Buxoroning ikki dilbandi

Bu betakror ikki isteʼdod sohibi adabiyot dunyosiga bir davrda yonib kirib keldi. Qisqa vaqtda biri şoir, biri yozuvçi sifatida tanildilar. Ilk  maşqlari bilan muxlislar, ustozlar tiliga tuşdilar. Taqdirning marhamatini qarangki, ular Buxoro pedagogika instituti (hozirgi universitet)ning filologiya fakultetida ham bir vaqtda öqib, tahsil oldilar.

Ular adabiyot deb atalmiş muhtaşam olamga qadam qöyişlari bilan yaqin döstga aylandilar. Bir-birlariga çin döstlik mehrini yuraklari orqali boğladilar. Nafaqat Buxoroda, balki Özbekistonga ham haqiqiy qadrdon döst bölib tanilgan, ikki isteʼdod sohibining biri – Özbekiston xalq şoiri Jamol Kamol, yana biri – Özbekiston xalq yozuvçisi Neʼmat Aminov edi. Ularning bu ibratli döstligiga butun buxoroliklar, qolaversa, adabiyot ahli ham havas qilardi. Hatto ularni Hasan-Husanlar, deb ham ataşardi.

Öşa paytlarda Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasining Buxoro viloyati bölimi boşliği vazifasida işlagan taniqli şoir Toşpölat Hamid bu ikki yoş ijodkorga özgaça mehr körsatib, har tomonlama qöllab-quvvatladi, ğamxörlik qildi, maslahatlarini ayamadi. Ayni paytda özi Boş muharrir bölgan “Buxoro haqiqati” gazetasida yoş qalamkaşlarning ijod namunalarini muntazam çop etib, rağbatlantirdi.

Bir vaqtda Jamol Kamol “Buxoro haqiqati” gazetasida, Neʼmat Aminov viloyat radiosida mehnat faoliyatini boşladilar.

Buxoro – ularga yoniq va betakror ilhomlar berdi.

Buxoro – birining qalbiga şeʼr sehrini, birining qalbiga noyob qahqaqa işqini payvand edi.

Buxoro – bu ikki dilbandini onaday erkalab, otaday mehribonlik bilan voyaga yetkazdi va doimo duoda böldi.

Buxoroning tabarruk maskanlaridan biri Labihovuzdan şoir yangi söz, şeʼr topsa, hajv­­çi hovuz böyidagi hamişa gavjum çoyxonadan noyob kulgi va qahqaha izlar edi. Şuningdek, Labihovuzda böladigan adabiy suhbatlarda ustozlar Toşpölat Hamid, Şarif Nurxon bilan birga tanila boşlagan Jamol Kamol, Neʼmat Aminov, Ahad Hasan, Toşpölat Ahmad, Aminjon Şukurov, Samandar Vohidov, Asad Gulov, Sadriddin Salim, Samad Azimov, Ğulom Şomurod, Muzaffar Tursun, Said Ravşan, Temur Norov, Baxşullo Rajabov, Abdujalil Xalilov, Jöra Fozil, Muhammad Pirriyev hamda öz ijodlarini Toşkentda boşlagan buxorolik­lar Muhammad Salom, Safar Barnoyev, Omon Muxtor, Nortöxta Qiliç, Maksim Karim singari ijodkorlar ham mehmon bölib kelib qolar, adabiy gurunglar, muşoiralar qizğin davom etardi… Öşa suhbatlarda ham ikki döst davraning “guli” edi. Gurunglarda ularning nomi tez-tez tilga olinar edi. Adabiyotga şunday ajoyib isteʼdodlar kirib kelayotganidan ayniqsa, buxorolik ijodkorlar benihoya xursand edi.

Asta-sekin ularning ijod namunalari röyobga çiqa boşladi. Jamol Kamolning “Olam kirar yuragimga” nomli birinçi şeʼriy töplami 1968 yilda naşr etildi. Neʼmat Aminovning “Ikki pullik obrö” nomli birinçi hajviy töp­lami 1970 yili çop qilindi. Har ikki kitob ham adabiy jamoatçilik tomonidan yaxşi kutib olindi, ijobiy baholandi. Ustoz adabiyotşunoslar eʼtiboriga tuşdi.

