Soat
Otamning döstlari köp edi. Döstlar yiğilişib qolişsa bir-birlariga munosabati, hurmat-izzatini kuzatib, gurunglariga çin dildan havasim kelardi. Men ham katta bölsam, albatta, otamga öxşab köp döstlar orttiraman, deb niyat qilardim. Döstlar orasida çinakam döstning örni alohida bölişini keyinroq tuşundim.
Kuzning oxirgi oyi, sönggi kunlari. Kuzgi sabzavotlarni yiğib oliş payti. Oilamizdagi yoşu keksa dalada. Otam bizga tuşlik tayyorlab, xirmon tepasiga olib keldi, u juda pazanda, har qanday taomga usta edi. Tayyorlagan ovqatlari şu qadar mazali va yoqimli bölardiki, yegan saring yeging kelardi. Bir kuni: “Ota nima ovqat pişiryapsiz”, desam, “Gruzinça çixaxbli”, dedi. Şunaqa ham ovqat bölarkanmi, deb ajablandim. Özimizning oddiy karam va ozroq kartoşkani yoğda qizartirib qovurib laganga suzdi va “Mana sizlarga çixaxbli” dedi. Şunaqa mazali çiqqandiki, asti qöyaverasiz.
Xullas, öşa kuni tuşlik dalada böldi. Endi dasturxon atrofiga ötirgan edik, “Oşmisan-oş böldi, olinglar” dedi otam. Bir payt qöşnimiz halloslab kelib qoldi: “Ğafur amaki, döstingiz Obidxon aka olamdan ötibdi, asrga janoza ekan”, dedi. Otam yuziga fotiha tortdi, közlari yoşga töldi. Hammamiz bir muddat qotib qoldik.
— Tur, onasi, bolalar amallab turişar. Bormasak bölmaydi. Otamning yuzidagi ğamginlikni ifodalaş qiyin.
Otam ellik yoşni qarşiladi. Qarindoş, qöşni, qudalar, döstlari qöying-çi hammaga dasturxon yozildi. Elga oş berildi. Keçga tomon döstlariga alohida ziyofat uyuştirildi. Uyimiz sovğalarga tölib ketdi. Kimdir çinni buyum, kimdir gilam, yana birov tön kötarib kelgan, xullas, hammaning kayfiyati bayramona. Obidxon aka doira şaklidagi soat sovğa qildi. Soatning oynasida çiroyli harflarda: “Döstim Ğafurjon! 50 yoşing muborak bölsin! Senga oilaviy tinçlik, soğlik va baxt tilayman. Dösting Obidxondan!” deb bitilgan. Soatning millari yurib turardi. Otam sovğalar orasidan soatni alohida eʼzozlab saqladilar.
Oradan yillar ötdi. Bir kuni onam: “Obidxon aka sizga sovğa qilgan soat bor-ku, öşa töxtab qolibdi”, dedi. Otam “yalt” etib soatga qaradi. Keyin soatni qöllariga oldi. “Salkam ön yil davomida biror marotaba batareyasi almaşmadi-ya, döstimni endi yöqotdim”, dedi va közlaridagi yoşni yaşira olmadi.
* * *
Oilada sakkiz farzandmiz. Beş qiz, uç öğil. Otamning aytişiça yetti yoşlaridan savdoda iş boşlab, rözğorga kömaklaşgan ekan. Şu sabab öqişdan ança yiroqda bölgan. Şuning uçun farzandlari hammasi öqimişli bölişini niyat qilgan. Ziyoli, öqimişli insonlarni körganida farzandlarim ham şularday bölsaydi, deb havas bilan qaragan. Niyatlari röyobga çiqdi. Hammamizni öqitdi. Birimiz hamşira, birimiz hisobçi, birimiz öqituvçi, yana birimiz mirişkor böldik.
Mahallamizda Sobidxon ismli ilmli inson bölardi. Bir kuni otamni yöqlab keldi. Ostonada beş-ön daqiqa suhbat qurişdi. Onam darrov: “Nima gap ekan tinçlikmi”, dedi. “Ertaga doktorlik himoyasi ekan, şunga mahalladagi yaqinlarimni aytib yuribman. Siz ham boring, deb çiqibdi”, dedi otam. Onam: “Siz öqimagan bölsangiz, nima qilasiz ularning orasida”, dedi va öz yumuşi bilan ketdi. Xullas, otam ertasi kuni himoya tadbiriga yöl oldi.
Sobidxon aka bilimli inson edi. “Kompyuter” degan tuşunça endi-endi yurtimizga kirib kelayotgan paytlar. Uning doktorlik işi mavzusi kompyuter asosida özbek tilini öqitiş tizimini yölga qöyiş asoslari haqida ekan.
Otam keçga tomon bir dunyo taassurotlar bilan uyga kirib keldi. Öqimişli insonlarga ixlosi balandligidan himoyadagi voqealarni şunday hayajon bilan taʼriflab berdiki, özimizni göyo oilamiz bilan öşa yerda bölgandek his qildik. Ayniqsa, bir voqeani alohida hayajon bilan sözladi:
— Sobidxon bir özi tik turibdi. Oldida bir uyum qoğoz. Savol ustiga savol. Har biriga bosiqlik bilan javob beryapti. Salkam tört soat davomida uni savollarga kömib taşlaşdi. Peşonasida marjon-marjon ter. Yuraklarim siqilib ketdi. Şartta örnimdan turdim-da: “Bu meni qöşnim, ukam böladi. Savol berib çarçamadinglarmi? Bir öziga şunça savolmi? Böldi-ye. Hamma narsaning çegarasi böladi-da”, deb örnimdan turib ketdim. Birdan ğala-ğovur bölib ketdi. Şunda çiroyli kiyingan, galstuklari öziga yaraşib turgan odam örnidan turib qarsak çalib yubordi. Unga boşqalar ham qöşilib, Sobidxonni birma-bir bağrilariga bosişga oşiqdilar. Söngra mening ham qölimni siqib olqişlaşdi. Xullas, himoya zör ötdi.
Otamning qölida kiçkinagina tört burçak oq rangdagi soat bor edi. Menga yaqinroq keldi-da: “Mana bu senga. Buning qönğiroği ham bor ekan. Sobidxonga öxşagan olim böl”, dedi.
Oradan ança vaqt ötdi. Soat uzoq yillar xizmat qildi. Kişi közini qamaştiradigan soat turlarini juda köp uçratganman. Lekin öşa soatning örni bölak. Bu soat yillar ötgani sayin ilk bor qölimga olgan vaqtimdagi xotiralarimni qayta jonlantirgandek böladi.
* * *
Bir kuni ayolim ota uyiga borişga izn söradi. Qarşilik qilmadim. Keksalarni yöqlaş savob. Ayniqsa, onani. Ayolim farzandlarning kattasi.
Esimda: ertaga töy deb turganimizda qaynotamning yurak xurujidan vafot etgani haqidagi xabar hammamizni esankiratib qöydi. Qaynotam juda olijanob, qöli oçiq, köpçilikka yaxşilik qilgan inson edi. Haydovçilik kasbi yuzasidan köplab şaharlarda bölgan.
Bir safar Moskva şahrida bölganida oy şaklidagi katta osma soat olib kelgan ekan. Soat juda ham antiqa. Öşanda qaynotam ayolimga: “Seni turmuşga bersam şu soatni sening sepingga qöşaman”, deb aytgan ekan.
Keçga tomon ayolim qölida bir tugun bilan uyga keldi.
— Nima kötarib yuribsan, — dedim qölidagiga işora qilib.
— Soat, — dedi közlariga yoş olib.
— Şu kerakmi senga? Hozir bundan zörlari çiqib ketgan. Bu urfdan qolgan bölsa.
— Bu otamdan yodgorlik. Töğri, biroz taʼmirtalab. Ammo işlaydi. Çunki otam menga hadya qilmoqçi bölgan edi. Afsus, armonda ketdi.
Soatni soatsozga körsatdik. Binoyidek işlayapti.
Gohida öylab qolaman, kimlargadir arzimagandek tuyulgan narsalar boşqalar uçun bir umrlik yöldoş eng qadrli buyum bölib qolar ekan. Buni har kim öziça tuşunadi va talqin qiladi.
Asror SULAYMONOV,
Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi aʼzosi
