Yaratuvçanlik zavqi va masʼuliyati
Jahon adabiyotida ilmiy-fantastika janri asosçilaridan biri bölgan amerikalik bioximik olim va yozuvçi Ayzek Azimov “Taraqqiyot faqat ixtirolar bilangina amalga oşadi”, deya qayd etgan edi. Ötgan asrda aytilgan bu haqiqatni bugungi davr şiddati bilan yonma-yon qöysak, har bir jamiyat taraqqiyoti uçun masʼul bölgan ilm ahli zimmasida ikki karra vazifa borligini anglaş mumkin.
Şu bois, Yangi Özbekistonda taʼlim sohasida, xususan, oliy taʼlim muassasalari ilmiy salohiyatini tobora oşiriş, olimlarimiz faoliyatini har tomonlama qöllab-quvvatlaşga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Nafaqat Özbekiston, balki Markaziy Osiyo miqyosida muhandis kadrlar va olimlar yetiştirib berayotgan Navoiy davlat konçilik va texnologiyalar universiteti misolida ham buni bemalol aytişimiz mumkin.
Universitet tarixi va buguni haqida ikki oğiz söz

Ötgan asrning 50-yillaridan söng Qizilqum vohasida zavodlar paydo böla boşlagaç, ularga zarur mutaxassislar tayyorlaş ehtiyoji ham tuğildi. Şu tariqa 1963 yilda Navoiy şahrida Toşkent politexnika institutining keçki öquv maslahat punkti oçildi va bu yerda beş nafar kişi faoliyat boşladi. 1966 yilda esa keçki öquv maslahat punkti Toşkent politexnika institutining umumtexnika fakultetiga aylantirilgan.
Özbekiston mustaqilligidan söng, yaʼni 1995 yilga kelib, uşbu filial Navoiy davlat konçilik instituti maqomiga erişdi. Albatta, bu özgarişlar öz-özidan bölgan emas. Buning har birida öşa davrda iş olib borgan pedagoglarning saʼy-harakati, mehnati mujassam. Oliy taʼlim dargohining mana şu ötgan davrdagi faoliyatiga eʼtibor qaratadigan bölsak, Navoiy viloyati hududida yirik sanoat klasterlarining taşkil etilişi va rivojlanişi ularga mutaxassislar yetiştirib berayotgan institut faoliyati bilan ham çambarças boğliq ekanini köriş mumkin.
Şu örinda taʼkidlaş kerak, Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 31 martda eʼlon qilingan “Navoiy davlat konçilik va texnologiyalar universitetini taşkil etiş töğrisida”gi qarori asosida ötgan yildan eʼtiboran Navoiy davlat konçilik instituti universitet maqomida faoliyat yuritib kelmoqda. Darhaqiqat, 5 nafar kişi bilan tamal toşi qöyilgan oliy taʼlim öçoğida bugungi kunga kelib 500 nafardan ortiq işçi-xodimlar, xususan, 300 nafarga yaqin pedagoglar faoliyat olib bormoqda hamda ilmiy salohiyat 51,5 foizni taşkil etadi.
Oliy taʼlim maskanining yangi binosida öquv jarayonlari 2017 yil boşlangan bölib, aytiş mumkinki, bu obʼyekt bugungi kunda sanoatlaşgan Navoiy şahrining ramzlaridan biriga aylangan. Zamonaviy va şinam auditoriyalar, leksiya zallari, laboratoriya xonalari, kutubxonalar talabalar ixtiyorida. Universitet binosining 40 foizi ayni vaqtda laboratoriyalardan iborat. 2018 yilda oliygohda 24 ta öquv hamda 3 ta ilmiy laboratoriya mavjud bölgan bölsa, bugunga kelib ular soni 40 tadan oşdi va 2024 yilga borib bu körsatkiçni 63 taga yetkaziş ustida iş olib borilyapti. Universitet olimlari tomonidan intellektual mulkka egalik masalasida esa 2018 yilda 3 ta patent olingan bölsa, ötgan yilning özida mazkur raqam 12 tani taşkil etdi. Bu borada ösiş dinamikasi kutilganidek jadal rivojlanib bormoqda.
Yangi Özbekistonda amalga oşirilgan eng katta islohotlardan biri bu, şubhasiz, oliy taʼlimga qamrov darajasining sezilarli darajada oşirilişi sanaladi. Misol uçun, universitetimizda yaqin yillarga qadar örtaça 3 ming nafar talaba öqigan bölsa, bugungi kunda ular soni 8 mingdan oşdi va 2026 yilga borib 15 ming talaba öqişi uçun zarur şart-şaroitlar bugundan hozirlanmoqda.
Ayni şiddatli özgarişlardan qilingan ilk xulosa: har bir oliy taʼlim muassasasi joylarda yoş avlod bilan faol uçraşib, ularga mavjud mutaxassisliklar, qulayliklar va imkoniyatlarni keng tarğib qiliş, örta maktablar bilan yaqin hamkorlik olib boriş, natijada esa har bir mutaxassislikka qiziquvçi yoşlarning taʼlim olişini taʼminlaş zarur vazifa sanaladi. Şu bois, tumanlardagi maktablarga taşrif buyurib, yoşlarda universitet haqida töliq tasavvurlar paydo bölişi uçun yuzma-yuz muloqotlar olib borilmoqda.
Olimlarimiz muqobil energiya sohasi böyiça ixtirolar ustida işlamoqda
Yangi Özbekiston Taraqqiyot Strategiyasida belgilab olingan muhim vazifalardan biri bu har bir sohada “yaşil energiya” — quyoş paneli, şamol generatori kabilardan foydalanişni keng joriy etiş sanaladi. Bugungi kunda ayni şu maqsadda yurtimiz böylab, jumladan, Navoiy viloyatida ham amalga oşirilayotgan jadal saʼy-harakatlar közga taşlanmoqda. Navoiy davlat konçilik va texnologiyalar universiteti olimlari ham işlab çiqariş korxonalari mutaxassislari, xususan, “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ bilan birgalikda muqobil energetika böyiça qator loyihalarni amalga oşirib kelmoqda.
Taʼkidlab ötiş kerak, muqobil energetika biz uçun yangi soha va mazkur yönalişda mutaxassislar yetiştiriş dastlabki körilişi lozim bölgan çoralardan sanaladi. Şu bois, universitet “Elektr-energetika” kafedrasi negizida yoş mutaxassiclarga quyoş panellari sohasini örgatişga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Xususan, mazkur kafedra hamda kombinat örtasida imzolangan xöjalik şartnomasiga köra, 2021-2022 yillarda şamol elektr stansiyasi va quyoş panellarining gibrid varianti, yaʼni quyoş-şamol mini stansiyalarini yiğiş va örnatiş işlari amalga oşirildi. Mazkur jarayonda talabalar ham jalb etilib, universitet qoşidagi “Texnopark” hududida quyoş panellarini yiğiş işlari olib borildi. Biz mazkur loyiha doirasida ikkita manfaatga ega böldik: birinçi navbatda, yoş mutaxassislarimiz öz qöli bilan quyoş panellarini örnatiş, panellarni bir-biriga töğri ulaş, sozlaş va işga tuşiriş könikmasiga ega böldi, ikkinçidan, xöjalik şartnomasi evaziga universitet hududiga ham bir komplekt quyoş paneli va şamol generatori olib kelinib, bugungi kunda laboratoriya jihozi sifatida işlatilmoqda. Hozirda muqobil energetika, uning istiqbollari va bugungi kundagi muammolari borasida yoşlarga çuqur bilimlar berilmoqda hamda mazkur yönalişda işlab çiqariş korxonalari bilan birgalikda olib borilayotgan loyihalarga bevosita talabalar ham jalb etilmoqda.
Darhaqiqat, quyoş panellari yuzasidan ayni vaqtdagi mavjud muammolardan biri bu uşbu panellar orqali işlab çiqarilayotgan elektr energiyasi sifatini aniqlaş masalasi sanaladi. Maʼlumki, quyoş energiyasi asosida işlab çiqarilayotgan tokni asosiy tarmoqqa ulaş jarayonida invertorlardan foydalaniladi. Hozirgaça biror-bir obʼyektda örnatilgan quyoş panellari yetkazib berayotgan tokning invertordan keyingi sifatini töğridan-töğri aniqlovçi moslama mavjud emas. Umuman olganda, muqobil energetikada bu oxirigaça örganilmagan yoki tatbiq etilmagan soha sanaladi. Ayni vaqtda bu masala bir neçta moslamalar yordamida amalga oşirib kelinadi. NDKTU “Elektr-energetika” kafedrasi olimlari tomonidan faqat bir qurilmaning özi bilan tok sifatini tekşiriş uçun maxsus datçik yaratiş ustida iş olib borilyapti.
Yana bir jihat, quyoş stansiyalarini töğridan-töğri tarmoqqa ulaş vaqtida tarmoqning kuçlanişi bilan quyoş elektr stansiyasi parametrlari mos kelişi lozim. Bu yerda ikkala manbadagi tok sinxronlaşgaça bölgan jarayonda quyoş energiyasi qayerga ketyapti? Karmana tumani hududida örnatilgan quyoş stansiyasi mutaxassislari va olimlarimiz bu borada iş olib bormoqda va sinxronlaşgaça — ikkala manbadagi kuçlaniş muvofiq kelguniga qadar bölgan davrdagi yöqotilayotgan quyoş energiyasidan ham foydalaniş ustida tadqiqot amalga oşirilmoqda.
Quyoş panellari işlab çiqarayotgan elektr energiyadan asosan kunduz kuni foydalanilmoqda. Bizda esa asosiy isteʼmol keçqurungi vaqtlarga töğri keladi. Elektr energiyani zaxiralaşda akkumulyatorlardan foydalanilib, mazkur zaxiralovçi qurilma töliq zaryadlanişi yoki razryadlanişidan söng yana elektr yuklama olsa, uning işdan çiqiş xavfi ortadi yoki yaroqlilik muddati kamayadi. Olimlarimiz tomonidan bu borada yana bir moslama — akkumulyator batareyalarining işlaş muddatini uzaytiriş uçun datçik işlab çiqildi. Tabiiy savol tuğiladi: bu avval bor edimi? Ha, mazkur qurilma mavjud edi, ammo u sakkizta element asosida işlardi. Yaratilgan yangi namunadagi qurilma elementlar soni, işlaş sifati özgartirilmagan holda 6 taga tuşirildi. Bu nima beradi? Birinçi örinda elementar işonçlilik ortadi, yaʼni nisbatan köp elementdan iborat jihozning kuyiş ehtimoli ham şunga yaraşa böladi. Aksinça holatda esa kuyiş ehtimoli tabiiy ravişda pasayadi. Şu bilan birga, yaratilgan qurilma xorijiy analogdan arzon hamda uşbu qurilma mahalliylaştirilgan.
Quyoş panellaridan foydalanişda yana bir masala elektr energiyasini zaxiralaş muammosidir. Bugungi kunda yurtimizga olib kelinayotgan quyoş panellarining narx-navosiga eʼtibor qaratadigan bölsak, akkumulyatorning narxi panelning qiymati bilan deyarli barobar. Yaʼni quyoş energetikasidan foydalanişda akkumulyatsiyalaş biz uçun qimmatga tuşmoqda. Şu bois, yana bir ilmiy loyiha — litiy-ionli akkumulyator batareyalarini takomillaştiriş hamda mahalliylaştiriş ustida ham işlar olib borilmoqda.
Yanada aniqroq töxtaladigan bölsak, dotsent N.Ataullayev “Avtonom energiya manbalari (quyoş panellari)ni magnitomodulyatsion özgarmas tok özgartirgiçlari yordamida nazorat qiliş va boşqariş”, doktorant H.Ibragimova “Qayta tiklanadigan energiyaga asoslangan elektr stansiyalarida elektr energiyasi sifatini oşiriş tizimlarini takomillaştiriş”, magistr M.Töyqulov “Quyoş panellarini turar-joy binolari va davlat muassasalariga maxsus konstruksiyalar yordamida örnatiş orqali elektr energiya samaradorligini oşiriş” kabi mavzularda ilmiy iş olib bormoqda.
Universitetning özida quyoş energiyasidan foydalaniş borasida ham qator işlar bajarilyapti. Yaqinda universitetimizning 700 örinli talabalar turarjoyida 30 kVt soat quvvatga ega 56 ta panel örnatildi. Kunduzgi vaqtlarda mazkur obʼyekt elektr taʼminoti töliq “yaşil energiya” yordamida qoplanmoqda. Bundan taşqari, Navoiy kon-metallurgiya kombinati mutaxassislari hamda universitet olimlari tomonidan quyoş energiyasidan foydalanib, yer osti sizot suvlarini toza içimlik suviga aylantiriş innovatsion qurilmasi ham yaratilgan. Ayni vaqtda yangi namunadagi texnologiya universitet hududida örnatilgan bölib, qurilma 60 metrlik yer osti quduğidan sizot suvlarini çiqarib, bir soatda 70 dm. kub hajmdagi toza suv yetkazib beryapti. Universitetning isteʼmol hajmi 5,4 ming kVt.ni taşkil etadi. Şuni inobatga olgan holda, joriy yil yakunigaça 273,4 kVt. soat quvvatga ega panellar örnatiş işlari amalga oşirilmoqda. Buning uçun 1823 metr kvadrat maydon ajratilgan. Kelgusida mazkur jarayonlar yanada kengaytirib boriladi.
Umuman olganda, yurtimizdagi jadal xalqçil islohotlar fuqarolarimiz qalbidagi orzu-umidlarni uyğotib, xususan, olimlarimizga ham yaratuvçanlik zavqini bağişlamoqda. Mana şu xalqçillikning ilmga köçişi esa yaqin kelajakda butun jamiyat hayotiga katta naf keltiradi. Demak, olimlarimiz iqtisodiy-ijtimoiy hayotimizdagi mavjud muammolar yuzasidan faol işlab, yeçimlar tatbiqi ustida ilğor bölayotgan ekan, közlangan natijalarga ham barvaqt erişilaveradi.
Baxtiyor MARDONOV,
Navoiy davlat konçilik va texnologiyalar
universiteti rektori,
texnika fanlari doktori, professor
