Mehribonlik (Oilaviy hangomalardan)
Bahrom AKBAROV
Muallif haqida:
Bahrom AKBAROV – 1961 yili Zangiota tumanida tuğilgan. 1983 yilda hozirgi ÖzMUning kimyo fakultetini bitirgan. 2009 yilda “Şuhrat” medali bilan taqdirlangan. Bolalarga atalgan 15 dan ortiq kitoblar muallifi. “Mitti botir” nomli kitobi nemis (2018) va rus (2021) tilida, “Qörqmas botir haqida ertak” kitobi (2021) yilda rus tilida naşr etilgan. Şuningdek, “Kiçkintoylar kitobi” (2015–2019) “Xayolimdagi hikoyalar” (2020), “Ğalati sinov” (2019) deb nomlangan kitoblari çop etilgan.
Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi aʼzosi.
Mehribonlik
(Oilaviy hangomalardan)
Işxonada nimadandir asabim buzilib, jahlim çiqib ötirgandim birdan telefon jiringlab qoldi. Oldim. Xotinim:
– Dadasi, – dedi u biroz yalinçoq ohangda. Uyga kelişingizda kartoşka bilan sariq sabzi ola keling. Non ham esingizdan çiqmasin-a.
– Öğlingga ayt. U olib kelsin! Nima bölsa menga aytasan, – dedim battar asabiylaşib.
– U işda-ku, dadasi. Işli odam. Işdan özi çarçab keladi…
* * *
Qahraton sovuq. Eslasam, bunaqa sovuq bolaligimda bölgan. Şunday kunda qon bosimim oşib, gapirişga ham holim yöq. Ölib qolaman şekilli, deb öyladim-da xotinimga qarab:
– Onasi, ölib qolamanov. Ölsam, adam bilan onamning yoniga qöyişsin, – dedim zörğa minğirlab.
– Ölmang, dadasi. Ölmang! – dedi xotinim qatʼiy.
Xotinimning gapi ança dalda böldi. Ruhim tetiklaşdi.
– Rahmat, xotin! Nega bunday deyapsan? – dedim yana şirin gap kutib.
– Hozir ölsangiz, bu sovuqda öğlingizga qiyin böladi. Uç kun eşik tagida turişni özimi? – dedi u beparvogina.
* * *
– Öğling ketiga kun tuşgunça uxlaydimi, uyğot! Hovlidagi yerni çopişga yordamlaşsin, – dedim belkurakka suyangança xotinga biroz baqirib.
– Jiming dadasi, jiming! Qöşnilar eşitsa uyat böladi, – dedi xotinim labini çöççaytirib.
– Qöşnilar bilan nima işim bor?! Soat 11 dan oşdi. Öğling yotaveradimi?
– Dadasi, – dedi xotinim ohista yonimga kelib. Arzimagan yerni vahima qilmasdan özingiz çopib qöyaqoling. Undan keyin-çi, sizga yana bir iş bor…
– Xöş, nima iş ekan, undan keyin? – dedim biroz popugim pasayib. Xayolimda negadir xotinim yaxşiroq gap aytadi, deb öylab.
– Undan keyin manavi ötinlarni ham arralab qöysangiz yaxşi bölardi, – dedi-da xotinim oşxona tomon burilib ketdi.
* * *
Işdan keldim. Qornim oç. Oşxonada kuymalanib yurgan xotinimdan söradim.
– Nimang bor? Qorin qurmagur surnay çalyaptiku?
Xotinim odatdagiça fartugini ğijimlab:
– Keçagidan qolgan şörva bor, isitaymi?
– Boşqa tuzukroq ovqating yöqmi?
– Ha, e… yöq, yöq! Nima deysiz, şörvani isitaveraymi?
– Boşqa ovqat bölmasa, nima ham derdim. Isitsang, isitaqol, – dedim-da oşxonaga kirdim.
Şu payt oşxona eşigi oldida hovliqqança öğlim paydo böldi.
– Men keçroq kelaman. Çoyxonamiz bor edi…
– Biron narsa yeb ket, – dedi xotinim şoşgança.
– Qornim töq. Çoyxonaga ketyapman, deyapman-ku, – dedi öğlim.
– Hozirgina amakingnikidan çiqqan issiq somsa bilan norin bor. Ozgina bölsa ham yeb ket.
– Somsa bilan norin ham bormi? – dedim hayron bölgança xotinimga qarab.
– Körib turibsiz-ku, öğlim şoşib turibdi, siz uydasiz-ku, – dedi u öğlimning qöliga norinni tutarkan…
* * *
Kun sovuq bölganligi sababli öçoqda ovqat pişiradigan böldik. Yertöladan temir öçoq va qozonni olib çiqdim. Xotinim qiynalmasin deb temir öçoq yoniga quruq ötinlarni taxladim-da, uy tomon yura boşladim.
– Olov yoqmaysizmi? Olovni kim yoqadi? – dedi xotinim zorlanib.
– Sovuq yedim. Ana, toyloqday öğlingga ayt. Öşa yoqsin. Bekorga televizor körib ötiribdi.
– Voy, voy, voy. Nimalar deyapsiz? – dedi xotinim iddao bilan. – Özingiz televizor körsangiz mayli-a, öğlimga yöqmi? Erta-indin uylanadigan bola, olov yoqaman deb et-betini kuydirib olsa nima böladi?..
* * *
Dam oliş kuni oşxonada xotinim, men, öğlim çoy içib ötirgandik. Odatdagiça xotinim gap boşladi.
– Dadasi, çoy içib bölib hovlida yoyilib yotgan stol va stullarni bostirma tagiga olib qöysangiz bölar ekan. Bahor havosiga işonib bölmaydi. Tağin ertaga şarillab yomğir yoğsa, stullar rasvo bölmasin.
— Töğri aytasan, xotin. Yoğoç stol-stullar köçib ketişi mumkin.
Bu işga darrov rozi bölganimga xotinim hayron böldi.
— Çoyingni tez-tez iç öğlim. Onang aytgan işlarni qilmasak bölmaydi, — dedim quvligim tutib. — Stolni bir özim kötarolmayman, juda oğir.
Xotinim bu gapimni eşitdi-da:
— Ja, Brusliman deb maqtanardingiz-ku. Mayli, bugun bu işlarni qilişingiz şart emas. Ertaga yomğir yoğadimi yöqmi. Xudo biladi. Bemalol çoyingni içaver öğlim, yomğir yoğgudek bölsa, boşqa kuni adang özi olib qöyar, öşa stullarni…
