Qalʼalar içida yana bir qalʼa

Özini ijodkorman deb yurgan şoir, yozuvçi yoki jurnalist borki, özi tuğilgan tuproq, yoşligi ötgan köça yoinki közini yumganida eng gözal körinadigan makon – Vatani haqida, albatta, qalam tebratadi. Men ham havaskor ijodkor sifatida qadrdon Ellikqalʼam haqida, uning ötmiş tarixi, madaniyati, urf-odatlari, muqaddas qadamjolari, bu yerda umrguzaronlik qilayotgan odamlar haqida yozmoqçiman. Bu mening — farzandlik burçim.

Ha, hammaga öxşagan odamlar-da dersiz,  aslida ham şunday, ammo hurmat-ehtiromga loyiq saxovatli insonlar, siz tanimaydigan qahramonlar yaşaydi mening qalʼamda. Oçiğini aytganda, buni men ham Toşkentga kelib, yurtimdan  olislaganimda sezganman. Avvallari “yurt soğinçi” degan iboraga közim tuşsa, eʼtibor bermas edim. Toşkentda bir hafta yaşaganimdayoq bu soğinçni his etdim. Katta şaharning yoruğ köçalari, boğ va xiyobonlari, mahobatli imoratlari xayolimni band etadi, ammo közlarim Ellikqalʼa köçalari, xiyobonlarini qidiradi. Poytaxtda hamma ham bir-birini tanimaydi,  albatta. Ellikqalʼada bölsa köplar ming yillik qadr­donlarday bölib ketişgan. Bundan atigi beş-olti yil avval ellikqalʼaliklar Toşkentga borib kelişsa, xuddi xorijga safar qilganday xursand bölişar edi. Bugun bu yerda ham juda köp narsa özgardi, Toşkent esa kun sayin emas, soat sayin özgarib, dunyoning eng gözal şaharlaridan biriga aylanmoqda. Şunday bölsa-da, özing tuğilib ösgan joy soğinçi hamma narsadan afzal ekan. Çunki, bu yerning suvi, havosi, gul-rayxonlari vujud-vujudimga singib ketgan, boğça, maktab, köçalar-u hosil dalalariga eltuvçi söqmoqlarda, ötmiş tarixning ne-ne sir-sinoatlariga guvoh qalʼalar po­yida mening izlarim, Ellikqalʼa osmonida  yoşlik xayollarim, çaroğon keçalarida orzu-­umidlarim qolgan. Mubolağaga yöymang: bu yerning hatto qiş-qirovli kunlarida ham ajib bir latofat, nafosat bor. Odamlari sodda, ammo dilkaş, muruvvatli,  bu yerga kelgan mehmonlar bilan   bir zumda   döst-qadrdon bölib ketişadi, dildan gaplaşgilari keladi.

Amudaryoning  öng  qirğoğida joylaşgan, moziy nafasi hamon ufurib turadigan qadim  qörğonlari  bilan olamga maşhur, ne-ne  uluğ zotlarning  qadami tekkan,  bugungi  kunda fidoyi,  mehridaryo  insonlari  mehnati  bois  yana boğu böstonga  aylangan Ellikqalʼa haqida şeʼr yozmagan, qöşiq kuylamagan, madhiyalar bitmagan ijodkorni topiş qiyin. Özbekiston Qahramoni Abdulla Oripov bu qutluğ makonga ehtiromini şunday ifodalagan edi:

Guldan gulga  qönib sahar  palladan

Bolari  bol  yiğar   qirdan,  daladan,

Şoir  ham  bolari  bölsaydi  agar,

Işni  boşlar  edi  Ellikqalʼadan.

Ellikqalʼaga alohida mehr qöygan ustoz şoirlar Muhammad Yusuf, Halima Xudoyberdiyeva, Matnazar Abdulhakim, Mahmud Toir, Iqbol Mirzo, Erkin Samandar, Oşiq Erkin, Otabek Ismoilov va yana boşqa köplab ijodkorlarning şeʼrlari bu yerda yoddan öqiladi, qöşiq qilib kuylanadi.

Özbekiston xalq şoiri Iqbol Mirzo qalamiga mansub quyidagi satrlarni hayajon, ğurur va faxr bilan  öqiymiz:

Sirga tölib yotar çeksiz dalalar,

Öyga çömib yotar köhna qalʼalar.

Daryo xotirasi – ultonlarda sir,

Hirqa kiygan darviş sultonlarda sir.

Ayozqalʼa, Tuproqqalʼalar bugun

Asror çilvirida çigal bir tugun.

Tökilgan, nuragan mazgillar qator

Olam jumboğini açomlab yotar…

Sirli qalʼalarda sir bosib yurdim,

Qalʼalar içinda bir qalʼa kördim.

Yertepa bölsa-da boşqa qalʼalar,

Bu qalʼani mangu bahor allalar.

Ellikqalʼda ötadigan madaniy-maʼrifiy tadbirlarda Matnazar Abdlulhakim şeʼriga bastalangan  quyidagi qöşiq hamişa yangrab turadi:

Ming-ming yildan çuqurroqdir ildizlari, 

Falaklardan yuksakroqdir yulduzlari, 

Suvlar töla baliqlari, qunduzlari,

Mehnat, ijod bilan band tun kunduzlari,

Qöli qadoq, manglaylari terlik qalʼa — 

Ellikqalʼa.

Jannatmakon maʼvodir böston, boğlari, 

Yangi oyda tikka hiloldir mohlari,

Tarqab ketar borganning dil siyohlari,

Ming bir dardga malham bölğay giyohlari, 

Azal-abad serxosiyat, egilik qalʼa — 

Ellikqalʼa.

Har gal tumanimga borganimda uyimizga men tanigan-tanimagan yoşlar  kelib, atrofimni örab olişadi, poytaxt yangiliklari, öqişim haqida adoqsiz savol berişadi, söng mendan… bitta ruçka sovğa qilişimni söraşadi.  Negaligini  yaxşi bilaman — ular ham men kabi talaba bölib, Toşkentda öqişni xohlaşadi. Meni Toşkentda öqib, köp narsalarga erişayotgan isteʼdodli yoşlarga mengzaşadi. Men esa biroz noqulay sezaman özimni. Ha, poytaxtda öqiyapman, bu yerda hamma şa­roitlar bor, ammo hozirça  katta marralarni egallaganim yöq, holbuki, talabalik çoğidayoq el-yurtga tanilgan yoşlar oz emas. Demak, harakat qilişim kerak. Mendan ruçka olayotgan yoşlarning işonçidan özimni yanada dadil his qilaman. Ularning çaqnoq közlariga qarab, baxtli talabalardan özimning ham ruçka yiğib yurgan öquvçilik yillarim yodimga tuşadi.

Aytişim kerakki, bizni öta talabçanlik bilan öqitişgan. Maktabimiz matematikaga ixtisoslaşgani bois, har çorak yakunida öquvçilardan test olinardi. Yiqilsak, bu gap bir zumda butun qişloqqa maʼlum bölardi, falonçining bolasi litseydan yiqilibdi, degan taʼnadan uyalib, kunduzi uy işlarini qilardik, keçasi bilan darsga tayyorgarlik körardik. Lekin eng yaxşi va yoqimli gap bu — “falonçining öğli yoki qizi  Toşkentga öqişga kiribdi” degan xabar edi. Hamma uni uyiga tab­riklaşga borar, hamma u haqida gapirar edi. Mening özim şunday baxtli talabalardan 32 ta ruçka yiqqanman. Omad quşi boşimga qönib talaba bölsam, jurnalist bölib, özim hurmat qiladigan, yaxşi körgan insonlar haqida  yozişni orzulaganman. Şunday insonlardan biri Yöldoş ota ismli otaxon edi.

Yöldoş otani birinçi marta körganimda 5 sinfda öqir edim, hali hanuz yuzlari esimda, barçamizni qizim, öğlim derdi. Biz öşa vaqtlar paxta terimiga çiqardik, Yöldoş ota öquvçilarni ehtiyotlab, bizlarni şaxsiy maşinasida dalaga olib borardi. Butun qiş­loğimiz Yöldoş otaning bizni ilmli qiliş uçun qilgan harakatlarini qadrlaydi, haligaça eslaydi. Ustoz Haj ziyoratini  ado etgandan keyin  olamdan ötdilar. Kim qanday tasavvur qiladi, ammo  jannatiy odam deyişsa  köz oldimga Yöldoş ota keladi.

Ellikqalʼalik talabalarning köpi bakalavr diplomini qölga olgaç, tumanga qaytişadi. Baʼzilar esa, poytaxtda şunça öqib, endi orqaga qaytamanmi, deyişadi. Mayli, hammaning ixtiyori özida.

Tumanimizning taniqli kişilari haqida söz ketganda, bir men emas, juda köpçilik birinçilar qatorida ajoyib inson, taşkilotçi rahbar tumanning sobiq hokimi — Neʼmatilla Xudoyberganovning nomini tilga olişadi. Bu tinib-tinçimas insonning odamlar oğirini yengil qiliş, turmuş şaroitini yaxşilaş,  turli  muammolarni hal qilişdagi xizmatlari, taşkilotçilik faoliyati köpçilikning yodida. Şu insonning yugurib-yelişi, jon kuydirişi bilan Ellikqalʼada uzoq yillar adabiyot va sanʼat bayramlari muttasil ötkazib turildi, uluğ hofiz Otajon Xudoyşukurov xotirasiga bağişlangan tanlovlarda yoşlar öz isteʼdodlarini namoyiş qilib, Ellikqalʼadan poytaxtga — sanʼat va madaniyat maskanlariga uçirma böldilar.

Uşbu satrlarni qoğozga tuşirişimga yaqinda çop etilgan “Ellik birinçi qalʼa” nomli kitob sabab böldi. Unda Özbekiston Qahramonlari Abdulla Oripov, Erkin Vohidov, Ibroyim Yusupov, Tölepbergen Qaipbergenov, taniqli ijodkorlar Omon Matjon, Muhammad Ali, Erkin Aʼzam, Xurşid Döstmuhammad, Mahmud Toir, Oşiq Erkin, Matnazar Abdulhakim, Ahmadjon Meliboyev, Muyasar Razzoqova va boşqa qirqdan ortiq mualliflarning köhna Ellikqalʼa haqidagi dil sözlari jamlangan. Ularni mutolaa qilgan öquvçi köz öngida ona yurtim özining bor jilosi bilan namoyon böladi.

Dilovar ZARIPOVA

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan