Men qanday qilib gazetxon bölib qoldim?
Yoşim 17da. Köplab tengdoşlarimdan farqli ravişda gazeta öqişni yaxşi köraman. Qanday qilib bunga odatlanganimni aytaymi?
Har gal ustozim, taniqli jurnalist Ahmadali Şernazarovning işxonasiga borganimda, u kişi öqişimni qattiq tayinlab, menga “Xalq sözi”, “Hurriyat”, “Yangi Sirdaryo” kabi turli gazetalarni berardi. Dastlab köp va katta sahifali gazeta heç tugamaydigandek tuyulardi. Biroq ustozning “topşiriğini” bajariş uçun albatta ularni öqişim kerak edi va har bir maqolani öqirdim ham.
Har borganimda öqilgan eski gazetani yangisiga almaştirib qaytardim. Bora-bora bu har doimgi maşğulotim bölib qoldi. Şunday vaqtlar böladiki, nimadir qilişim kerak edi deb öylayman-u, “Ha-a-a topdim”, — deyman, yodimga tuşgaç. Sezib turganingizdek, gazeta mutolaa qiladigan vaqtim kelgan böladi. Va maktabimiz kutubxonasi sari yöl olaman. Agar kamida bir hafta gazeta-jurnal öqisangiz, bu hol sizda ham doimiy odatga aylanib qolar ekan.
Köplab tengdoşlarim hozir XXI asr, axborot texnologiyalari taraqqiy topgan vaqt deydi. Töğri, internet naşrlarda kun yangiliklari şamolday tez yoritib borilyapti. Dunyoning qaysi burçagida nimalar sodir bölayotganidan qisqa fursatlarda xabar topiş mumkin. Albatta, men ham internet orqali yangiliklarni kuzatib boraman. Lekin gazetaning men sevgan jihati şundaki, u elektron qurilmalar kabi közlaringizni toliqtirmaydi. Asosiysi, bosma naşrlar imlo, savod masalasida örgansa arziydigan eng yuqori saviyali vositalardir. Gazeta va jurnallardagi tahriri joyida gaplar va matnlarni öqib, bevosita ulardan töğri va ğalizsiz yozişni örganasiz. Çunki bu gazetalar tahririyatlarida azaldan bir nuqta yoki vergulda xato qiliş ham katta kamçilikka yöl qöyişdek hisoblanib kelinganini ustozimdan köp bor eşitganman. Bu fikrimning isbotini gazeta öqib, ijtimoiy tarmoqlar, internetdagi köplab axborot vositalarida yöl qöyiladigan ğij-ğij imloviy va uslubiy xatolarga közingiz tuşganda yaqqol körasiz, albatta.
Xullas, katta ijodiy tajriba töplagan tahririyatlar va ulardagi professional muharrirlar, jurnalistlar tomonidan tayyorlanayotgan, uzoq yillardan buyon ziyo ulaşib kelayotgan, nufuzli bosma naşrlar biz, yoşlar uçun axborot vositasigina bölib qolmay, öziga xos maʼrifiy maktab bölib ham xizmat qiladi. Bilimimiz, dunyoqaraşimizni oşirişda muhim va boy manba hisoblanadi.
Gapim sönggida gazeta-jurnallarni muntazam öqiy boşlaganimdan söng yozganlarimning ravonligi, fikrlaş va tahlil qiliş darajam ança oşganligini sezdim. Bundan xursandman.
Axir ikki qator gapni töğri, xatosiz yozolmaydigan, öz fikrini töğri ifoda qilolmaydiganlar qança. Şu bois, barça yoşlarni, tengdoşlarimni gazeta öqişga çorlab qolaman. Zero, bu ham ilm olmoq demakdir.
Dilafruz ĞOFUROVA,
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi
ijod maktabi bitiruvçisi
