Şukrona

Neçun közlaringga çuqur ğam çökkan? Özingni xor va taşlandiq hisoblaysan. Holbuki, heç narsa röy bergani yöq. Senga çeksiz iztirob orttirgan öşa işga köplar şunçaki qöl silkib ketadi. Sen esa tuğişganingning tuşunib-tuşunmay aytgan bir oğiz sözidan bir dunyo ğam orttirding. Axir keçagina borliqqa kulib qaragan, yoruğ orzularingni yaqinlaringga izhor qilgan eding-ku. Qalbing munavvar tuyğularga töla edi. Özingda kuç top va baxtiyor kunlarga qayt. Sen dunyoda faqat özing uçun yaşaş uçun yurmayapsan. Bu mahzunliging hatto, olayotgan nafasingga xiyonat. Köhna zamin oldida sening insoniy burçlaring bor. Ularni ado etiş uçun, eng muhimi, dunyo­­da yaxşilik qiliş, yaxşi nom qoldiriş, baʼzi zotlarga tanbeh beriş, ibrat körsatiş uçun yaşaşing kerak.

Agar boğingdagi xuşböy bir gulning boşqa boğda ham bölişini istay olmasang yoki sendagi obrö-eʼtibor boşqalarda sendan-da yuqori ekanligini va öşa insonlarning salo­hiyati senikidan yuksakligini tan ola bilmasang, sen mard emassan. Insoniylik bu ham botiniy, ham zohiriy komillikka intiliş demak. Hayot esa ana şu yöldagi bizning urinişlarimizdir. Yana bir haqiqat borki, özingni qadrlay oliş sanʼatini örgan. Şundagina boşqalarning qalbini tuşunasan. Avval özingni anglay olmasang, azoblar, armonlarning oğriqlari-yu vijdonning qiynoqlarini his etmasang, boşqalarga munosabatda ham har qadamda qoqilasan.

Hamma bir xil yaralmagan. Dunyoda faylasuflik darajasiga yetişgan palagi toza insonlar böladi. Ularni atrofingga yiğa olişing, hayot haqidagi fikrlaridan özingga xulosalar çiqara bilişing şart. Agar senda şunga harakat, iştiyoq yöq ekan, bu sening fojiangdir. Men baʼzan qalbimdagi nozik tuyğularning asl tinglovçisini izlayman. Qimmatli kalomlarning tom maʼnodagi munosiblari böladi. Bu ham yaxşilarni uluğlaşning bir usuli. Xalqimizda: “Gapni gapir uqqanga…” degan maqol bejiz paydo bölmagan.

Sen hozirgaça öz iqtidoring bilan taqdiring­­ni boşqara olişni, hayot çamanzorida gul bilan alafni farqlaşingni, kişiga parvoz beradigan, yuksak maqsadlarga undaydigan oqil sözni tinglay olişingni körsatgan eding. Bugun mudragan şuuringga murojaat etib, köksingdagi ğururni uyğotmoqçi bölayapman. Seni baxtli kunlaringga, hayotsevarlik bilan tölib-toşgan damlaringga qaytarişni xohlayapman. Agar razm solsang, ötgan umringda faxrlanadigan, köz-köz qiladigan va ruhlanadigan onlar köp bölgan. Sen ularni yana bir qur esla, ularga yukin va ezgin holatingni bartaraf etişda nurafşon lahzalardan kuç ol. Bilasan, hayot tökis emas, u kimgadir bol tutadi, kimgadir zahar. Ammo har qanday vaziyatda ham ertaning umidi bilan yaşasang, azoblarni mardona yengasan. Zero, şuk­rona qilmoqqa, nasib etganiga çidamoqqa har qadamda imkon bor. Ğoliblik şukur qilişda va sabrdadir. Negaki, tiriklikning mukofotlari köp bölganidek, azoblari ham bisyor.

Quloq tut. Köhna rivoyatda hikoya qilinadi. Qiş kuni masjidga çiqmoqçi bölgan mardum özining poyabzali yöqligidan ökinardi. U: “Dunyo­­da mendan baxtsiz odam bölmasa kerak, axir kalişga ham yolçimadim, qor keçib, ibodatga boriş imkonim yöq”, deb nola qilardi. Içki bir ovoz uni masjidga çiqişga undadi va u ibodatxonada boşqa bir hayot hikmatiga duç keldi. Odamlar safida… ikki oyoğidan mahrum bölgan zot ham bor edi. Yalangoyoq kişining közlari oçildi. Öz holiga şukrona aytib, “Men neçun poyabzalim yöqligi uçun nadomat çekdim? Umidvor bandalar safida hatto oyoğidan mahrum zot ham turibdi, u ertangi kuni uçun Yaratgandan rahmat söramoqda”, deb öz ahvolidan puşaymon böldi.

Sening esa imkoniyatlaring çöntagingda. Endi hayotning katta yöliga çiqayapsan. Bu safar asnosidagi kiçkina iztirob qalbingni köp ezmasin. Yoruğ niyatlaringdan kuç ol. Sen bunga qodirsan. Seni bulutli kunlardan keyingi nurafşon ayyomlar kutmoqda.

Hakim MUHAMMAD.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan