Zaynabga xat

“Ötkan kunlar” — Abdulla Qodiriyning şoh asari va birinçi yirik özbek romani. Asarni öqimagan, uşbu asar asosidagi filmlarni körmagan yurtdoşimiz bölmasa  kerak. Romanda nafaqat voqealar rivoji balki har bir personaj yaxlit bir dunyodek göyo. Boş va epizodik qahramonlar uzviy ravişda bir-birini töldiradi. Asarni öqigan kitobxonda Otabek va Kumuşning muhabbati-yu, Yusufbek hojining keng feʼlliligi, tadbirkorligi, Özbek oyimning özgaça tabiati haqida tuşunçalar paydo böladi. Ammo Zaynab öşa-öşa hasadgöy, qotilligiça qolaveradi. Lekin men uçun Zaynab ham yot emas. Şu sabab ham hozirgi dil sözlarimni yolğiz Zaynabga baxşida etmoqçiman. Zora, buni öqigan inson qalbida Zaynabga nisbatan zarra bölsada mehr uyğonsa…

Assalomu alaykum, mening yaralangan oq quşim, köngli yarim dilbarim Zaynab! Hol-ahvolingizni söraş-da men uçun ançayin noqulay. Eh, beçoraginam, dili ozorda bölgan opaginam, ötkinçi dunyoning aççiq zarbalariga bardoş berib çarçadingizmi? Behuda otilgan nafrat toş­laridan parişondirsiz-a? Hamon muhabbatingizning birgina şirin iltifotiga muştoqmisiz?

Töğrisini aytsam, “Ötkan kunlar”ni ilk bor öqiganimda köpçilik qatori sizni faqatgina salbiy obraz sifatida baholagan edim. Göyoki hamma köngilsizliklar siz tufayli sodir bölgandek edi. Lekin vaqt ötişi bilan hammasini tuşuna boşladim. Bir kuni özimça faraz qildim: Zaynabning örnida men bölganimda nima qilar edim? Gap Kumuşni zaharlaş haqida emas. Aslo. Faqat ne-ne umidlar ila bir yostiqqa boş qöygan insonidan benajot, “jonsiz haykal” bölgan jufti bilan ötkazgan “köngilsiz hayot”ida qanday yaşagan bölar edim? O, yöq, rahmdil Alloh duşmanimning boşiga ham bu kunlarni solmasin, muhabbatsiz turmuş bilan heç kimni “siylamasin”.

Şu bois, nima bölganda ham sizga qoyilman. Sizni tuşunişga harakat qilaman. Suyukligingizni suyuklisi bilan bölgan vaqtlarini çetdan tomoşa qiliş, siz orzu qilgan mehrni “Kumuş opangiz”ga şunçaki tuhfa etilişi… Kamiga ötgan-ketganning siz haqingizdagi nojöya fikr-u, behuda gap sözlari, kinoyalari… Bir ayol uçun naqadar ayançli qismat bu!

Kumuşning ölimi… Zaharlaniş voqeasi… Bu turmuşda uçraydigan kundoş raşki oqibatining asli sababçisi kim edi özi? Agar Otabek ikki ayoliga bir xil munosabatda  bölib, raşk ötining alanga olişiga “şaroit” yaratib bermaganida şu narsalar bölarmidi?

Töğri, bunday vaziyatda baribir siz qilgan işni oqlamoqçi emasman, Zaynab. Sizni öşa payt raşk va hasad öti boşqardi va eng katta gunoh bölmiş kundoşingizga qöşib, uning bağridagi hali dunyo­­ga kelmagan murğak vujudni ham onasidan judo qildingiz. Ha,  bir emas, ikki jonning umriga zomin böldingiz. Qutidor oilasining yakkayu yagona farzandi bölgan, Marğilonga siğmagan Kumuşni öldirdingiz! Eh, qanday fojia bu! Ammo sizning qalbingiz bu qadar yovuz emas edi şundaymi? Siz behuda gaplarga quloq solganingiz uçun şu körguliklar röy berdi. Könglingiz bu qadar qora tuynukka aylanmagan ediku-a? Agar vaqt ortga qaytsa aslo bu xatoga qöl urmaysiz, töğrimi? Puşaymonsiz-a?..

Qani edi, siz yuragida boşqa ayol bölgan — Otabekka emas, qalbi faqat sizni istaydigan bir insonga yor bölsangiz edi. Qani edi, Kumuş va Otabekni tanimasangiz, Yusufbek hoji va Özbek oyimlarga kelin bölmaganingizda edi.

Işonaman, siz boşqa oilada sevimli, suyukli kelin bölganingizda edi, baxtdan masrur yaşab ötar edingiz. Axir, axir Toşkentning eng boy, tagli-tugli xonadoni farzandi, gözallikda ham ne-nelar havas qiladigan suluv edingiz!

Qayğulanmang, Zaynabim! Sizni butun dunyo ang­lamasa ham men anglayman. Olam sizni yomon otliq qilsa ham men unday qilolmayman. Mayli, sizni qotil deyişsin… Ammo… Ammo men uçun avvalo, ayolsiz. Mehr va eʼtiborga tölib, bu dunyo­­da baxtning iforini tölaqonli his qilişga haqli ayol edingiz!

Alloh rahimli va mehribon zot. Yaratgan keçirsin Sizni… Yana heç bir ayolning qismati siznikiga öxşamasin.

Maktubni D.DÖSMATOVA

oqqa köçirdi.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan