Örgilayin “enam”dan…
1 aprel — Butun jahon kulgi kuni
Örgilayin “enam”dan…
(Hajviy şeʼr)
Bir kun ertalab tursam, boşim gir-gir aylandi,
Döstim döxtirxonaga yetaklaşga şaylandi.
Qon bosimim ölçadi çiroyli hamşira qiz,
Söng dedi u yuzlanib: “— Oşibdi davlenangiz.”
Döxtir yigit qoğozga qandaydir sözni yozdi.
Va aytdi: “— Bu doridan içib tursangiz, sozdir”.
Tabletkaning nomini yozgan ekan “Enam” deb,
Dorixonaga şoşdik “Endi bizda yöq ğam,” deb.
“Enam bormi?” dedim men oq xalatli ayolga.
Xaridorlar borişdi bilmam, qanday xayolga.
Tabletka tez topildi, qaytdik döstim ikkovlon,
Har galgidek qölladi, azaldan u mehribon.
Subhidamda va şomda içib turdim doridan,
Baraka topsin hamma doim kasbu koridan.
Qon bosimim joyida, balo ekan u döxtir.
Örgilayin “Enam”dan, endi muammom yöqdir…
Hasan ABDUVOHIDOV.
Sirdaryo viloyati
