Dadamni kuydirmagan olovlar
Quyoş boş kötarib, olamni çaroğon qilganiga ança vaqt bölganidan keyin ham erinibgina örnimdan turaman. Poytaxtning nufuzli kiyim dökonlaridan sotib olingan şohona kastyum-şim hamda qattiq, çarm tufligimni kiyib işga otlanaman.
Köça juda ham issiq. Yuz odimça yurib-yurmasimdanoq darrov böğila boşlayman. Maşinada bölsam ham uning oçiq oynasidan kirayotgan issiq havo menga juda noqulaylik tuğdiradi. Böyinboğimni biroz böşatib, köylagimning eng yuqoridagi tugmasini yeçgança, qölimdagi gazeta bilan özimni biroz yelpigan bölaman.
Yöllarni kuzatib ketarkanman şaharning keng asfaltlaridan kötarilayotgan haroratning alangali “tölqinlar”i (sarob) diqqatimni tortadi. Xuddi mana şu “tölqinlar”ga sixga tortilgan baliqni tutsam pişadigandek göyo.
Kuçli issiqdan tomoğim qaqrab, peşonamdan nöhatdek-nöhatdek terlar çiqib, kiygan köylagim tanamga yopişgança şaxsiy “kabinetim”ga kirib kelaman. Çiroqlarni yoqişdan ham avval qiladigan birinçi işim konditsionerni elektrga ulaş-u, muzlatkiçdan muzdek şarbatni olib, yumşoq kresloda beş daqiqa tin oliş böladi.
Mana şu beş daqiqa davomida derazadan taşqariga qarab, tandirning oğzidan çiqayotgan issiqdek gurkirayotgan haroratga qayta közim tuşib, özimning salqin “kabinet” da ötirganimga şukr qilaman-u, beixtiyor dalada işlayotgan, qurilişda oftob nayzasi ostida mehnat qilayotgan odamlarni köz oldimga keltiraman. Heç kuzatganmisiz, qançalik issiq bölmasin, bu ularning, biz hamişa fidoyi, qalbi qaynoq, mehnatkaş deb uluğlaydigan opa-singillarimiz, aka-ukalar va yoşi uluğ zahmatkaşlarimizning harakatlariga aslo taʼsir ötkazmayotgandek körinadi. Ularning boşqaça şijoat bilan javlon urib işlayotganlarini körgan odam borki, bir hayratlanadi, bir ularga qöşilib işlagisi kelib ketadi. Ammo oçiq aytiş kerak, ulardek işlaş hammaga ham emas…
Mening dadam ham quruvçi usta bölgan. U vaqtlarda kunlar hozirgidan ham köra uzunroq, hozirgidan ham köra issiqroq bölardi nazarimda. Ammo şunday bölsa-da dadam öz işini zavq bilan bajarayotgandek bölardi. 3 litrlik bankaga quyilgan qaynoq çoyni sovuşga ulgurmasidan bir kötarişda yarimlatar edilar. Işlagan sayin bilaklari baquvvatlaşib, yanada kuç-qudrati ortayotgandek körinardi menga.
Öşa vaqtlarda oppoq kiyimlarni kiyib olib, dadamning gapi bilan soyaga turib olgança ularga savol berardim: dadajon, bu jazirama issiqlar sizni kuydirmaydimi? Bemalol işlayverasiz-a. Men zörğa közimni oçib turibman.
Dadam juda sodda, lekin biroz qöpol va qörsroq bölsalarda, oddiy sözlar bilan odamni öylantiradigan, çuqur xayolga toldiradigan gaplarni aytardi. Mening yuqoridagi savollarimga ham: “öğlim, bu issiqlar nima böpti. Meni sizlarning kelajagingiz, qanday odam bölib ulğayişingiz borasidagi olovli xayollar qiynaydi xolos. Mana köryapsan-a, mening işim qançalik qiyinligini. Faqat sen, sen… heç qaçon bunaqa iş qilmasliging kerak. Nufuzli joylarda, yaxşi şart-şaroitda işlaşingni xohlayman. Ana şularga erişişing uçun bugun yonib işlayapman. Harakatlaring bilan orzuimdagidek katta odam bölişingga işontira olsang menga bu issiqlar aslo taʼsir ötkaza olmaydi” derdi.
Bu gaplarni tinglar ekanman, dadamning terlagan peşonalariga, oftobdan qizarib ketgan yuzlari, közlariga tikilardim. Gohida ğayratim jöşib ketib, ularga yordamlaşmoqçi ham bölardim özimça, biroq dadam umuman meni bunaqa işlarga yölatmasdi.
Balki işonmassiz, lekin ota qora terga botib, issiqda yonib işlayotganda konditsionerli xonada, yumşoq kresloga joylaşib olib, kitob öqib ötiriş öğil uçun juda ham oğir. Men mana şu oğriqni özimda köp his qilganman. Bunga esa dadam sababçi. Özi issiqda, jaziramada kuyib, meni salqin, haşamatli xonada saqlagan dadajonim!
Neça-neça odamlarga uylar qurib bergan dadam bugun nafaqada, ustaçilik qilmayapti. Hali juda keksayib ketmagan bölsa-da, bizni deb qilgan oğir mehnatlarining oqibatida, olovli kunlarda tinimsiz çekkan zahmatlari izsiz ketmagan. Soğligini ança yöqotib qöygan. Ammo sira nolimaydi, “hammasi zör öğlim, meni öylama, özingni işlaring yaxşimi?”, deydi har safar. Özimni qançalik xursand körsatib, birma-bir amalga oşayotgan rejalarim bilan maqtanişga urinmay, hamişa böğzimga nimadir tiqilgandek bölaveradi.
Ayniqsa, har gal Toşkentdan başang kiyimlarda, qora közoynak taqib qişloqqa borganimda menga sevinib qaraydigan, har bir qadamimdan quvonib, yutuqlarimni barçaga maqtanib aytadigan dadamning qalbida bolalik vaqtlarimda qanday harorat bölganini hozir ularning qöllarini uşlaganimda, bağrimga bosganimda his qilgandek bölaman.
Va yana öşa jazirama issiqda, dadamning terlagan holda kelajagimdan umidvor bölib aytgan gaplarini yodimga olsam heç bir iş qiyinday tuyulmay qoladi. Şu kunlarga yetib kelişim uçun özini ming bir çöqqa urgan dadamdan çeksiz mannatdorlik hissi bilan birga aybdorlik yanada ortadi.
Kamoliddin RÖZIMATOV
