Buvimning armoni
Buvim yomğirni yaxşi körardi. Yomğir yoğayotganda hammamiz uyga biqinib olgan paytlarimiz ham buvim taşqarida kuymalanib yuraverardi, boşlaridagi römollari jiqqa höl bölgandagina, almaştirgani uyga kirib, tağin taşqarilardi.
Yomğirni yaxşi körardi-yu, ammo mahallamizning loy köçalaridan yurişni unça yoqtirmasdilar. Yoğin-soçinli kunlarda bobomga nolib qolardi:
— Qöni-qöşnilarning boşini birlaştirib, köçaga şağal tökişni uyuştirsangiz bölmaydimi? Butun qişloqning boşini qovuştirgan kişi, bitta köçani obod qilişga kuçingiz yetmaydimi?
Şunda bobom : — Qöyaver kampir, bu işning ham mavridi kelib qolar, — deya tasalli berardilar.
Mavridi keldi-yu, lekin…
Buvijonimning jigari xasta edi. Joni uzilar kuni ham ertalabdan yomğir yoğa boşladi… Buvim deraza oldidagi karavotda yotar, körinişidan umri tugayotgan odamga sira öxşamas, şunçaki yomğirning qanday yoğişini jimgina, xotirjam tomoşa qilayotgandek edi. Men buvimning közlarida çuqur bir anduhni körardimu uning nimaligini sira anglay olmasdim.
Buvim birdan jimlikni buzib, past ovozda:
— Köçamiz juda loy bölgandir, — dedilar. Neça kundan beri gapirmayotgan, hatto yeb-içişdan ham töxtagan buvimning bu gaplari ğalati tuyuldi. Öz dardlari qolib nega köça haqida eslab qoldilar, deb öyladim. Ammo buning sababini keyinroq angladim. Bir umr boşqalarga oğirligini solmay kelgan buvim: — Tobutimni kötarganlarga malol kelmasin, — degan bölsalar kerak.
Beozor, mehribon buvijonim…
Hafta yakunida şahardan qişloqqa kelganimda onajonimdek mehribonlik bilan, atrofimda gir-gir aylanib, sandiqçasiga yaşirib qöygan qand-qurs, turşak, mayizlardan hovuçimni töldirardilar. Biror yumuşga urinsam: “Sen qöyaqol qözim, kitobingni öqi, özim qilaman”, deb urintirmas edilar. Boşqalarga oğirligini tuşirmay kelgan buvim oxirgi kunini ham öylagan ekan-da…
Öşa kuni yomğir tinmay yoğdi. Köçalar balçiq bölib, suvga töldi. Taʼziyaga kelganlar u yoqdan – bu yoqqa ötib, oyoqlarini loydan zörğa uzişar, ayniqsa, keksalarga yölda yuriş qiyin edi. Qöni-qöşnilar bilan har joy-har joyga terib çiqqan toşlar ham loyga botib, yurişga noqulay bölib qoldi. Tobut ortidan ketar ekanmiz xayolimdan buvimning yölga şağal yotqiziş fikri aylanar, bobom bu işni ortga surganida esa çuqur uh tortib qöyişlarini eslab közlarimdan ham “yomğir” quyilardi.
Bugun qişloğimiz yöllari ravon, asfalt qilingan. Lekin buvim yöqlar. Qaçon şu ravon köça böylab uyimizga borsam, köçasining tekis bölganini körmay, undan aqalli bir neça qadam bölsada yurmay armon bilan ötgan buvimni eslab qalbim örtanaveradi…
Islom EGAMBERDI öğli
