“Insof” bekatigaça hali uzoqmi?

“Ehtiyot böling eşiklar yopiladi, keyingi bekat Olmazor”. Şu ovozni eşitişim bilan hovurim tuşadi, eşiklar oçilganida,   içkaridagi odamlarga turtinib-surtinib   tezroq tuşib olaman. Tiqilinçdan endi qutuldim deganimda, öng tomondan çiqsammikan, çapdanmi degan savol tuğiladi.

Tavakkaliga öngga burilaman. Hali   yölakdan taşqariga çiqib ulgurmasimdan   “Guliston bir kişi, ikki kişi” , “Sirdaryo, Sirdaryo,   hoziroq ketamiz mana, mana” ,   “Jizzax , Paxtakor” , “Çinoz, Çinoz” , “Ippodrom, taksi, Ippodrom”   degan har xil ğala-ğovur ovozlarni eşitasiz. Xayriyat, möljalni töğri olgan ekanman. Ammo çiqişim bilan ovoz egalari örab olişadi: “Singlim qayerga ekan, Jizzaxmasmi?”. Yöq, Guliston şahriga deganimdan söng, biri 2-,3-, 4-mavzelargaça olib borib qöyişi mumkinligini, ikkinçisi avtomobilining yangiligi, sovutgiçi borligini, faqat ayollarni olganini, qolganlari ham yana allanimalarni taʼkidlay boş­laşadi. Mening   esa çöntagimdagi oy davomida qimtinib asraganim bir siqim beştaliklarni çangallaganimça “işqilib narx-navo oşib ketmagan bölsin-da”, degan taşviş bilan tomdan taraşa tuşganday yöl haqqi qançaligini sörayman.

— El qatori –ellik ming söm, –   javob beradi ular bir-birlariga gap bermay.

— Nima, ellik ming, Gulistonga-ya? Yöğ-e, töğri kelmaydi.

Tört-beş qadam bosmasimdan yana   boşqasi qarşimdan çiqib maşinasini maqtay boşlaydi. “Tavba, bularga kim yodlatib qöygan ekan-a, şu gap­larini. Ha, tirikçilik dardida yuribdi, hammaga ham qiyin”, deyman özimga-özim.

Meni esa şu topda faqat yöl haqqi qiziqtiradi. Biri ellik ming, ikkinçisi rahm qilgandek, “qirq beş ming söm” deyişsa ham, ikkisi ham töğri kelmasligini aytib avtobuslar tomon yuguraman. Aksiga olib Gulistonga boradigan avtobus allaqaçon ketib bölgan ekan. Hali yon-atrofimga qarab ulgurmasimdan “qirq beş ming söm” degan haydovçi   yuklarimga qölini çözib: “Yuring,   mayli, sizga qirq ming söm, faqat boşqa mijozlarga aytib qöymang”, dedi.

Bular kim özi, “qaroqçimi” yoki   kirakaş? Nimaga men boşqa   mijozlarni aldaşim kerak?

“Talabasiz şekilli, yuring öttiz beş ming söm bersangiz böladi”, — degan zahotiyoq anavi “qaroqçisifat” haydovçi öşqira ketdi:

— Bu mening mijozim, aralaşmang.

— Siz bilan ketmayman dedi-ku!

— Sizga nima, burningizni tiqmang, hali yöl haqqini kelişganimizça yöq.

— Yaxşi, baribir ham kelişa olmabsizlar-ku.

— Kelişamiz, yuring singlim öttiz mingga olib ketaman…

— Men yigirma beş mingga olib borib qöyaman. Ketdikmi…

Men esa ikkisiga ham yuzimni ters burib, böynimdagi quloqçinlarni taqib ulardan nari ketdim. Yölning narigi tarafiga ötib, Gulistonga mijoz çaqirib turgan boşqa haydovçining maşinasiga ötirdim. Bu safar kayfiyatim tuşganidan yöl haqqini ham söramadim, maşinaning yangi eskiligi, sovutgiçi bor yoki yöqligiga ham qiziqmadim.

Manzilimga yetib borgunça xayollarim bezov­ta bölib bordi. Javobsiz savollar esa tinçlik bermasdi. Nima uçun haydovçilarga şaharlararo aholini taşiş uçun litsenziya berilgan vaqtda faqat avtomobilning texnik jihatdan xavfsizligi inobatga olinadi? Nega haydovçilarning xulq-atvoriga, yölovçi taşiş qonun-qoidalarini biliş-bilmasligiga, mijozning huquqlari haqidagi bilimlariga umuman eʼtibor berilmaydi? Nega   avtobus, poyezd kabi jamoat transportlari uçun qatʼiy belgilab qöyilgan yöl haqi miqdori, şaxsiy maşinasida haydovçilik qilayotganlarga belgilanmagan?

Ehtimol, tegişli idoralar tomonidan, litsenziya berilayotganda şaxsiy maşinasida   taksiçilik qilayotganlarga yöl haqi miqdorlarini belgilab qöyiş kerakdir?. Töğri, bu qiyin masala deyişingiz mumkin. Biroq bu işlarni baribir tizimli ravişda, tartib bilan yölga qöysa böladi-ku. Misol uçun turniket usulini qöllaşni taklif etgan bölardim. U nima degani? Eʼtibor bersangiz bugungi kunda davlat idoralari va oliy taʼlim dargohlari va maktablarning deyarli barçasi maxsus turniket vositalari bilan taʼminlangan. Xodim yoki talaba binoga kirişda va çiqişda öziga berilgan kartoçkani turniketga urib kirib çiqadi. Aytaylik, bir kunda beş, ön marta kirib çiqsa şunça marta undan foydalanadi.

Şu nuqtai nazardan taksistlar va ular uçun belgilab qöyiladigan narxlar uçun ham şunday tizimli jarayonni qöllaş kerakdir. Avtomobilga örnatilgan maxsus turniket nafaqat uning mijozdan olayotgan summasini balki bir kunda şaharga neçi marta kirib çiqayotganini nazorat qilib borişi kerak. Bu xavfsizlik tomonidan ham yaxşi. Nega deganda uzoq hududlar misol uçun — Qaşqadaryo, Surxondaryo, Nukus, Xorazmdan Toşkent şahriga qatnaydigan haydovçilar neça soatlab yöl bosib kelişadi. Yöl özoq. Çarçaşi tabiiy. Biroq şaharga kelişi bilan yana mijoz çiqib qolsa dam olmay yana ortiga qaytişadi. Bu notöğri. Ön-ön beş soatlab dam olmaslik ortidan esa yölda turli baxtsiz hodisalar, avtohalokatlar kelib çiqayotgani sir emas.

Şu örinda yana bir holatni aytib ötmay ilojimiz yöq. Bayramlar arafasida Toşkentdan viloyatlarga qatnaydigan haydovçilarning oşiği olğir bölib qoladi. 100-150 ming sömlik yölkiralar teng yarmiga, baʼzan ikki barobarga oşib ketadi. Sunʼiy tarzda oşirişadi. Bu ham yetmaganidek ayrim taksistlarning: “Ha endi, mavsum kelganida biz beçoralar ham bir işlab olsinda, şuni ham köp körmanglar”, degan istehzoli gaplari ensangizni qotiradi. Bu holatni kuzata turib “Ölganning ustiga çiqib tepkilaş” emasmi deb yoqa uşlaysan odam. Töğri, beş qöl barobar emas. Insofli, diyo­natli haydovçi akalar, amakilar ham bor. Lekin undaylar sanoqli-da…

Zulhumor ALIQULOVA,

Özbekiston Jurnalistika va

ommaviy kommunikatsiyalar

universiteti 2-bosqiç talabasi

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan