Najot taʼlimda…

Özbekiston Respublikasi Prezidenti Ş.M.Mirziyoyevning Oliy Majlisga va Özbekiston xalqiga yöllagan navbatdagi Murojaatnomasi xalqimiz qalbidan çuqur joy egalladi. Şaxsan men özim mana bir neça kundirki, ana şu Murojaatnomaning taʼsiri va taassuroti, unda ilgari surilgan ğoyalar, mamlakatimiz hayotining barça jabhalarini qamragan fikr-mulohazalar, taklif va taşabbuslar taʼsirida yaşayapman, desam xato bölmaydi. Çunki Murojaatda davlatimiz rahbari tomonidan zikr etilgan har bir ğoya va mulohazada mamlakatimizning iqtisodiy qudratini mustahkamlaş, xalqimizning turmuş farovonligini oşiriş, boşlangan islohotlar kölamini kengaytirişdek ezgu maqsad singdirilganligi yaqqol namoyon bölib turibdi.

Men uzoq yillardan beri taʼlim sohasida faoliyat körsatib kel­yapman. Sohaning qiyinçiliklarini ham, mavjud muammolarni ham çuqur his qilaman. Şuning uçun Prezidentimizning har bir anjumanda taʼlim-tarbiya sohasiga alohida töxtalib, uni yana rivojlantiriş böyiça bildirgan qimmatli mulohazalarini quvonç bilan qarşi olaman, butun vujudim bilan tinglayman.

Prezidentimiz bu yil ham har galgidek Murojaatnomada ham taʼlim-tarbiya işiga töxtalib, sohadagi mavjud muammolarning yeçimiga qaratilgan istiqbolli loyihalar xususida ham söz yuritdilar:

“Najot — taʼlimda, najot — tarbiyada, najot — bilimda, çunki barça ezgu maqsadlarga bilim va tarbiya tufayli erişiladi”, dedi Yurtboşimiz. Haq gap! Zero, qay bir rivoj­langan mamlakat tajribasiga nazar taşlamaylik, taʼlim-tarbiya işiga jiddiy eʼtibor qaratilganligi tufayli muvaffaqiyatlarga erişilganiga guvoh bölamiz. Ota-bobolarimiz ögitlari orqali el-ulusni ilm olişga çorlanganidan ham yutuqlar kaliti taʼlim va tarbiya ekanligini anglaş mumkin.

Mamlakatimizda taʼlim-tarbiya sohasini jahon standartlari darajasiga yetkaziş borasida keng kölamli işlar olib borilyapti. Davlatimiz rahbari öz Murojaatnomasida taʼkidlaganidek: “Sönggi yillarda oliygohlarimiz 2,5 barobar köpayib, 198 taga yetdi, qamrov darajasi 9 foizdan 38 foizga oşdi.

41 ta oliygohga akademik va moliyaviy mustaqillik berildi, ularda transformatsiya ofislari oçildi”.

Şu örinda bugungi kunda Qoraqalpoğiston Respublikasida 10 ta oliy taʼlim muassasasi faoliyat olib borayotganligini alohida taʼkidlab ötiş lozim.

2022-2023 öquv yilida Qoraqalpoğiston Respublikasida umumiy örta, örta maxsus va professional taʼlim muassasalarini tamomlagan 500 nafar, keyingi öquv yillari uçun esa har yili birinçi sentyabrga qadar 6500 nafar yoşning viloyatlardagi davlat oliy taʼlim muassasalariga qöşimça qabul parametrlari asosida qabul qilinişi belgilangan. Şuning­dek, Qoraqalpoğiston Respublikasidagi oliy taʼlim muassasalarini malakali kadrlar, professor-öqituvçilar bilan taʼminlaş maqsadida 2023 yildan boşlab mamlakatimizning yetakçi oliy taʼlim muassasalaridagi tayanç doktoranturalarda maqsadli tayyorlaşni izçil yölga qöyiş közda tutilmoqda.

Mamlakatimiz miqyosida gapiradigan bölsak, Murojaatnomada taʼkidlanganidek, kelgusi yilda oliygoh talabalari uçun imtiyozli taʼlim kreditlariga resurslar 2 barobar köpaytirilib, 1,7 trillion söm ajratiladi, innovatsiyalar uçun esa 1,5 trillion yönaltiriladi. Bu 2017 yilga nisbatan 6 barobar köp degani. Olimlarning iş haqi ham 4,5 barobar oşiriladi. Bularning barçasi hisobidan nano va biotexnologiyalar, raqamli geologiya kabi 18 ta yangi ilmiy yönaliş taşkil etiladi.

Şuningdek, Murojaatnomada kelgusi yili ilm-fan va innovatsiyalarga 1,8 trillion ajratilişi, oliy taʼlim bilan bir qatorda har bir viloyatda bittadan texnikumda yevropa kasbiy taʼlim sifatlari joriy etilişi, şuningdek, beş yilda barça kollej va texnikumlar uşbu tizim bilan qamrab olinişi Prezidentimiz tomonidan alohida taʼkidlandi. Bu islohotlar, albatta, yurtimiz taraqqiyotiga munosib hissa qöşa oladigan yetuk kadrlar tayyorlaş uçun zamin yaratadi.

Muxtasar qilib aytganda, taʼlimga berilgan eʼtibor — mamlakatning ertangi kuniga, porloq kelajagiga bölgan eʼtibordir. Ana şunday xayrli işda davlatimiz rahbarining Murojaatnomasi, unda bildirilgan taklif va taşabbuslar dasturil­amal bölib xizmat qiladi.

Bayram MAMBETOV,

Özbekiston davlat jismoniy tarbiya va

sport universiteti Nukus filiali direktori,

tarix fanlari nomzodi, dotsent

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan