Samarqandga Nobel mukofoti sohibi keldi

Nobel mukofoti sohibi Aziz Sanjar Şarof Raşidov nomidagi Samarqand davlat universitetining kimyo fakultetidagi zamonaviy ilmiy laboratoriya oçilişida iştirok etdi.

 

Özbek yoşlari juda bilimga çanqoq va intiluvçan. Bu haqida xorijlik professor-öqituvçilar, umuman, çet elliklardan köp marta maqtovlar eşitganmiz. Bu eʼtirof barça ustozlar uçun katta faxr. Ehtimol bugun imkoniyatlar ular orzu qilgançalik bölmasligi mumkin, lekin, Prezidentimiz tomonidan ular uçun eng yaxşi şaroitlar, imkoniyatlar yaratib berişga harakat qilinmoqda.

Yaqinda yoşlarni kuzatib, fikrlarim yana-da qatʼiylaşdi, ulardagi ilm-fan namoyandalariga yuksak hurmat-ehtirom, yurtimizdan yaqin kelajakda katta olimlar, tadqiqotçilar yetişib çiqişidan darak beradi. Ular öz nomi bilan dunyoga maşhur samarqandlik, özbekistonlik olimlar böladilar!

Xalqaro Nobel mukofoti sohiblari yurtimizga, qolaversa, qadim va navqiron Samarqandga har doim ham kelavermaydi. Yaqinda şahrimizda ana şunday ajoyib, tarixiy voqea yuz berdi.

Şarof Raşidov nomidagi Samarqand davlat universiteti kimyo fakultetidagi zamonaviy ilmiy laboratoriyaning oçiliş marosimida professor, Nobel mukofoti sohibi Aziz Sanjar iştirok etdi va bir neça kun davomida samarqandliklarning aziz mehmoni böldi.

Asli turkiyalik bölgan professor Aziz Sanjar AQŞda yaşab, Şimoliy Karolina universitetida ilmiy faoliyat bilan şuğullangan, dunyo tanigan va tan olgan biokimyogardir. Olim sönggi 15-20 yillar oraliğida zamonaviy dunyoning eng oğir xastaliklaridan biri bölgan saraton bilan zararlangan hujayraning DNK tizimini tuzatişning biokimyoviy mexanizmlarini işlab çiqqan va uşbu muhim tadqiqoti uçun 2015 yilda kimyo fani böyiça xalqaro Nobel mukofotiga loyiq körilgan.

Tadbirda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov, önlab oliy taʼlim muassasalari rektorlari va professor-öqituvçilar iştirok etdi.   Samarqand davlat universitetida Nobel mukofoti sohibi “Miya saratonini davolaşning innovatsion usullari” mavzuida   maʼruza qildi.

Biokimyo laboratoriyasi Rossiya,   Yaponiya, AQŞ kabi davlatlarda işlab çiqarilgan 10 ga yaqin zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlangan. Bu uskunalarda organik va noorganik materiallar, kimyo sohasida moddalar tadqiqi va kompleks birikmalar sintezini amalga oşiriş, nanomateriallar xossalarini örganiş, moddalar tarkibini miqdor va sifat jihatidan tahlil qiliş, biofaol birikmalarni aniqlaş kabi bir qator muhim yönalişlarda ilmiy tahlil va tajribalarni amalga oşiriş mumkin böladi.

Zamonaviy analiz usullari laboratoriyasi köp tarmoqli bölib, bir vaqtning özida kimyo, biologiya, farmatsevtika, tibbiyot, oziq-ovqat sanoati, parfyumeriya, materialşunoslik, biologik tadqiqotlar, atrof-muhit muhofazasi, konçilik, neft va gaz kimyosi, qişloq xöjaligi sohalarida yuqori aniqlikdagi ilmiy tadqiqotlar ötkaziş imkonini beradi.

Hozirgi kunda kimyo xalq xöjaligida katta ahamiyatga ega. Uşbu fan işlab çiqariş, sanoat, çorvaçilik kabi sohalarning kimyo qöllanilmaydigan birorta ham tarmoği yöq, desak mubolağa bölmaydi.

Çunki, qişloq xöjaligida   mineral öğitlardan zararkunandalar va kasalliklarga, begona ötlarga qarşi kuraş uçun işlatiladigan kimyoviy vositalardan keng foydalaniladi va hokazo.

Kimyo texnologiyasi böyiça rivojlangan davlatlar bilan hozirça raqobatlaşa olmaymiz. Ammo bugungi kunda mamlakatimizda aynan kimyo texnologiyalariga, qolaversa, ilm-fanga katta eʼtibor berilmoqda, yaqin kelajakda bu böyiça yetakçi davlatlar qatoriga kira olamiz, deb umid qilamiz.

Ilm-fanning yuqori çöqqilariga erişiş borasida laboratoriyalarni aniqligi yuqori bölgan zamonaviy jihozlar bilan taʼminlaş juda muhim hisoblanadi. Mazkur laboratoriya jihozlarining bir qismi Islom taraqqiyot banki iştirokidagi oliy taʼlim muassasalariga beriladigan moddiy yordam sifatida keltirilgan. Ayni paytda mamlakatimizdagi 25 ta OTMning moddiy-texnik bazasini boyitişda ana şu bank kömagidan foydalanildi.

Aytiş joizki, bu faqat universitet miq­yosida emas, hatto Samarqand miqyosidagi ham emas, butun mamlakatimiz ilm – faniga taalluqli katta va muhim voqea böldi. Bunday zamonaviy laboratoriyalar yordamida muhim ilmiy işlarni amalga oşiriş mumkin böladi. Qolaversa, talaba-yoşlar uçun, ilmga çanqoq öğil-qizlarimizga yaxşi imkoniyat. Sakkiz turdagi zamonaviy qurilmalar bilan jihozlangan ilmiy laboratoriya xalq xöjaligining kimyo, farmatsevtika, tibbiyot, oziq-ovqat sanoati, biologik tadqiqotlar, konçilik kabi sohalarida tadqiqotlar olib boriş salohiyatiga ega.   Şuningdek, molekulyar biotexnologiyalar va zamonaviy botanika asos­lari hamda vivariy, biofiziologik, bio­kimyoviy tadqiqotlar ilmiy laboratoriyalari ham sohaga qiziquvçan yoşlar uçun maktab.

Xalqaro Nobel mukofoti sohibi bilan muloqot talabalar, magistrlar va doktorantlarga ham katta rağbat berdi, deyiş mumkin. Buni ularning yuz – közidan, bölib ötayotgan savol – javoblardan seziş mumkin böldi.

Birinçi kun rasmiy tadbirlar, ikkinçi kun samimiy muloqot böldi. Taniqli olim tomonidan saraton kasalligini oldini oliş, erta aniqlaş va davolaş böyiça yaxşi tavsiyalar berildi.

Talabalar uşbu kasallik böyiça xorijiy davlatlar, xususan, Amerika Qöşma Ştatlarida qanday muvaffaqiyatli tajribalar va ilmiy yutuqlar borligi bilan tanişdi. Zamonaviy analiz usullari laboratoriyasining oçiliş marosimida Aziz Sanjarning özi iştirok etgani kelgusida ham olim bilan mustahkam ilmiy hamkorlik davom ettirilişini anglatadi.

Ilm-fan rivojlanmagan davlatda taraqqiyot ham bölmasligi isbotlangan haqiqat.

Ilmiy laboratoriyada bugungi kunda nafaqat sohaga oid ilmiy tadqiqotlar, balki tibbiyot, atrof-muhit muhofazasi, oziq-ovqat mahsulotlari tarkibidagi zararli moddalarni aniqlaş, sanoat va boşqa işlab çiqariş tarmoqlari uçun tadqiqot obʼyektlari tahlillari ötkazilayotgani barçani quvontiradi.

Darhaqiqat, Yangi Özbekistonda ilm-fan sohasi yuksak taraqqiy topgan bölişi va yangi kaşfiyotlar markazi sifatida ham yaqin yillarda mamlakatimiz ham eʼtirof etilişiga şubha yöq. Negaki, amalga oşirilayotgan islohotlar bunga albatta imkon beradi.

Xudaynazar YUNUSOV,

Samaraqand davlat veterinariya meditsinasi,

çorvaçiliik va biotexnologiyalar

universiteti rektori,

biologiya fanlari doktori,

professor,

Özbekiston Respublikasida

xizmat körsatgan çorvador

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan