Enamga maktublar (şu nomli turkumdan)

Bu  narsalarni  aytmoqçi  emasdim.  Majbur  böldim,  qiynaldim,  özimni   yengillatmoqçi  böldim, özimni- özim  ovutmoqçi böldim, yuragimning  taftini oladi,  deb  öyladim.

Dunyoda  hamma  jonli  va  jonsiz  narsalarning  tayançi,  suyançi  böladi:  daraxt  ildiziga,  minorlar,  binolar  poydevoriga  tayanadi.  Qolgani  tuşunarli.  Insonning  tayançi,  suyançi   enasi  böladi,  otasi  böladi.  Mening  şodligimni,  taşviş, ğamimni  kötargan  va  kötara   oladigan  zotlar—  enam  va otam  bölgan ekan. Iztiroblarimni, ehtiroslarimni, mungli  nolalarimni, alam  va  hayratlarimni  kötaradigan,  siğdiradigan  narsa  ijodim,  şeʼrlarim ekan.

Bu  bitiklarda  özimni  dono  va  bilimdon  körsatişdan  yiroqman.  Şuning   uçun  u  yoki bu  ulamo,  fuzalo,  şoiru   olimlardan  iqtiboslar,  hadis  va  hikmatlardan,  hikoyat  va  rivoyatlardan  misollar  keltirib  fikrimni  asoslaşga  rağbat  va  hojat topmadim.  Bir  hodisa tufayli  lahzalik  holatdagi  ruhiy  keçinmalarimni   aynan  muhrlaş  qalbimga  mos,  könglimga  xos  keldi.  Bu  bitiklarni  qalam  bilan  emas,  kipriklarim  uçida  şabnam  zarrasidek  tizilib   kelayotgan  qalb nuri   bilan   bitdim.

Şu   yoşga  kirib  volidai  muhtaramamning  boşi  yostiqqa  kelganini,  biron  marta  umridan,  hayotidan,  bolalaridan,  nabira- çevaralaridan,  qöni- qöşnilaridan  noliganini,  şikoyat  qilganini  eşitmaganman. Enam  ikki marta  infarkt — yurak  xuruji  ötkazdilar.   Buning ustiga   kunaro qon  bosimi  dahşat  soladi.  Şu  tufayli   u  kişi  özlarini  yöqotib, harakat  va  tildan mahrum bölib  qoldilar.  Bu  narsa  bir neça  kun davom  etdi.  Enam  lahat  va  qabr   yonlarida  tursalarda, hatto şu onlarda  farzandlarining  dardi  uni taşvişga  solardi.  Enamning  yonlarida  qöllarini,  boşlarini  silagança  ikki  keça  kunduz  iç-içimdan  qon  yiğladim.  Bir kun  şifokorlar   meni  taşqariga  çorlab:  “Uka,  siz   yoş   emassiz.  “Bolam degan  qiyomat,  onam   degan  saodat,”  şunday   aççiq  maqolni  eşitganmisiz?   Momaning köpi bilan bir  haftalik umrlari  qolgan.  Heç  narsa  foyda  bermaydi.  Yaxşisi,  sozini   qilganlaringiz  maʼqul”  dedi.  Bu  gap   meni  enamning  oldiga  yanada  mixlab  qöydi.  Işga  ham   borolmayman,  köçaga  ham  çiqolmayman,  enamning   qölidan  qölim   uzilsa,  jonim   uzulganday  özimni  his  qilardim.

Jimgina  xonaga  kirdim.  Sovuq  devorga  köksimni  bosdim.  Devor  örnidan   çekindi,  ruhan    toğlarga   çiqdim,  yelkamni  qöyib   dardlaşdim,  işonasizmi,  toğlar  siljidi, jussam   muallaq  qoldi.   Toliqqan  jussam  bilan  çinorni  quçoqladim,  çinorni  ham  titroq  bosdi.  Yaşil  barglari   kuzakdagidek   tökila  boş­ladi. Men  qattiqroq  quçoqladim,  sen  mening  suyaçim   dedim,  sen  mening  tayançim  dedim,  vodariğ,  u yura  boşladi,   u  qoça   boşladi…

Ena,  tuğişganlarimga   suyandim,  minnat  qildilar,  döstlarimga  suyandim,   tuhmat  qildilar,  mansabdorlarga  tayandim  tovon  oldilar,  elimga   suyandim,   illat  bildilar.