Har ikki ijodkorning sadoqatli va isteʼdodli şogirdlaridan biri, taniqli şoir Sad­riddin Salim Buxoroiy “Kundaligi”da ularga şunday baho bergan: “Jamol aka – buyuk kişi. Uning qalbi naqadar pok, naqadar saxovatli!” (1970 y., 3 dekabr). “Ey dil! Kamtarinlikni Neʼmat akadan örgan. Buyuklik va kamtarinlik! Kam odamlarga nasib etadigan fazilatlar – bu!” (1974 y., 7 iyun).

Ikki taniqli ijodkorning qalin döstligi, hamfikr va bir-biriga mehribonligini Neʼmat Aminovning “Kundaliklari”dan ham bilsa böladi. “Kundaliklar”ning bir qismini naşrga tayyorlaş jarayonida ayon böldiki, ular Buxoroda yaşagan va ijod qilgan yillari deyarli har kuni bir-birlari bilan uçraşgan va suhbatlaşganligiga guvoh bölamiz. Kundalikning 1970 yil 23 noyabr kuni yozilgan sahifasida şunday satrlarni öqiymiz: “Ertalab havo sovuq. Jamol keldi. Ruhi juda tuşgan. Aylandik. Adabiyotdan sözlaşdik. Suhbatda bir qiziq gap qildim. Yaxşi muqovali bemaʼni kitob – tilla kosadagi yovğon oşga öxşaydi. Tuşdan keyin navoiylik Neʼmat Abdurahmonov keldi. Samimiy yigit. Hikoyalarini öqidim. Yaxşi…”. 1 dekabr kungi yozuv: “Tuşda ham havo oçilmadi. Ertalab Jamol keldi. Taşqari çiqdik. Keça “Xandon”da urilganlardan uçtasi matn sörab kelibdi. Bozorga bordik. U yerdan Baqoyevga ötdik. Ahvolim oğir, dey­di beçora…”. 3 dekabrda: “Tuşlikda Jamol va romitanlik Xöjayevning öğli bilan somsaxörlik qildik. Ungaça Jamol bilan adabiyotdagi yangiliklar töğrisida gap­laşdik. Yaxşi böldi…”.  7 dekabrdagi qaydlardan: “Bugun iş kuni bölmasa ham idoraga keldim. Jamol masalasida Said Ahmad aka bilan gaplaşdim. Kitobçani olgan ekan. Juda ajoyib kişi, mard odam. Soyuzga telefon qilaman, dedi…”. 22 dekabr kuni: “Keça havo quyuq tuman bilan qoplangan edi. Ertalab Jamol bilan ötirgan edik, Nusrat Aşurov vafot etibdi, degan xabar keldi. Birgalaşib bordik. Birga fotiha öqidik. Keyin yana işga qayt­dik…”.

Neʼmat Aminovning kundaliklarida Jamol Kamolning nomi ular Toşkentga işga kelgan davrgaça juda köp marta qayd etilgan. Bu ham ularning jonajon, sirdoş döstligidan yorqin misol.

Kaminaning Neʼmat Aminov va Jamol Kamolni qanday taniganim, ular bilan hamsuhbat bölganim, Neʼmat akaga çin şogird, Jamol akaga yaqin uka bölganim haqida ikki oğiz.

Aslida ularni “Buxoro haqiqati” gazetasi orqali taniganman. Adabiyotga qiziqqanim bois, viloyat va tuman gazetalarini doimo öqib, kuzatib borardim. Şoir Jamol Kamolni gazetada çop etilgan ğazallari orqali bilar edim. Yaşirmayman, bu gözal ğazallar taʼsirida özim ham ğazal yozişga uringanman. Şu bois doimo Jamol Kamol şeʼrlarini, ğazallarini, tarjimalarini hamon mehr bilan öqib kelaman.

Peşonamga Neʼmat Aminovdek uluğ zot va buyuk yozuvçiga şogird böliş baxtini yozgani uçun ham Allohga hamişa şukr qilaman.

Jamol Kamol Özbekiston FA til va adabiyot (hozirgi özbek tili, adabiyoti va folklor) ins­titutiga işga keldi. Oradan bir muddat ötib, Neʼmat Aminov ham  “Muştum” jurnaliga işga çaqirib olindi. Endi ikki döst Toşkentda yaşab, qizğin ijod qila boş­ladilar.

Ikki döstga poytaxtning Yunusobod katta köçasining ikki tomonidan yangi uylar nasib etdi. Ular oldin qadrdon döst bölgan bölsalar, endi qadrdon qöşni edilar. Doimiy oilaviy bordi-keldi yaxşi yölga qöyilgan edi.

Jamol Kamol bilan Neʼmat akaning xonadonida tanişganman. Uning şeʼrlarini qançalar qiziqiş bilan öqigan bölsam, u kişini şunçalar mehr közlari bilan körib, juda xursand bölganman. Ayniqsa, bu ikki döstning bir-biriga bölgan samimiy mehri, ularning adabiyot, kitob, taniqli ijodkorlar haqidagi teran fikrlarga boy suhbatlarini miriqib tinglaganman. Ayrim öqimagan kitoblarimni ulardan eşitib, keyinçalik topib öqiganman. Baʼzi yozuvçilarning ijodini çuqur örganişga intilganman. Ularning maroqli suhbatlari ham kaminaga jiddiy saboqlar berganini hali-hanuz unutganim yöq. Masalan, öşa yillari çop etilgan va katta şov-şuv bilan öqilgan maşhur adib Odil Yoqubovning “Uluğbek xazinasi” tarixiy romani haqidagi fikr-mulohazalaridan hayratga tuşganman. Ertasi kuni ins­titutga darsga bormasdan kitob dökonlarini izlab, “Uluğbek xazinasi”ni topib, ikki kunda öqib çiqqanman. Yana bir uluğ olim va akademik Izzat Sulton haqidagi teran suhbatlaridan benihoya huzur qilganman. Suhbatdan söng olimning “Adabiyot naza­riyasi”, “Navoiyning qalb daftari” kitoblarini topib öqiganman. Garçi Izzat Sultonni körib u kişi bilan gaplaşmagan bölmasam-da, öşa ajoyib suhbatni hamon yuragimda asrab kelaman. Ular taʼriflagan Izzat Sulton men uçun katta ziyoli qiyofasida namoyon bölaveradi…

Adabiyotga ham, isteʼdodli ijodkorga ham ana şunday bağrikenglik bilan teran baho berar edi, bu ikki ijodkor va ikki döst. Albatta suhbatlar orasida kemtiklari, sayozlari ham bölar edi. Bu tabiiy hol. Lekin öşa davrlarda ijodkorlar hozirgiday mayda gaplarga, ğiybatlarga öralaşib qolmagan edi…

Hayot bir tekisda davom qilmasligi, oila esa hamişa şodu xurramlikdan iborat emasligi Neʼmat Aminov oilasida kutilmagan köngilsiz voqea sabab sodir böldi. Oila darz ketdi. (Bu haqida Neʼmat Aminovning hayot va ijodiga bağişlangan “Vijdon qönğiroği” (Ğafur Ğulom nomidagi naşriyot-matbaa ijodiy uyi, 2021 y.) kitobida batafsil yozganman). Kiçik oilaviy mojarodan boşlangan voqea katta janjalga aylandi. Bu voqeaga oilaning yaqin kişilari va döstlari bölgan Jamol aka va u kişining oilasi ham aralaşibdi, degan gaplar tarqaldi. Endi bu bölmağur gaplarni Neʼmat akaning ayollaridan çiqqanmi va boşqa birovlardanmi, aniq gapmi yoki miş-mişmi heç kim bilmaydi. “Dedi-dedi”, “miş-miş”lar ikki uluğ ijodkorning uzoq yillik qadrdon, oralaridan qil ötmas döstligiga rahna soldi. Hamma havas qilib kelgan ibratli döstlikka köz tegdi.

Gapning oçiği va dangalini aytsam, bu ikki jonajon döst ğiybat, körolmaslik va mahalliyçilikning qurbonlari böldi. Aslida ularning örtasida rahna soladigan, döstliklariga jiddiy putur yetkazadigan biror bir asosli voqea bölmagan, gap ham ötmagan…

Buxorolik buyuk avliyo Bahouddin Naqşbandiyning: “Agar döst aybiga boqsak, döstsiz qolamiz, heç kim dunyoda beayb emas”, degan dono sözlariga buxorolik ikki döst, ikki maşhur ijodkor andakgina beeʼtibor böldilar çoği. Buxoroliklarga xos bir hovuç örlik va jinday ğurur ikki döstga pand berdi. Göyo kutib yurganday körolmas qora kuçlar bu voqeadan unumli foydalandilar. Töğrisi, qon-qonimizga singib ketgan ğiybat va maydakaşlik balosi bir umrlik döstlikka soya soldi. Ularni ajratib yuborişga astoydil urindilar. Lekin ular kutganday bölmadi…

Ikki döst tadbirlarda, yiğinlarda yuzma-yuz kelganlarida salomlaşar edi-yu, hol-ahvol söraşmas edi.  Ularning yuraklaridan nimalar ötgan faqat özlariga ayon bölgan, xolos.

Nazarimda, Jamol Kamol “Ayo, döstim…” deb boşlanadigan maşhur ğazalini yoza boş­laganida köz oldida jonajon dösti Neʼmat Aminovning muborak siymosi nurday porlab turgan bölsa ajab emas:

 

Ayo döstim, sening mehring

Mening mulki panohimdir.

Quvonsam-qahqaham, hasrat –

Çekarda ötli ohimdir…

 

Neʼmat Aminov ham hayotligida qadrdon dös­tini köp eslagan. Bir safar u kişi tarjimon va muharrir Şarif Xolmurodovning aytişiça, undan şunday iltimos qilgan ekan:

— Ukajon, eşitib qoldim. Siz hozir Jamol tarjima qilgan “Maʼnaviyi masnaviy” kitobini birgalaşib naşrga tayyorlayotgan ekansiz. Bilasiz, Jamol bilan oramizdan gap ötgan. Hammasidan xabaringiz bor. Men allaqaçon Jamolni keçirganman. Ayting, iltimos, u ham meni keçirsin.

Men fursat topib, Neʼmat akaning iltimosini u kişiga aytdim. Şunda Jamol aka biroz sukut saqlab, sekingina: “Biz haqiqatan ham Neʼmat bilan jon jigar döst edik. Ming afsuslar bölsinki, bu döstlikka köz tegdi. U menga emas, balki adabiyotdan yiroq, köp yolğon aytadigan, bir sportçi qalamkaşning uydirmasiga işondi. Mayli özi biladi”, – deb indamay işini davom ettirdi.

Bir umr mehr-muhabbat bilan Jaloliddin Rumiy hayoti va ijodini qalbida gavharday asragan va asarlarini zavq-şavq bilan tarjima qilgan Jamol Kamol buyuk şoirning “Dös­tingni doimo vafo ila yodga ol, izlagan sen böl, topgan sen…  Tanigan sen böl, quçgan yana sen…” degan dono hikmatini yuragi örtanib öqiganiga işonamiz. Va özining iborasi bilan aytgan “jigar dösti” bölgan Neʼmat Aminovni ham allaqaçon könglida keçirib yuborganlariga ham işonamiz… Aslida döstligi dos­tonga aylangan bu uluğ zot hayotlik paytlarida bir-birlarini keçirganlari ham haqiqat…

Katta adabiyotimizda bu ikki döst yuksak isteʼdodlari bilan özlarining qutluğ va nurli izlarini qoldirib ketdilar. Jamol Kamol işonç bilan yozganidek: “Bitarmiz ikkimiz ham bir kitob, Sen boşqa, men boş­­qa…” Haqiqatan ham bir-birlarini takrorlamaydigan, adabiyotni, muxlislarni hamişa hayratga soladigan kitoblari abadiy oltin meros bölib qoldi, Buxoroning ikki dilbandidan!..

Endi diydor qiyomatga qoldi…

Uşbu keçinmalarga nuqta qöyarkanman, baribir qalbimdagi ulkan armon va ökinç sira tinç­lik bermaydi: uşbu maqolani ular hayotlik paytlarida yozsam bölmasmidi?! Ayrim katta ijodkorlar, olimlarga iltimos qilmasdan, ularni yaraştirişga özim jiddiy kirişmaganimga qattiq afsuslanaman. Ikki döstning yaqin oşnolari, birodarlariga öxşab tomoşabin bölganimdan nadomatlar çekaman. Har ikki döstning yana bir dösti – taniqli adib Şukur Xolmirzayev yozganidek: “Biz keç qolib yuramiz.”

Aşurali JÖRAYEV

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan