Ayriliq azobi
Öşa kun — eng yomon xabar eşitgan kunim…
Tongda telefonimning töxtovsiz qönğiroğidan çöçib uyğondim. Telefonimning yaşil tugmaçasini bosdimda şoşa-pişa salomni ham unutib “Tinçlikmi?”, deya söradim.
Göşak ortidan singlimning “Onam oğirlaşib qoldi. Iloji bölsa keling…” degan ovozi eşitildi.
Darhol yölga otlandim. Birozdan söng yana telefonim jiringladi. Bu gal jiyanim onam vafot etganini yiğlab aytdi. Bu noxuş xabarni eşitgan zahotim turgan joyimda qotdim. Karaxt edim. Kimdir menga turtilib ketib, uzr söradi. Şundagina Samarqandga tezroq yetib boriş haqida öylay boşladim. Taksiga ötirdimda haydovçiga maşinasini tezroq haydaşni iltimos qildim. Toşkent bilan Iştixon tumanining yöllari şunçalar olis ekanligini şu kuni his qildim. Manzilimga yetib borgunça yonimdagi yölovçilarga eʼtibor ham bermay dod solib yiğlab bordim. Yölovçilar esa meni ovutişga harakat qilişardi.
Darvozamiz oldida ötirgan akalarim, qarindoşlarimga eʼtibor ham bermay onamning yotoğiga möraladim. Göyoki onam tirikdek, meni kutib yotgandek.
Afsuski, diydor qiyomatga qolibdi. Atiga bir soatga keçikibman. Onamni allaqaçon qabristonga qöyib kelişibdi. Dod solib opamlarga: “Nega meni kelişimni kutmadilaringiz? Axir, men ham yölga çiqqandim-ku! Onamni körişim kerak edi-ku!” deya savollarga kömib yiğladim.
“Mullalar marhumani tezroq çiqariş kerak deb qöyişmadi…” deya Muqaddam opam meni mahkam bağriga bosdi.
Ertasi kuni quyoş çiqmasdan mozor boşiga bordik. Onamning qabri boşida Qurʼon tilovat qildik. Indiniga xudoyi qilindi. Ertalabdan keçgaça odamlarning keti uzilmadi. Törtinçi kuni… onasiz qoliş azobi… Onamsiz uyimiz ham, hovlimiz ham huvillab qoldi.
Bu dunyoga siğmay ketyapman, onajon! Endi bizni u hovlida kim kutib oladi, kim?
Xonbibi HIMMAT qizi
