa etsa, öz tengdoşlariga havas qilib, gazeta-jurnallar sahifalarida çiqişga intilsa buning nimasi yomon?!

Men bolalar va ösmirlar naşrlarini kökda porlab turgan quyoşga öxşataman, hayotimiz mazmuni, kelajagimiz egalari bölmiş öğil-qizlarimiz esa şu porlab turgan quyoş nurlaridan bahramand bölişga haqlidirlar.

Tarğibotni obunadan boşlasak, farzandlarimizni kitobga, ayniqsa gazeta va jurnallar mutolaasiga undasak, şundagina jamiyatimiz şaffoflikka erişadi, göyoki “quyoş yuzin tösgan bulutlar”dan halos etgan bölamiz. Menimça, kelajagimiz egalarining ertasi porloq bölişini istagan har bir inson bunga befarq qaramaydi.

Muhabbatoy ABDUQODIROVA

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan