Muammoga örin qolmaydimi?

Odatda yilning yarmi ötgandan söng “qişga har tomonlama tayyorgarlik körilayotgani” haqida gapirib, çiroyli tadbirlar ötkazila boşlanadi. Aholining köngli kötariladi:qişga risoladagidek hozirlik körilgan, göyo muammoga örin qolmagandek. Qiş qiliçini qayrab kelganda esa köpinça aksi bölib çiqadi. Bunga misol tariqasida ötgan yil qiş oylaridagi maşmaşalarning özi ham yetarli. Özimizni ovutiş, aybimizni xaspöşlaş uçun ota-bobolarimiz ne-ne qattiq qahratonlarda ham tiliga olmagan “anomal” kalimasiga öranib oldik. Keyin bilsak, bu “anomal” sovuq deganlari 3-4 kunlik 25-30 gradus sovuq ekan.

Surxon vohasining Sariosiyo tumani sobiq J.Pirnazarov nomli xöjalik hududidagi Töpalang suv omborini, undagi GESni körgan   yoki eşitgan bölişingiz mumkin. Yuqoridagi gaplardan xulosa qilib, vohadagi “Töpalang” GESda oz emas, köp emas 75,4 million yevrolik modernizatsiya işlari amalga oşirildi. Ayni paytda sinov- tajriba işlari davom ettirilib, 64 mVt elektr energiyasi işlab çiqarilmoqda. Mutaxassislarning bergan maʼlumotlariga qaraganda, bu miqdor   viloyatdagi 36 ming xonadonni tabiiy elektr quvvati bilan taʼminlaşga bemalol yetadi.

Sinov-tajriba işlari poyonlagaç, aniqlangan katta-kiçik kamçiliklar rasamatlangaç, viloyat aholisi va isteʼmolçi korxonalariga 175 mVt elektr energiyasi yetkazib beriladi. Bu hozirgisidan ikki yarim baravar köp demakdir. Agar ana şu marra egallansa, yiliga 467 million kVt soat elektr energiyasi işlab çiqariş imkoniyati paydo bölar ekan.

Yanada kötarinkiroq qilib aytadigan bölsak, ança-munça xarajat evaziga yiliga 126,2 million metr-kub tabiiy gaz tejaladi. Bu degani qişda ham mahsulot yetkazib beruvçi issiqxonalar, yirik sanoat işlab çiqaruvçi korxonalar, şifoxonalar, maktab va boğçalar, avtomobillarga gaz quyiş şohobçalari qahraton sovuqda ham bemalol faoliyat olib borişadi.

“Töpalang” GES da modernizatsiyalaş işlari yakunlangani munosabati bilan ötkazilgan rasmiy tadbirda viloyatdagi tegişli idoralar rahbarlari, “Özbekgidroenergo” AJ raisi, senator A. Sanginov va OAV vakillari iştirok etişdi. Xulosani va bajarilgan işning ne çoğli sifat hamda samaradorligini Vaqt deb atalmiş odil hakam aytadi….

Safar OMON,

“Hurriyat” muxbiri

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan