QAÇON KATTA BÖLASAN, QIŞLOQ?
Muallif haqida: Behzod FAZLIDDIN — 1983 yilda tuğilgan. Özbekiston davlat jahon tillari, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetlarini tamomlagan.
Filologiya fanlari böyiça falsafa doktori (PhD).
“Muqaddas zamin” (1999), “Boğlaringdan ketmasin bahor” (2000), “Onamning köngliga ketamiz” (2003), “Sen qaçon gullaysan” (2008), “Kutmagan kunlarim, kutgan kunlarim” (2012), “Tuşlaringdan çiqib keldim” (2017) nomli şeʼriy kitoblari, qator badiiy-publitsistik, ilmiy-adabiy maqolalari çop etilgan.
Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi aʼzosi.![]()
Qişloq deganda, odatda soddalik, töğrilik, halollik va odamiylik kabi gözal fazilatlar yodga tuşadi. Har holda, qişloq odamlari tasavvurimizda şunday muhrlanib qolgan. Borgan sari anqoning uruğiga aylanayotgan oqibat ildizlarini ham asosan qişloq kişilariga nisbat beramiz.
Adaşdim çoği. Bugungi qişloqlar boşqaçaroqqa öxşaydi…
Keyingi paytlari qişloqqa borsam, yuragim eziladigan bölib qolgan. Kengliklar bağrida ham yayrab nafas ololmayman, içim siqiladi. Gap faqat turmuş şaroiti yoki moddiy ahvolda emas. Odamlar özgargan, juda boşqaça bölib qolgan. Bir qaraşda hali ham öşa-öşa: boylar dunyo orttiriş taşvişida, ahvoli mundayroqlar bir amallab kun ötkaziş payida. Hoyu havaslar, hakalak otib borayotgan nafsoniy istaklar… Aksariyat kişilar na bu, na u dunyosi uçun foydasiz işlar bilan andarmonga öxşaydi: ölarday ter tökib işlaydi-da, topganini bir kunda şamolga sovuradi. Içkilikka mukkasidan ketgan köça kişilari haqida gapirmasa ham bölar…
Odamlar nuqul bozordan gapiradi. Töylarga yangi-yangi “urf-odat”lar qöşilgan. “Juda boşqaça töy böldi-da”, oğzining suvi qoçadi soçlariga oq oralagan onaxonning. Keyin bilsam, “boşqaça” töyga bir emas, ikki emas, beşta “artist” – yallaçi kelganmiş. Ajab, bugungi qişloq keksalari ham danğir-dunğurga havasmand. Ular ham gumburlatib, el közi uçun töy beriş iştiyoqida. Qöşnining qöşni bilan deyarli işi yöq bölsa ham, “iş yuzasidan” işi bor. Mahallada biron noqobil çiqsa, kovuşini töğrilab qöyadigan oqsoqollarning bugun öz nabirasiga sözi ötadimi, yöqmi… Yerlar, uy-joylar kengaygan, köngillar kiçraygan.
“Neksiya”lar köpaygan, beğaraz xizmatçilar kamaygan. Ha, “oçilib” borayotir qişloqlar… Avvallari, Xudo körsatmasin, “sevişganlar” ota-onasi roziligini olmay, oq fotihasiz “qoçib” ketadigan bölsa, bu butun qişloq uçun katta isnod sanalardi. “Yengiltak”larning yaqin qarindoşlariga barça olaqaraş qilar, yuzi şuvut edi ularning. Yaxşi eslayman, öquvçilik paytlarimiz hali maktabni bitirmagan qiz “oşiği” bilan qoçib ketganida katta yiğiliş bölgan, juda qattiq gaplar aytilgan, şundan keyin şöx-şaddod yigit-qizlarning yuriş-turişida keskin özgariş kuzatilgandi. Hozir-çi? Endi böy yetgan baʼzi qizu yigitlarning töydan oldingi “visol oqşomi”ga könikib boryaptimi qişloq ahli? Yana xayolan yaqin ötmişga qaytaman. Ilgarilari hamqişloqlar orasida eng yupun odamning ham yuz-közida halovat, xotirjamlik alomatlari sezilar, qanoat hissi bor edi. Bugungi qişloqliklar şoşgani-şoşgan. Afsuski, aytib ötilganidek, ular ikki dunyosi uçun ham foydasiz “amal”lar bilan bandday körinadi.
Bu holning ildizlarini qidirsangiz, boşqa joylarga ketib qolasiz. Lekin ahvolni önglaş kerak-ku!
Bular diydirab turgan qişloq qiyofasiga boqib, neça yillar oldin xayoldan ötgan uzuq-yuluq mulohazalar.
Afsuski, ahvol hali ham öşanday. Nazarimda, bugungi qişloq sodda va ğör, ustiga-ustak, ilmsiz, böş-bayovligi tufayli heç işi önglanmayotgan, şu holida özini ham, yon-atrofdagilarni ham qiynab yuborgan noşud bolaga öxşaydi. Oşirib yubormadimmi? Menimça, yöq. Bolalik xotiralarimga muhrlanib qolgan öşa fayzli qişloq va uning husni bölgan kengfeʼl, sodda va muruvvatli odamlarni qömsayman. Bugun qişloqda turib qişloqni soğindim. Ehtimol, siz tomonlarda ahvol boşqaçaroqdir…
Ha, şaharda yaşab, bu ğala-ğovur kent taşvişlaridan bezib, soğinib boradigan samimiy, beğubor, sodda lekin donişmand qişloqqa oşiqib borgan kunlarni doimo qömsaydi kişi…
Behzod FAZLIDDIN.
