Konstitutsiya va xalq
Bu sarlavha – bir qaraşda, balandparvoz tuyulişi, qolaversa, juda katta masalani yoritiş daʼvosini ifodalaşi ham mumkin. Ammo biz masalaga bevosita daxldor kiçik bir misolga töxtalamiz, xolos.
Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga kiritilayotgan özgartiriş va qöşimçalar haqidagi loyiha bir yil mobaynida umumxalq muhokamasidan ötkazildi. Köp fuqarolarimiz bunda faol iştirok etdi. Bildirilgan örinli fikrlar inobatga olindi, albatta. Ayrim xato pozitsiyalardan voz keçildi ham. Omma angladiki, Konstitutsiya xalqning roziligisiz qabul qilinmas, unga jiddiy özgartiriş va qöşimçalar kiritiş xalqning iştiroki bilan amalga oşar ekan. Şu tariqa Konstitutsiya hozirgi mukammal bir holatga keldi. 30 aprelda ötkazilgan referendum natijalari asosida 1 maydan mamlakatimizda yangilangan Konstitutsiyaga amal qilişga kirişildi.
Kaminaning özi ham “Hurriyat” gazetacida fikr-mulohaza bilan qatnaşdi (Qarang: Tahririy takliflarimiz. // Hurriyat, 2022-yil, 27-iyul).
Jumladan, ikki muhim taklifimiz qatʼiy inobatga olinibdi.
Birinçi taklifimiz mana bunday ifodalangan edi: “Asosiy qonunimiz “Özbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi” deb tilga olingan. Bu, bir qaraşda, xato emasdek. Biroq “Özbekiston Respublikasi Prezidenti”, “Özbekiston Respublikasi Davlat ramzlari” deganda “-ning” qöşimçasini işlatmaymiz-ku. Çunki mazkur qöşimça uni işlatmagan holda ham anglaşilib turibdi-da. Tilimizning tabiati şundayki, bu boşqa davlatning emas, aynan Özbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi ekanini taʼkidlaş kerak bölgandagina “-ning” qöllanadi. Şunday ekan, Loyihaga Asosiy qonunimizni “Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi” tarzida nomlaş taklifi ham kiritilişi va Loyihaning hamma yerida u şu şaklda tilga olinişi – zarur”.
Yangilangan Konstitutsiyamiz “Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi” deb atalgan.
Ikkinçi taklifimiz quyidagiça edi: “Özbek tilida heç ham “özgartiş” deb bölmaydi. Sababi – tilimizning bir “temir” qoidasi şundan iboratki, “-ş” yoki “-iş” qöşimçasi sözning özagiga qöşilib, harakat nomi yasaydi. Özak esa birinçi şaxsdagi buyruq maylida bölişi – şart. Bizda esa heç kim “özgart” demaydi va u heç qanaqasiga “özgartir” maʼnosini bermaydi. Şunday ekan, faqat va faqat “özgartiriş” deb qöllaşimiz – zarur. “Özgartiş” şaklini esa bundan buyon boşqa qonunlarimiz matnida ham aslo qöllamasligimiz lozim”.
Yangilangan Konstitutsiyaning biror yerida “özgartiş” sözi qöllanmagan, bilʼaks, “özgartiriş” kalimasi 14 marta işlatilgan.
Matbuot har qanday makon va zamonda ham davlat va xalq hayoti uçun öta muhim bölgan masalalar böyiça umumxalq muhokamalari ötkazişning eng qulay quroli bölib qolaveradi.
Sultonmurod OLIM,
Özbekistonda xizmat körsatgan
madaniyat xodimi
