Otalar köz yoş tökmay yiğlaşadi

Rost… Ular qalbdan yiğlaşadi. Özim guvoh bölganman. Aniq yili esimda yöq. Adaşmasam, boşlanğiç sinfda öqirdim. Mahallamizdagi tengqurlarim bilan qöşni qişloqdagi olmazorga “öğirlikka” tuşgan edik. Olmalar ğarq pişgan, hidi dimoqni qitiqlar, har gal maktabdan qaytayotganimizda bizga “tinçlik” bermasdi.

Rejani men tuzdim. Bolalar ortimdan ergaşişdi. Boğda olmalar çunonam qizarib pişibdiki, etagimizga siqqunça oldik, zaxira savatimizni ham töldirib juftakni rostladik. Dalaga borib, öljani teng taqsimlab, rosa olmaxörlik qildik. Özimizça “Şum bola”ga aylanib “Kandil olma zap şirin bölar ekan”, — deya kulişib-kulişib qilgan işimizdan “ğururlandik”.

Ertasi kuni maktabdan kelsam, olmazorning egasi (qölida xivçin, közlari allaneçuk bejo) meni kutib turibdi. Yonida dadam ham bor. Qörqib ketdim. Joyimda bir muddat qotib qoldim. Salom berib sekingina yuqori hovli tomon “çizmoqçi” edim: “Töxta, oldimga kel, bezori, öğri, qani olmalar?”, deya baqirdi boğbon amaki.

Bu gap dadamga oğir botdi. “Sen bezori, öğri böldingmi?”,– deya   boğbonning qölidagi xivçinni olib, meni rosa döpposladilar. Boşqasini eslolmayman. Keçga yaqin közimni oçsam, tepamda dadam, onam, buvim tikilib ötirişibdi. “Meni keçiring, dada, boşqa takrorlanmaydi”. Bundan boşqa gap aytolmadim. “Sen ham meni keçir, bolam!” dadam peşonamdan silagança, yuzlarini burib, yiğlab yubordilar.

Keyin bilsam, boyagi kaltak paytida ularning qöllaridan qoçib darvoza oldidagi çuqurlikka tuşib ketib, oyoğimni qa­yirib olgan, söng huşimdan ketgan ekanman. Tabib çiqib qolgan oyoğimni joyiga solib, “Yaxşiyam qattiqroq lat yemabdi, agar sal qolsa umuman yurolmay qolişi mumkin edi”, deya ularni koyigan ekan.

Men heç narsani sezmasdim. Otam esa bunda özini aybdor his qilib ançagaça xomuş yurdilar. Keyinçalik soğayib ketdim. Lekin heç esimdan çiqmaydi, har kuni keçqurun uxlagan paytimda (aslida közim yumuq bölsa ham uyğoq bölardim) dadam kelib boşimda uzoq ötirar, çuqur-çuqur uh tortib, çiqib ketar edilar. Şundan keyin umuman “öğirlik” qilmadim, dadam ham boşqa menga biron marta oğir gapirmadilar.

Tunov kuni bir döstimiz aytib qoldi: “Dadam kiçkinaligimda bizga ovqatdagi göştning lahm (suyaksiz qismi)ni berib, “Men suyakni yaxşi köraman”, deb orasida nisbatan göşti kamroq bölgan suyak­­ni özlariga olardilar. Dadam ovqatlaniş paytlarimizda bölmaganda yoki keçroq kelganida, göştning suyagini ularga olib qöyardik. Sababi dadam “suyakli joyini yaxşi körardi”.

Katta böldim. Dadam aslida suyakni yaxşi körmasligini endi tuşundim. Ular şunçaki biz göştning lahm joyini yeyişimiz uçun şunday yöl tutar ekan…

Hamişa onalarni uluğlab köp gapiramiz. Albatta! Şaksiz, ona – möʼtabar zot. Lekin otalarni ham unutmaylik. Zero, “hamma joyda ota-ona deyiladi, ona-ota emas!” Xalqimizda “Ota rozi – Xudo rozi” degan maqol bor. Otani doim qadrlab, qadrini yuksak bilgan farzandgina kökaradi, deydilar.

Bu hikmatlar bejiz emas. Zero, otalar ham farzandlarini onalardan kam sevmaydi, faqat hadeb mehrlarini bildiraverişmaydi, xolos.

Islom ASILBEKOV

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan