Maktabimizga e'tibor qaratildi

Hurmatli “Hurriyat” tahririyati xodimlari!

Gazetangizning 29 mart sonida “O'gay maktab” sarlavhasi ostida   e'lon qilingan maqola uchun maktabimiz jamoasi nomidan samimiy minnatdorchilik bildirmoqchimiz. Nashringiz o'zining mustaqilligini, ommaviyligi va xalqchilligini yana bir marta isbotladi.

Chunki gazetaning tanqidiy chiqishidan so'ng Sirdaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Akmaljon Mahmud­aliyev bir qancha tashkilotlar rahbarlari bilan ta'lim dargohimizga keldi. Mutasaddilar bilim maskanidagi mavjud ahvol bilan bevosita tanishishdi. Zudlik bilan birinchi galdagi vazifalar belgilandi. Tegishli ko'rsatmalar berildi.

Ya'ni 2022-2023 o'quv yili tugashi bilanoq maktabimiz joriy ta'mirlanadigan, keyinroq esa sobiq Baxt yengil sanoat kolleji binosiga ko'chiriladigan bo'ldi. Hozirda ushbu joyda 71-maxsus maktab-internat vaqtinchalik fao­liyat yuritayapti.

2023 yil mamlakatimizda “Insonga e'tibor va sifatli ta'lim yili” deb e'lon qilindi.

Ishonchimiz komil, “Hurriyat” haftanomasi ijodkorlari ham xalq ta'limi sohasidagi yangiliklar va o'zgarish­larni keng yoritishga hamisha o'zlarining munosib hissalarini qo'shadi.

Barno UMAROVA,

Sirdaryo tumanidagi

32-maktab direktori,

O'zbekiston Respublikasi

xalq ta'limi a'lochisi

Yangiliklarni do'stlaringizga ulashing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

13 − two =