Mehribonlik – 4

Xotinimning tomdan taraşa tuşgandek “qarmoğiga ilintirmoqçi” bölgan, faqat özining foydasiga işlaydigan ustomonliklaridan zukkoligim tufayli köp hollarda omon qolardim va özimning donoligimdan quvonib yurardim. Ammo bu safar…

— Dadasi, – dedi xotinim ertalabki çoyni tayyorlarkan juda yoqimli ovozda. Nazarimda, ovozida menga nisbatan hurmat oşgandek edi.

— Nima deysan? – dedim u uzatgan piyoladagi çoyni ohista içarkanman.

— Qöşnilarimiz sizni aytgan sözining ustidan çiqadigan bir sözli mohir jurnalist ekan, deb maqtaşyapti. Nihoyat, köçamiz asfalt böldi, deyişyapti.

— Kördingmi, xotin, – dedim bu gaplardan taltayib, – hatto ular ham mening qandayligimni bilişibdi. Xöş, sen nima deding?

— Töğri aytasizlar, dedim men ham, – deya gapida davom etdi jiddiy ohangda xotinim. – Hayitga kiyişimga yangi köylak olişimga pul berarman devdilar. Şuni bugun olaman, dedim. Töğrimi?..

— Töğri! A?!.

 

*  *  *

Dam oliş kunlarining birida çoy içib ötirgandim, öğlim kelib qoldi. Suhbat boşlandi.

— Dada, – dedi öğlim qandaydir sirli ohangda, – nega doim onamga öğlingga ayt, u işni bunday qilsin, bu işni unday qilsin, deb aytasiz. Nima, men faqat onam­ning öğlimanmi? Men tuğilganimda xursand bölmaganmisiz?

— Nega unday deysan öğlim? – dedim içimni bir nima tirnagandek bölib. – Axir…

— Axir, paxiri yöq, – dedi öğlim heç kutilmaganda keskin ohangda. – Men sizning öğlingiz, ota öğil bölişni xohlayman.

Öğlimning bu javobi meni tölqinlantirib yubordi.

— Unaqa xafa bölma bolam, – dedi xotinim tösatdan gapga qöşilib. – Otang seni qançalik yaxşi körişini bilsayding. Sen albatta içingdagi dardingni birinçi navbatda otangga aytişing kerak. Ana şunda ota öğil bölasan. Töğrimi, dadasi?

— Onang töğri gapiryapti, – dedim birdaniga könglim böşaşib. – Nima darding bölsa, aytaver bolam.

— Bugun keliningiz bilan uçraşuvga çiqmoqçiydim, – dedi öğlim biroz maʼyus ohangda.

— Yaxşi, xafa bölmay aytaver. Nima yangi kiyim kerakmi?

— Yöq…

— Tuflimni berib turaymi?

— E…

— Pul kerakmi?

— Yöq, – dedi öğlim va nima uçundir jovdirab onasiga qaradi.

— Ah, öğlim-a, – dedi xotinim birdaniga portlab. – Örgatganimni ham eplolmaysan-a. Otang şunça narsani sörasa nega “yöq” deysan. Maşinangizni ham berib turing desang böladi-ku. Bunaqada qaçon bu pişiq otangdan biron narsa undirasan, bilmadim…

 

*  *  *

— Buni qarang, dadasi, – dedi xotinim xuddi öziga yangi köylak olgandek quvonib. – Mana bu köçatlarni köring, – dedi u hovliga yangi ekilgan nihollarni körsatib. Öğlingiz ekkan daraxtlarning hammasi kökaribdi.

— Kökaradi-de, – dedim ğururlanib. – Axir bu köçatlarni men – akang qarağay olib kelganman-ku.

— Töğri, – dedi xotinim şahd bilan. – Siz olib kelgansiz, lekin öğlingiz ekib, katta qilyapti. Özingiz ayt­ganday hamma tuqqan ona – ona bölavermaydi, boqqan ona böladi.

 

* * *

— Qalay? – dedim xotinimga yangi köylak ustidan taqilgan çiroyli rangdor galstukni körsatib.

— Yaxşi, lekin sizga yaraşmabdi, – deya boşini liqillatdi xotinim.

— Nega?

— Bu yoşlarniki-de.

— Nima, men qarib qoldimmi?

— Yoşmisiz?

— Iya, bu nima deganing. Hali önta yigitning ğayrati va kuçi bor menda. Gapingni öylab gapir.

— Şunaqami? – dedi xotinim xuddi şuni kutib turganday, — unday bölsa hovlidagi yerni özingiz çoping. Yölakdagi qopdagi kartoşka bilan piyozni öğlingizni kelişini kutib ötirmay, yertölaga öziz olib tuşib qö­ying. Xöpmi!

 

* * *

Işdan kelsam xotinimning rangi öçgan, bir ahvolda.

— Nima böldi?

— Öğlingizning mazasi bölmovdi, “Tez yordam” çaqirdik.

— Nima dedi? – dedim hovliqib.

— Ukol qildi. Biroz şamollaşi bor ekan, – dedi.

— Ha, mayli qöyaver. Uç-törtta ukol olsa heç narsa körmagandek bölib ketadi, – dedim ança xotirjam bölib.

— Şu ukollarini siz olsangiz-çi, – dedi xotinim iltijoli nazar bilan.

— Esing joyidami, xotin? Nimalar deb valjirayapsan?

— Nima qipti, olsangiz? Osmon uzilib yerga tuşadimi? – dedi xotinim birdaniga obrazga kirib. – Ja, öğli uçun jonini tikkan Boburga öxşagingiz kelardi-ku! Öğlingizning joniga oro kirib bir safar ukollarni olsangiz nima qiladi? Öşanda ham aytuvdim-a, baribir Bobur bölolmaysiz deb. Mana, gapimning isboti…

 

*  *  *

— Tinçlikmi, dadasi. Neçuk işdan vaqtli qaytdingiz? Rangingiz ham sölğin ahvolda, – dedi xotinim qölimdagi narsalarni olarkan.

— Ha, endi, – dedim xotinimni sinaş maqsadida, – öğling öqişda yiqilibdi.

— Voy, şörim, – dedi xotinim jonholatda, – heç narsa qilmabdimi? Xabar oldingizmi? Doktor-poxtor kelibdimi?

— Qayoqdagi gaplarni gapirasan-a, – dedim kulib.

— Nega qayoqdagi gaplar böladi? Keça bekorga yomon tuş körmagan ekanman. Özi qani?

— Kelib qolar. Munça vahima qilavermasang-çi. Imtihondan yiqilibdi. Tuşundingmi?

Bu gapni eşitgan xotinim birdaniga özgardi.

— He, gapizam qursin! Ötakamni yoray dedingiz. Imtihondan yiqilsa, yiqilar, – dedi xotinim qölidagi narsalarni stol ustiga qöyarkan.

— Nega unday deysan? Öqisa şunaqa bölmasdi, – dedim asabiylaşib. — Hozir örtoqlari bilan yurgandir sandiraqlab.

— Ota öğil-da. Ota öğil! – dedi xotinim ham böş kelmay. – Işxonada attestatsiyadan ötolmasangiz çoyxonama-çoyxona yurasiz-ku. Yo gapim notöğrimi?

 

*  *  *

— Oyligimni heç yetkazaolmayman, – dedi döstim şikoyat qilib.

— Nega yetkazaolmaysan? Oyliging kammi?

— Yöq. Oylik olgan kunim xotinim darhol olib qöyadi.

— Berma…

— Qanday qilib?..

— Oylik olişingdan uç-tört kun oldin xotining bilan uriş. Gaplaşma. Ana şunda xotining pul sörolmaydi va oyliging yoningda qoladi. Qalay, zörmi?

— Bu hunaring iş bermadi.

— Nega?

— Xotinim döstingizning hiylasini menga ötkazaolmaysiz, deydi. Nazarimda, xotining buni allaqaçon xotinimga aytgan. Şun-çun döstim endi sen ham yangi hiyla öylab top. Bölmasa menga öxşab pulsiz qolasan.

Bu menga yaxşi dastak böldi. Oilaviy sirni oşkor qilgan xotinimdan öç oliş va uni çuv tuşiriş maqsadi-da ğazab bilan uyga keldim.

Baxtimga eşik qulf edi. Oçib, yolğondakam jahl bilan uyga kirdim. Stol ustida xat turardi. Olib öqiy boşladim.

“Bilaman, dadasi, ertaga oylik olasiz. Men bilan “urişaman” deb xomtama bölmang. Bolalarni olib uyga ketdim. Jahldan tuşganingizda kelaman va albatta, oylikni olaman. Sizning ustomon xotiningiz”.

Bahrom AKBAROV

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan