Kelajak bugundan boşlanadi
yoki oliy taʼlimda malakali mutaxassislar tayyorlaş: tajriba, tahlil va talqin
Yaqindagina jonajon Vatanimiz — Özbekiston Respublikasi özining davlat mustaqilligini qölga kiritgani va mustaqil taraqqiyot yölini boşlaganining 31 yilligini nişonladi. “Yangi Özbekistonda el aziz, inson aziz” şiori ostida ötgan Eng uluğ, eng aziz bayram kunlarida yurtdoşlarimizning yuzlarida tabassum, tilida şukronalik, ertangi kun bundan-da yorqin va farovon bölişiga işonç aks etib turdi. Çunki mustaqillik xalqimiz uçun qadr-qimmatini anglab, munosib hayot keçiriş, yurtimizda huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyatini barpo etiş imkoniyatini yaratdi.
Zamon bilan hamnafas qadam taşlayotgan Andijon qişloq xöjaligi va agrotexnologiyalar instituti jamoasi ham qutluğ bayramimizni öquv, ilmiy-tadqiqot, maʼnaviy-maʼrifiy jabhalarda muayyan yutuqlar bilan qarşi oldi. Institutimiz mamlakatimizda qişloq xöjaligi sohasiga yuqori malakali yetuk mutaxassislar tayyorlaşga ixtisoslaşgan yetakçi oliy taʼlim muassasalaridan biridir. Mazkur dargohni bitirgan minglab mutaxassislar mamlakatimiz qişloq xöjaligini yuksaltiriş, iqtisodiyotini rivojlantiriş, xalq farovonligini oşiriş yölida samarali faoliyat olib bormoqdalar.
Mamlakatimizda sönggi yillarda muhtaram Yurtboşimiz rahnamoligida yoşlarga ilm-fan çöqqilarini egallaşlari, özlarining aql zakovatlari, ijodiy imkoniyatlari va kuç-quvvatlarini namoyon etişlari va rivojlantirişlari uçun şaroitlarning yangi ufqlari oçildi. Ana şu imkoniyatlardan unumli foydalanayotgan yoşlarga bugun köpçilikning havasi keladi. Taʼlim sohasida amalga oşirilayotgan islohotlar, bitiruvçilarni oliy taʼlimga qamrovining oşgani, yangi oliy taʼlim muassasalarining oçilgani natijasida yoşlarga yanada keng imkoniyatlar yaratildi. Institutimizda 2016-2017 öquv yilida 15 ta taʼlim yönalişiga 450 ta kvota böyiça qabul amalga oşirilgan bölsa, joriy yilda 39 ta taʼlim yönalişlari (kunduzgi va sirtqi)ga 2150 nafar yigit-qizlar talabalarimiz safiga qöşildilar. Şuningdek, bundan beş yil muqaddam magistratura mutaxassisliklarining 5 ta mutaxassisliklar böyiça 12 nafar magistrantlar qabuli rejalaştirilgan bölsa, joriy öquv yilida esa 32 ta mutaxassislik böyiça 132 ta qabul belgilanganligi yoşlarga yaratilgan imkoniyatlarning yanada kengayganligidan dalolat beradi.
Sönggi ikki yilda institutimizda bakalavriatda jami yangi 10 tadan ortiq jumladan, yurisprudensiya (qişloq xöjaligi huquqi), tuproq bonitirovkasi va yer resurslaridan foydalaniş, organik qişloq xöjaligi mahsulotlarini yetiştiriş, saqlaş va qayta işlaş, professional taʼlim (yönalişlar böyiça), raqamli iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar böyiça), suğurta işi, logistika (agrologistika), biotexnologiya (tarmoqlar böyiça), ekologiya va atrof-muhit muhofazasi (tarmoqlar va sohalar böyiça), manzarali boğdorçilik va kökalamzorlaştiriş kabi yangi taʼlim yönalişlari böyiça kadrlar tayyorlaş, şuningdek, bakalavriat taʼlim yönalişlari negizida yangi 13 ta magistratura mutaxassisliklar böyiça kadrlar tayyorlaş amalga oşirilmoqda.
Institutda Belarus Respublikasining Grodno davlat agrar universiteti bilan 2 ta, Rossiya Federatsiyasining Boşqirdiston davlat agrar universiteti bilan 1 ta taʼlim yönalişlari böyiça 2+2 qöşma dastur asosida kadrlar tayyorlaş yölga qöyilgan.
Institutda mavjud 5 ta fakultet tarkibida 3 ta fakultetlararo, 17 ta mutaxassislik kafedralarda jami 289 nafar professor-öqituvçilar faoliyat olib bormoqda. Şundan 15 nafari fan doktori, professorlar va 114 nafari fan nomzodi, dotsentlar, 160 nafar katta öqituvçi va assistentlardir. Ilmiy salohiyat 44,6 foizni taşkil etadi.
Institutda taʼlim sifati va samaradorligini taʼminlaş maqsadida Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 31 dekabrdagi “Oliy taʼlim muassasalarida taʼlim jarayonini taşkil etiş bilan boğliq tizimni takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi 824-son qarori asosida 2021-2022 öquv yilidan boşlab öquv jarayonlari kredit-modul tizimida taşkil etildi. Joriy öquv yilida 1-2 bosqiç talabalari kredit-modul tizimida tahsil olişmoqda. Bundan taşqari, mavjud 17 ta mutaxassislik kafedralari fan, taʼlim va işlab çiqariş integratsiyasi mexanizmini takomillaştiriş, talabalarning malakaviy işlab çiqariş amaliyotlarini sifatli taşkil etiş, professor-öqituvçilarning stajirovkalarini işlab çiqariş bilan hamohang amalga oşiriş maqsadida Farğona vodiysi hududida joylaşgan 5 ta paxtaçilikka, 8 ta ğallaçilikka, 5 ta paxta-töqimaçilikka, 3 ta sabzavot va polizçilikka, 5 ta qişloq xöjaligi mahsulotlarini qayta işlaşga, 4 ta çorvaçilikka ixtisoslaşgan klasterlar bilan mutaxassislik kafedralarining 23 ta filiallarida 3+3 loyihasi asosida 3-4 bosqiç talabalari uçun mutaxassislik fanlaridan laboratoriya, amaliy maşğulotlari hamda malakaviy öquv va işlab çiqariş amaliyotlarini ötkazilişi yölga qöyilgan. Şuningdek, 17 ta mutaxassislik kafedralar qoşida viloyatdagi yirik işlab çiqariş korxona va taşkilotlar hamda klasterlar uçun qişloq xöjaligi sohasi böyiça xizmat körsatadigan öquv-ilmiy markazlar taşkil etilib, 150 nafardan ortiq talabalarning iş bilan bandligi taʼminlandi.
Sönggi yilda institutimizda viloyatdagi yirik qişloq xöjaligi işlab çiqariş korxona va taşkilotlarning tajribali mutaxassislari iştirokida muammoli maʼruza, binar darslari taşkil etib kelinmoqda. Birgina ötgan öquv yili mobaynida 25 ta muammoli binar darslari taşkil etilgan bölsa, korxona va taşkilotlarda 100 dan ortiq sayyor darslar ötkazildi.
2021-2022 öquv yilida institutning 22 nafar professor-öqituvçilari özlarining dissertatsiya işlarini ixtisoslaşgan kengaşlarda muvaffaqiyatli himoya qildilar. Professor-öqituvçilar tomonidan 21 ta darslik, 37 ta öquv qöllanmalar, 42 ta monografiya hamda 27 ta tavsiyanomalar çop ettirildi.
2020-2022 yillarda dunyoning nufuzli 1000 taligiga kiruvçi xorijiy oliy taʼlim muassasalarida institutimizning 13 nafar professor-öqituvçilari qisqa muddatli malaka oşiriş va stajirovkalar ötaşlari bilan birga maşğulotlar olib borgan bölsa, ulardan 18 nafar professorlar taʼlim yönalişlari va magistratura mutaxassislarining öquv jarayonlariga jalb qilindi.
Professor-öqituvçilar va talabalarning akademik almaşinuvini hamda özaro hamkorlikni kengaytiriş maqsadida Turkiya, AQŞ, Italiya, Portugaliya, Rossiya Federatsiyasi, Germaniya, Ruminiya, Bolgariya, Belarussiya, Latviya, Slovakiya, Polşa kabi davlatlarining nufuzli oliy taʼlim muassasalari bilan jami 40 dan ortiq özaro hamkorlik şartnomalari va memorandumlar imzolandi.
2021-2022 yillarda “Ösimliklar va qişloq xöjalik mahsulotlari karantini”, “Ösimliklarni himoya qiliş”, Dehqonçilik va melioratsiya”, “Qişloq xöjaligi ekinlari genetikasi, seleksiyasi va uruğçiligi” hamda “Fizika va kimyo” kafedralariga Osiyo taraqqiyot bankining mablağlari hisobidan jami 9,3 mlrd. sömlik 27 ta fanlardan sönggi rusumdagi zamonaviy laboratoriya jihozlari keltirilgan. Bundan taşqari, institut UzCaseMash kompaniyasidan qiymati 2,3 mlrd. sömni taşkil etadigan “TT5-110” rusumli, 250 million söm qiymatga ega bölgan “MTZ-82.1” rusumli, 160 million sömlik “T-40” rusumli New Holland zamonaviy qişloq xöjalik traktorlari keltirildi. BMT Taraqkiyot dasturi doirasida qiymati 24 692 AQŞ dollari bölgan SA 14600 rusumdagi zamonaviy seyalka olinib, öquv jarayonlarida foydalaniş yölga qöyildi.
Şuningdek, institutda Koreyaning KOPIA markazi bilan hamkorlikda Axborot maslahat markazi (extension center) taşkil qilindi. Germaniyaning Xalqaro hamkorlik jamiyatining GIZ xalqaro loyihalari doirasida 2 gektar yer maydonda Italiya texnologiyasi böyiça 60 boş qoramollarga möljallangan zamonaviy çorva kompleksi barpo etildi va Avstriya davlatidan 70 boş qoramollar olib kelindi. Ayni paytda qora mollar soni 60 boşdan oşdi. Çorva kompleksida işlab çiqarilgan sutni qayta işlaşga möljallangan qiymati 127 ming AQŞ dollariga teng sut mahsulotlarini qayta işlaş sexi qurilib, foydalanişga topşirildi. Şuningdek, viloyatning “EKOFIŞ” MÇJ bilan hamkorlikda 4,5 gektar maydonda Xitoy texnologiyasi asosida “Intensiv usulda baliq yetiştiriş” yölga qöyildi. Amerika Qöşma Ştatining USAID xalqaro taşkiloti bilan 6,5 ga maydondagi intensiv boğda, şuningdek, 1,1 ga maydonda tokzorlar taşkil qilindi.
Bugungi innovatsion rivojlaniş davri, iqtisodiyotni raqamlaştiriş şaroitida fan, taʼlim va işlab çiqariş integratsiyasini yanada rivojlantiriş, innovatsiyalarni jadallaştiriş, iqtisodiyotning barça tarmoqlarida innovatsion işlanmalar va texnologiyalarni keng tatbiq qiliş, inson kapitalini, ilm-fanni rivojlantirişga alohida eʼtibor qaratişni taqozo qilmoqda.
Institutda ilmiy salohiyatni oşiriş maqsadida 5 ta ixtisoslaşgan Kengaş, jumladan, 06.01.01 — Umumiy dehqonçilik. Paxtaçilik, 06.01.08 — Ösimlikşunoslik, 05.07.01 — Qişloq xöjalik va melioratsiya maşinalari. Qişloq xöjaligi va melioratsiya işlarini mexanizatsiyalaş va 05.07.02 — Qişloq xöjalik va melioratsiya maşinalarini işlatiş, tiklaş va taʼmirlaş hamda 13.00.02-Taʼlim va tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosliklari böyiça PhD ilmiy daraja beradigan Ixtisoslaşgan ilmiy Kengaşlar faoliyati yölga qöyildi. Mazkur ixtisoslaşgan Kengaşlarda 22 tadan ortiq dissertatsiya himoyalari ötkazildi.
Bugungi kunda institut hamda Belarus Respublikasi Grodno davlat agrar universiteti hamkorlikda 2022-2023 yillarda bajarilişi közda tutilgan moliyaviy hajmi 1,8 mlrd. söm qiymatga ega bölgan amaliy loyiha doirasida, moliyaviy hajmi 3,4 mlrd. sömni taşkil etadigan 4 ta innovatsion loyihalar bajarilmoqda. Şuningdek, oliy taʼlim dargohimizda faoliyat körsatayotgan kafedra professor-öqituvçilar tomonidan 2022 yilning 1-yarim yiliga 20 ta patent va mualliflik guvohnomalarini olişga erişildi.
Taʼlim maskanimiz professor-öqituvçilari tomonidan yaratilgan soyaning yangi “X.Sattarov” navi liniyasi, ğözaning “Andijon-Ziyo” navlari Davlat navsinaş komissiyasiga taqdim etildi.
Institutning iqtidorli talabalari yaratilgan imkoniyatlardan unumli foydalangan holda Respublika hamda xorijda taşkil etilayotgan tanlovlarda iştirok etib ilmiy-tadqiqot sohasida salmoqli yutuqlarga erişib kelmoqda. Jumladan, 2021-2022 öquv yilida 1 nafar talaba Özbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi sohibi, 4 nafar talaba “Beruniy” nomli hamda 2 nafar talaba I.Karimov nomli davlat stipendiyasi sohibi bölgan bölsa, 15 nafar iqtidorli talabalar “Viloyat hokimi stipendiyasi”ni qölga kiritdilar.
Respublika fan olimpiadalarida 16 nafar iqtidorli talabalar faxrli I-II-III-örin, “StartUpAgro-2021” loyihasida 5 nafar talabalar yoş olimlar va talabalar örtasida ötkazilgan startap loyihalar va ğoyalar tanlovida ğoliblikni egalladilar.
Bundan taşqari, “Techno Ways” texnologik rivojlaniş marafonining hududiy bosqiçida 5 nafar talaba, USAID Agrobusiness Development Activity xalqaro taşkilot hamda Toşkent davlat agrar universiteti hamkorligida taşkil etilgan “Introduction to adding value to the horticultural value chain” vebinarlarida faol iştiroki uçun 1 nafar talaba bronza sertifikati, “Yoş olim-2021” xalqaro tanlovida 3 nafar talabalar faxrli 1-örinni, “Yilning eng faol yoş talabasi” tanlovida 3 nafar talaba Respublika bosqiçida 1-örinni, “Oʻzbekiston uchun 100 gʻoya” Respublika bosqiçida 2 nafar talaba “MedOne” nomli loyihasi bilan munosib iştirok etib ğolib böldi. 2022 yilning 10-11 may kunlari “Toşkent irrigatsiya va qişloq xöjaligini mexanizatsiyalaş instituti” milliy tadqiqot universitetida “Barqaror rivojlaniş maqsadlari” doirasida mintaqaviy olimpiadaning milliy bosqiçida 2 nafar talaba faxrli II-örinni egalladi.
2021 yilda Yevropa Ittifoqining Erasmus+ BUZNET (Özbekiston veterinariya tarmoğida uyğunlaşgan taʼlim) hamda TOPAS (Qişloq xöjaligi böyiça nazariyaga asoslangan taʼlimdan amaliyotga asoslangan taʼlimga ötiş) loyihalari doirasida 18 nafar professor-öqituvçilar va 28 nafar talabalar Italiya, Portugaliya, Estoniya, Germaniya, Polşa, Ruminiya, Buyuk Britaniya kabi davlatlarning yetakçi universitetlarida amaliyot ötadilar.
Hamkorlik doirasida Germaniyaning Vaynştefan-Trizdorf amaliy fanlar universiteti, Rossiya Federatsiyasining Kuban davlat agrar universiteti, Belarus Respublikasining Grodno davlat agrar universiteti kabi nufuzli oliy taʼlim muassasalarining tegişli mutaxassisliklari böyiça magistraturada öqiş uçun 20 nafardan ziyod bitiruvçilar yuborildi.
Germaniya fermer xöjaliklarida esa 20 dan ziyod institut talabalari PRAXX hamda AZ-Germany Consulting kompaniyalari bilan hamkorlikda işlab çiqariş amaliyotini ötadilar.
Joriy yil 20-22 aprel kunlari institutda Turkiyaning Konya Seljuk universiteti bilan hamkorlikda “Meva-sabzavotçilik va uzum yetiştiriş texnologiyalari va marketingi” yönalişida Özbekiston-Turkiya agrobiznesni rivojlantiriş forumi taşkil etildi. Forum doirasida Turkiya Respublikasidan Konya Seljuk universiteti, Çukurova universiteti, Alanya sanoat va tijorat palatasi, Konya sanoat palatasi, Turkiya meva-sabzavotçilik federatsiyasi, Adana savdo-sotiq palatasi kabilarning 70 nafardan ziyod vakillari iştirok etdilar. Şuningdek, 12 nafar professor-öqituvçilar hamda 23 nafar talabalar Turkiyaning yetakçi universitetlarida tajriba almaşib qaytdilar.
Keyingi yillarda Respublikada oliy taʼlimga qamrov darajasi sezilarli darajada oşib borayotganligi natijasida har bir oliy taʼlim muassasasida talabalarni turar-joy bilan taʼminlaşga bölgan ehtiyoj ham ortmoqda. Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 9 sentyabrdagi “Respublika oliy taʼlim muassasalarida talabalarni turar-joy bilan qamrab oliş darajasini oşiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi 563-sonli qaroriga asosan davlat xususiy şeriklik asosida 2022 yil dekabr oyida 600 örinli hamda institutning byudjetdan taşqari mablağlari hisobidan 400 örinli talabalar turar-joylari rekonstruksiyadan çiqarilib, foydalanişga topşiriladi. Bu bilan talabalarni turar-joyi bilan taʼminlaş darajasi 95 foizga yetkaziladi.
Oliy taʼlim sohasida amalga oşirilayotgan islohotlar zamirida, kelgusida Respublikaning turli sohalarida işlay oladigan mutaxassis kadrlar tayyorlaşda sifat va samaradorlikka erişiş, yuksak marralarni zabt etiş kabi oliy maqsadlar yotadi. Mazkur maqsadlarni amalga oşirişda öquv jarayoni sifatini oşiriş, uni innovatsion mazmun bilan töldiriş, talabalarda mustaqil ravişda yangi bilimlarni egallaş könikmasini şakllantiriş bugungi kunning dolzarb vazifalaridan hisoblanadi.
Ha, eng muhim vazifamiz — institutimizda malakali mutaxassislar tayyorlaş, ilmiy-tadqiqotlar olib boriş, xalqaro hamkorlik aloqalarini rivojlantiriş böyiça amalga oşirilayotgan işlarimiz, şubhasiz, tayyorlanayotgan kadrlar sifatini oşiriş, qişloq xöjalik işlab çiqarişini rivojlantirişga sezilarli ijobiy taʼsirini körsatgan holda oliy dargohimizni tamomlagan yoşlarimiz Yangi Özbekistonning buguni va ertasi uçun kerakli mutaxassislar bölib yetişib çiqsinlar. Ular xalqimiz va Vatanimizga el-yurt ravnaqini yanada yuksaltirişda öz örni va hissasini qöşadigan hamma faxrlanadigan insonlar bölişsin. Taʼbir joiz bölsa, bu faoliyatimizning asosiy maqsadi, mezoni desam yanglişmagan bölaman.
Komiljon KOMILOV,
Andijon qişloq xöjaligi va
agrotexnologiyalar
instituti rektori