Öğlimga,  qizimga,  nabiralarimga  talpindim.  Ularning   qalbida,  közida   özga  dunyo   kördim,  özga  qalb  kördim.  Sirlarimni,  dardlarimni    aytişga   iymandim.  Ularga  borimni  berdim, topganimni tutindim,  yolğon  aytdim,  çin  ayt­dim,  borim  deb,  orim  deb  yaşadim,  ular esa buni  farz,   deb   bildilar.

Xotinimga  talpindim,  suydim,  suykandim,  borim  dedim,  zarim  dedim, yagona  dedim, tengsizsan,  topilmassan  dedim.  Ham  yoqam,  ham   yengimsan  dedim,  nurga  öradim,  zarga  öradim,  oyga  qiyosladim, gulga  mengzadim,  quyoşga  öxşatdim,  yulduzlardan ortiqsan  dedim,  oxiri bularni  qarz,  deb  bildilar.  Suyganimga  topindim,  sovğalar  qildim, sarpolar qildim,  tunlari  uxlamay  şirin   sözlar  axtardim,  dil bisotimni  poyiga soçdim,   soçlarini  erkaladim,  xuşomad, deb  kuldilar.

Yetti  marta töy qildim,  elga  oş  berdim,  kimdir suyunib,  kimdir kuyunib,  birov  döst  közi,  birov  duşman  köngli  bilan  keldi. Katta-katta töyonalar,  ulgular,  sovinlar  qöşişdi,  balandparvoz  ti­laklar,  duolar  qilişdi,  göyo  qadrim oşdi,  qarzim  undan  ham oşdi.  Mast- alast  birov   kuldi,  birov  öynadi,  allakim   ğiybat  bilan  maşğul  böldi. Ena,  siz  esa  quvonçdan  yiğladingiz:  “Ulumni   yomon közlardan   özing  asra,”  deya   şukronalar  qildingiz.  Kimlarningdir  molxonasiga  orzimaydigan  ayvonimga  köztikanlar  ildingiz,  qalampurmunçoqlar,  duğdonalar   boyladingiz.  Mening  birorta  jon  döstim,  köz   tegmasin degan  sözni  xayoliga  ham  keltirmagan bölsa  kerak.   Sizning  horğin  mijjangizda  tabassum  emas,  munçoq- munçoq,  marjon- marjon arğimçoq  solayotgan beadad armonlarni,  alamlarni,  umidlarni, soğinçlarni, Boysuntoğ qadar  bardoşlarni, otameros mangu  saburlarni kördim…

Akam,  ukam,  singlim, toğam,  amakilarim, jiyanlarim,  bölalarim,  xolalarim,   poççalarim   siz   bergan  töyonani    qilolmasligini,  berolmasligini,  siz   qilgan  işlarni  ikki dunyoda ham  bajarolmasligini   men  söqir  juda- juda  keç  angladim,  Enajon!

Ğolib  böldim  közingizda yoş,  mağlub  böldim  közingizda  yoş,  bemor  böldim  közingizda  yoş,  uzoq  ketsam közingizda  yoş,  yoşligimda  kuraş tuşib ulgu  olib kelsam  közingizda yoş…  Ena,  siz  ayol  emassiz,  siz   mungli  quyma  toşsiz,  siz  asli bardoşsiz.  Boşim egilsa   bolişsiz,  qoşim  çimirilsa  nolişsiz,  közim  namlansa  daströmol,   jonim qiynalsa dastamalsiz,  qölim sinsa  yeng  bölasiz, lat  yetsam tang bölasiz,  kallam  yorilsa  qalpoq bölasiz,  tuproqla  teng bölasiz,  Enaginam!

…Köçalarga çiqdim,  ariq böyiga  bordim,  suvga  uzoq tikildim,  osmonga  termuldim,  norasida  gödaklarning  öyiniga  ovunmoqçi  böldim,  çekdim,  işga unadim,  özimni çalğitişga  urindim,  heç  narsa  diqqatimni  tutib  qololmadi.  Yana otamning uyiga,  Enamning  yoniga bordim.  Men  işga  kelsam,  jonim  uyda  qolardi,  köçaga çiqsam   jonim  yölda   qolardi.  Tanamni,  jismimni  suyaydigan,  kötaradigan,  bexos  qalqib ketganda  tutib turadigan suyançiq – yupanç  izlardim.

Parvozdagi  quş   ovçining  öqidan jarohatlanib, osmonu  falakdan  tuşayotganini  körganmisiz?  Umrimda  birinçi  bor  özimni  ana şu bexosdan  öq  yeb,   çarxpalak  bölib  yerga  qulayotgan  quşdek  his  qildim. Heç  narsa tutib qolmaydigan,  heç  narsa suyay  olmaydigan,  göyo  nimaga va  kimga  suyansam   yiqilib, nurab,  yöqolib   ketayotganday  edi.  Bu dahşatdan  faqatgina  Enamning  jonsiz  qöllari   saqlab  qoladiganday.  Ena degani  şunçalik  qudratli,  şunçalik  möʼjizakor,  şunçalik  ilohiy  böladimi?!

Peşonalarini  silab,  qöllarini   tutsam  böldi, qulab,   titilib, soçilib  ketayotgan  narsalar   örniga  qaytadi.  Göyo  ön  sakkiz ming olamdagi  barça muvozanatlar  şu  jonsiz  qöl  va  sovuq  ter  çiqayotgan  peşonaga   boğliqdek.  Umrimda  birinçi  marta  enamning boşlarini   silab,  qöllarini uqalayotgan  edim.  Axir,  men  oldin  ham  bor  edim-ku,  mavjud edim-ku?!  Nega  “qoraoqsoğim  qözğadi”,  deb  noliyotganlarida,  suyaklarim  qaqşaydi,  deganlarida  xayolim  ham  buzilmaganiga  birinçi  marta  hayron  qoldim.

Kitob   öqib  yiğlaganmiz,  rivoyat  va  hikoyatlar   eşitib  “uh”  tortganmiz.  Enamiz,  otamiz  kasal bölganda  eʼtibor bermaymiz,  qariçilik  deymiz. Soa­tiga,  kuniga   hikmatga,  ibratga duç kelamiz,  mingta  hikmatga  közimiz tuşadi,  lekin  ibratdan- ibrat,  hikmatdan  xulosa  çiqarmaymiz.  Buni —  ğofillik,  söqirlik  deydilar.  Enada  gina- kudrat,  taʼna- taʼma,  minnat- illat,  qarz-farz,  şubha- gumon,  fitna- fasod,      izzattalabliklar, hurmattalabliklar   bölmaydimi?  Ena  degani  şunçalar  xokisor   insonmi?

Hayit  va  bayramlarda  öğlimga,  qizimga,  xotinimga  turli- tuman  sovğalar  ulaşib,   sizga  esa  aqali   bir römolça  yoki  bir  dona gul   u  yoqda  tursin,  “Juda   band  böldim hayit  kunlari,”  deya   neça  bor  yolğon  gapirganda,  Ena  nega  tillarim kesilib tuşmadi,  közlarim   gavhari  oqib  ketmadi.  Lekin  siz  “Özing  kelibsan  bolam,  şuning  özi  katta  sovğa”  deysiz. Ena,  körmasangiz  ham  hammasini  yurakdan  his   qilasiz,  endi  bildimki,  Enajon,  enalarning  köngli,  közi  farzandining  gunohi  yoki  savobini,  çin  yoki  yolğonini  bilişi,  körişi  şart  emas  ekan.  Uni  yaşirişning iloji  yöq   ekan,  hatto  yuz  yoşga  kirgan   ojiz  Enaning  közi  va  qalbi  buni  boşida  turgan guvohdan,  Yaratgandan  köra  yaxşiroq  körarkan  va  bilarkan.  Men  noşud,  men  notovon,  men  söqir  esa  bahonalar  qilib,  özimning  noşudligimni,  beburdligimni,  notovonligimni,  noqobilligimni,  söqirligimni  özim  bilmagan  holda  bot- bot  eʼtirof  etar  ekanman…

Amaldorlarga yoki   puldor  kimsalarga  qilgan   xuşomadlar,  yaltoqlaniş,  taʼzim-tavozelar,  yelib- yugurişlar,  sarflangan  pul  va  asablarni,  yoki  bir pulga  qimmat  havoyi  orzu havas  va  iltimoslarga  ketgan   qimmatli  vaqtimning,  umrimning  mingdan  birini   sizga  baxşida  etganimda,  bu qadar  yuzingizga  erta  ajinlar tuşib,  belingiz  bukçayib,  ming  bir  dardga çalinib  qolmasmidingiz, Ena.

Ermak  qiladigan  kasbim,   izlab boradigan  qönoğim,  köz tikkan   qaroğlarim – farzandlarim, eşigimni  oçib turadigan  jufti  halolim,  tuğişganlarim   bor.  Tört  köz  tugal,  Xudoga  şukr.   Yana   döstlar,  taniş- bilişlar…   Ena,  bilmaysiz-da,   şunça  munis  közlar,  mehribon  qöllar,  samimiy  dillar   qurşovida  özimni  baʼzida  juda  yolğiz,  tanho…  va   keraksiz  his  qilaman.

Xudo  şohid,  hamma-hammasiga  qöl  siltab,  bu  dunyodan  voz  keçişga  neça  bor  çoğlanganman.  Sizni, faqat sizning  yoningizga  borgandagina,  tovuşingizni  eşitganda,  suhbatingizni  olganda,  bu  oğir  xayollarimdan,  qiliqlarimdan  uyalib  ketganman, içimda  tavba  qilib,  kalima  qaytarganman.   Faqat  sizning  huzuringizda  özimni  yolğiz  va keraksiz,   kimsasiz  his  qilmayman, Ena.  Dardimni   va  sirimni  faqat sizga  va  qalamimga ayta  olaman.

Ena,  siz  va  qalam  oldida  özimni,  yolğizligimni  unutaman,  kerakli  ekanligimni,  kimsasiz  emasligimni  anglayman. Özimga, özligimga  qaytaman. Besönaqay  tanamga  ruhim  qaytib kirganday  böladi.  Sizga  tikilamanu  poyonsiz  xayollar,  qöl  yetmas orzular,  beadoq  niyat va  tilaklar  oğuşida   jonim tanamga  qaytadi,   qalbimga  halovat  inadi. Va  şunga iymon keltiramanki, Ena, Alloh,  siz  va  qalamimdan boşqasiga suyanib,  tayanib,  işonib  bölmaydi.   Aslida men  suyanadigan,  tayanadigan  kimsalar  va  narsalarning  barçasi  tayançga  muhtoj  va  noçor  ekanligini  ham  angladim.

Ena,  har yili   uç  yuz  oltmiş beş xonadonga boş  suqdim, uç  yuz oltmiş beş   bor  quyoşni kutdim va  kuzatdim.  Ellik  yil  sabr va   umid  atalmiş  ötkinçi  tiriklik  koşonasida  bu  hol  qayta  va qayta   takrorlanib kelmoqda.  Oqibat  ang­ladimki,  Alloh,  siz  va  qalamdan   özga menga  tayanç  nuqta,  suyançiq  va  sirdoş  kimsa yöq  ekan.

Nihoyat,  Ena  degani   şunçalik  bardoşli,  şunçalik  metin,  şunçalik  toş,  şunçalik   keçirimli – Yer kabi   saxiy  bölsa!..  Farzandiga bergan  noniga  açinmasa,  oq   sutini  minnat  qilmasa,  bedor  tunlarini  pisanda  etmasa,  farzandining  taʼna-daşnomini,  hurmatsizligini, beodobligini,  qadr-qimmatini yerga  urişini   yaşirsa, bergan  mehrini, tuzini peş  qilmasa, qilgan mehnatidan,  çekkan  azob- uqubatidan  şikoyat  qilmasa,  yöğini  yaşirib,  kamini  oşirib,  ranjiganda  ham duolar qilsa.  Enalarning  gunohlari nima? Bu bardoş  nimadan  va qanday  paydo  böladi?  Ena  tuproqday  xokisor,  Yer  kabi saxiy emasmi!?  Tuğilganda  Ena, ölganda  Yer  beminnat  bağriga oladi, yaxşi- yomon,  oq- qora demaydi.  Bu  tengsiz qiyos, muqoyasa  deb öylasangiz,  yanglişasiz, bu  möʼjiza,  Yaratganning  istagi  va  karomatidir.  Negadir  uni  yoşlikda,  vaqtida  tan olmaymiz yoki  keçroq  anglaymiz. Ena,  yana şuni  angladimki,  yonimizda  turgan suyanç  toğini topiş,  tayanç  nuqtaga ega böliş uçun —  Allohni anglaş  va tan oliş  joiz  ekan.

Enaning   qarğişi  tegmaydi,  deydilar.  Uning  oq suti  ora  kirarmiş. Ana şular   Enadagi  çeksiz fidoyilik, saxiylik  va  hotamtoylik, bardoş  va  çidam xususiyatidan  kelib çiqqan, deya  qadim    avlodlar bu  hikmatni çuqur  anglab yetişgan.

Dard  boşqa, ajal boşqa  ekan,  Ena.  Öşa kunlarda bir  hamkasbim menga  köngil berib, “Aka  bilasizmi,  Alloh  bandasini  hamma narsaga  oldindan köniktirib,  tayyorlab boradi.  Uning  bandasiga  mehribonligi va marhamatining  kengligi ham şunda”, deb  tasalli bergandi. Köngil  söragan, tasalli bergan inson bu hislarni allaqaçon  boşidan keçirganligini  men  anglamabman. Avvaliga ğaşim  keldi. U  haq  ekan.  Inson qaysidir  maʼnoda  suyanç va tayanç  nuqtasidan ajralmasdan ilgari uni anglasa, eʼzozlasa, avaylasa, qad­riga yetsa,  özini  beqadr,  keraksiz, gunohkor, notovon  va  söqir his  qilmaydi. Azizlar,  bu haqiqatga intilinglar, nogoh  undan mahrum bölib  qolmangizlar…

Ena, bugun  yonimdasiz,  jonimdasiz, yodimdasiz… Bu  ham mendek bir gunohkor bandasiga  Allohning  katta inoyati  ekanligini şukronalar ila  tan olaman. Enajon, meni taniydigan, tanimaydigan enajonlarim, muştiparlarim, möʼtabarlarim, tabarruk  zotlarim. Enajon,  enajonlarim, mendek  öğlingizni  keçiring. Agar keçira olsangiz, poyintar-so­yintar gaplarim,  sözlarim  uçun ham  yana  keçiring…

ENAJON, enajonlar, men  juda keç angladim.  Sizlar tuproqsizlar, Sizlar  zaminsizlar,  Sizlar saxiysizlar, Sizlar  möʼjizasizlar, Ena!  Men esa  közim yumulgunça  möʼjizalarga  talpinib,  intilib,  siğinib  yaşayman, ENA!!!

Safar  OMON

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan