Yoşlar orzusidagi dorilfunun
Yoki jahonning eng nufuzli universitetlari röyxatidan joy olgan TATU
Abituriyentlar bilan muloqotda bölsangiz, ular orasida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toşkent axborot texnologiyalari universitetida tahsil olişni orzu qiladiganlar köpçilikni taşkil qilişiga amin bölasiz. Darhaqiqat, mazkur oliy taʼlim öçoğida öqiş niyatidagi yoşlar safi yildan-yilga kengayib boryapti. Buni sönggi yillardagi qabul mavsumi maʼlumotlarini taqqoslab ham biliş mumkin.
Buning boisi nimada? TATUning qanday jihatlari yoşlar eʼtiborini jalb qilyapti?
Biz şu va boşqa savollar bilan mazkur universitet rektori, iqtisodiyot fanlari doktori, professor Baxtiyor MAHKAMOVga murojaat qildik.
— Baxtiyor Şuxratoviç, özingizga maʼlum, bugun axborot texnologiyalarisiz hayotni tasavvur etib bölmaydi. Albatta, bu borada yetuk kadrlar yetiştiriş, yurtimizni dunyoga tanitişda iqtidorli mutaxassislarni tayyorlaş vazifasi siz rahbarlik qilayotgan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toşkent axborot texnologiyalari universiteti zimmasiga ham katta masʼuliyat yuklaydi. Şunday emasmi?
— Albatta, ilm-fan rivojlangan, taʼlim-tarbiya yaxşi yölga qöyilgan joydagina taraqqiyotga erişiladi. Bugungi kunda mamlakatimizning qay bir jabhasiga nazar taşlamang, rivojlaniş va yuksalişga guvoh bölasiz. Bu öz-özidan yuz berayotgan hodisa emas. Şubhasiz, taʼlim sohasida amalga oşirilayotgan keng qamrovli islohotlar natijasi ham desak, xato bölmaydi. Çunki zamon talabiga javob bera oladigan taʼlim maskanlarida sifatli taʼlimni yölga qöyişga erişiş mumkin böladi.
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toşkent axborot texnologiyalari universiteti ana şunday oliy taʼlim dargohlaridan biridir. Oliy taʼlimni yanada rivojlantirişga bölgan eʼtibor tufayli respublikamizdagi barça oliy öquv yurtlarida keyingi yillarda katta özgarişlar röy bermoqda. Toşkent axborot texnologiyalari universiteti ham ana şunday özgarişlardan bebahra qolgani yöq. Qisqa qilib aytadigan bölsak, universitetimiz malakali mutaxassislarni tayyorlaş uçun barça imkoniyatlarga ega.
Universitetning bugungi kunda 6 ta hududiy filiali hamda 13 ta axborot texnologiyalari texnikumi va 4 ta akademik litseyi mavjud.
TATU va uning hududiy filiallarida bugungi kunda 939 nafar professor-öqituvçi faoliyat yuritib kelmoqda. Professor-öqituvçilarimizning 55 nafari fan doktori hamda 348 nafari fan nomzodlaridir. Universitet va uning hududiy filiallarida 27148 nafar talaba tahsil oladi. Taʼlim yönalişlari soni 21 tani va magistratura mutaxassisliklari soni esa 30 tani taşkil etadi.
Qolaversa, dorilfununimiz bilan Avstriyaning Klagenfurt universiteti va Belarus davlat informatika va radioelektronika universiteti hamkorligida “Kompyuter injiniringi”, “Dasturiy injiniring”, “Axborot xavfsizligi”, “Axborot texnologiyalarining dasturiy taʼminoti”, “Dasturlanuvçi mobil tizimlar”, “Sunʼiy intellekt” yönalişlari böyiça qöşma taʼlim dasturlari mavjud. Bundan taşqari, nazariy bilimlarni mustahkamlaş uçun “O‘zbektelekom” AK, “O‘zbekiston pochtasi” AJ, “Matbuot tarqatuvchi” MÇJ, “Toshkent shahar telefon tarmog‘i” korxonasi, “UNICON.UZ” DUK, “Elektromagnitlar moslashuv markazi” DUK, “Aloqa bank” ATB, “RAKM” DUK, Özbekiston Milliy teleradiokompaniyasida amaliyot bazalari taşkil etilgan.
—Universitetda olib borilayotgan yangi ilmiy izlanişlar haqida ham töxtalib ötsangiz.
—Hozirda universitetimizda akademik Mirzayan Kamilov, professorlar — Salim Ğaniyev, Muhammadjon Musayev, Marat Rahmatullayev, Rixsixöja Isayev, Akram Nişanov, Hakim Zayniddinov kabi taniqli olimlar faoliyat yuritib kelişmoqda.
Universitetning 10 dan ziyod ilmiy maktablari mavjud. Bu ilmiy maktablarda raqamli iqtisodiyot, intellektual tizimlarni loyihalaş, signallar va tasvirlarga raqamli işlov beriş, elektron resurslar xavfsizligini taʼminlaş, tarmoq xavsizligini taʼminlaş kabi bir qator yönalişlarda loyiha tadqiqot işlari amalga oşirilmoqda.
Umumiy aytganda, hozirgi kunda universitetda 124 nafar tadqiqotçi tomonidan ilmiy izlanişlar olib borilmoqda. TATU va uning hududiy filiallarida umumiy qiymati 20855 milliard sömdan ortiq bölgan 38 ta ilmiy-tadqiqot işlari bajarilmoqda. Şundan 21 ta loyiha Davlat dasturlari doirasida (3 ta fundamental, 8 ta amaliy, 12 ta innovatsion, 2 ta qöşma xalqaro loyiha va 2 ta Startap loyiha) va 17 ta xöjalik şartnoma asosida bajarilayotgan tadqiqot işlari hisoblanadi. Universitetda ilmiy darajalar beruvçi ilmiy kengaşlarda ötgan yili jami 45 dan ortiq dissertatsiya işlari himoya qilindi. 2022-2023-öquv yili mobaynida 18 nafar (3 nafari DSc, 15 nafari PhD) professor-öqituvçi doktorlik işini himoya qildi. Natijada ilmiy salohiyat darajasi 38,3 foizdan 43 foizga kötarildi.
Hozirgi kunda PhD ilmiy darajasini olgan 20 nafar yoş professor-öqituvçi faoliyat yuritib kelmoqda hamda 29 nafar professor-öqituvçimiz Koreya Respublikasi, Avstriya, Rossiya Federatsiyasi, Ispaniya, Finlyandiya, Belorussiya va Germaniya oliy taʼlim muassasalarida öz dissertatsiya işlari ustida izlaniş olib borişmoqda.
Universitet va uning hududiy filiallari professor-öqituvçilari, ilmiy tadqiqotçilari, xodimlari va talabalari uçun ScienceDirect, IEEE XPLORE Raqamli kutubxonasi va Web of Science ilmiy bazalaridan TATU korporativ tarmoği orqali erkin foydalaniş imkoniyati yaratilgan.
Universitet professor-öqituvçilarining ilmiy faolligi natijasida Xirş indeksi (H-indeks) “3” körsatkiçdan katta xodimlar soni xalqaro eʼtirof etiladigan SCOPUS ilmiy bazasida 7 barobarga xususan, 2017 yilda – 9 nafar, 2022 yilda – 61 nafarga oşgan.
— Talabalarning taʼlim olişlari borasida muammolar yöqmi?
— Bilim olaman degan yoşga bugungi kunda bir muammo bölişi mumkin emas. Universitetda talabalarning böş vaqtini unumli ötkaziş böyiça axborot texnologiyalari va sport yönalişlarida 79 ta tögarak yölga qöyilgan hamda tögaraklarga jami 2741 nafar talaba jalb qilingan. Universitet talabalar turar-joylarida ularni böş vaqtini unumli ötkaziş böyiça axborot texnologiyalari va sport yönalişlarida 19 ta tögarak yölga qöyilgan va tögaraklarga jami 741 nafar talaba jalb qilingan. Şu qatorda talabalar turar- joylarida yaşayotgan yoşlarni sanʼat, madaniyat va rassomçilikka bölgan qobiliyatini yanada oşiriş maqsadida “Talabalar aşula va raqs ansambli” va turli musiqa tögaraklari taşkil etilgan. “Havaskor gitara işqibozlari va saʼnatkorlar” tögaragiga talabalar turar-joyida alohida xona ajratilgan bölib, kerakli musiqa anjomlari bilan jihozlangan. Uşbu tögarak aʼzolari 200 nafardan ortiqni taşkil etadi.
“TATU Quvnoqlar va zukkolar” körik-tanlovi doirasida fakultetlar hamda universitetning “Quvnoqlar va zukkolar” jamoalari şakllantirilgan. “Talabalar teatr studiyasi” faoliyati yölga qöyilgan hamda ular tomonidan sahnalaştirilgan spektakllar namoyiş etib kelinmoqda.
Universitetning kunduzgi taʼlim şaklida tahsil olayotgan 3051 nafar talabamiz esa iş bilan taʼminlangan. 2022-2023 öquv yilida taşkil etilgan karyera markaziga 756 nafar talaba işlaş istagini bildirib murojaat qilgan hamda hozirgi kunda turli taşkilotlar bilan hamkorlikda ularning bandligi taʼminlangan. Şuningdek, universitetning böş vakant lavozimlariga 99 nafar talaba işga joylaştirilgan.
2022-2023 öquv yilida tahsil olayotgan talabalarning bandligini taʼminlaş böyiça soha taşkilotlari bilan aloqalar örnatgan holda mavjud iş örinlari aniqlanmoqda, 400 dan ortiq talabaga amaliy yordam berildi. Jumladan, may oyining özida 75 nafar talabaning bandligi taʼminlandi. Hozirda talabalarning örtaça olayotgan oylik maoşlari 2-7 mln. sömni taşkil etadi.
Ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalarni qöllab-quvvatlaş maqsadida 1-2-guruh imkoniyati çeklangan, çin yetim, ota-ona qaramoğidan mahrum talabalarni navbatsiz, bepul talabalar turar joylariga joylaştiriş, ikki va undan ortiq farzandi şartnoma böyiça öqiyotgan oilalardagi talabalarga, “Yoşlar daftari”, “Ayollar daftari”, “Temir daftar”dagilarga pulli, ammo navbatsiz joylaştiriladi. Universitet içki imkoniyatlaridan kelib çiqib, ularni iş bilan taʼminlaş çoralari köriladi. Şuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalarni moddiy qöllab-quvvatlaş maqsadida yilda 1 martalik moddiy yordam ajratiladi.
Universitetimizda xodimlarning böş vaqtini samarali taşkil etiş maqsadida yuqorida taʼkidlanganidek, doimiy turli sport tögaraklari faoliyat yuritmoqda. Şu qatorda, haftaning har şanba kuni professor-öqituvçilar va xodimlar örtasi sportning mini-futbol turi böyiça musobaqalar taşkil etiladi. Şuningdek, universitetda badminton, voleybol, stol tennisi, şaxmat, şaşka tögaraklari ham faoliyat yuritadi.
2022-2023 öquv yilida TATU va uning hududiy filiallari talabalari bir qator ijobiy natijalarga erişdi. Jumladan, 3 nafar talabamiz Özbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyasi sohibi, 4 nafari Beruniy nomli davlat stipendiyasi sohibi, 1 nafar talaba Islom Karimov nomli davlat stipendiyasi sohibi, 5 nafari “Vazirlik stipendiyasi” sohiblari hamda 11 nafari esa “Muhammad al-Xorazmiy nomidagi stipendiya”ga, jami 24 nafar talaba nomdor stipendiyalar sohibi böldi.
Respublika fan olimpiadasida faol iştirok etgan 2 nafar talabamiz esa “Informatika va axborot texnologiyalari” fanidan 2-darajali, 1 nafar talaba 3-darajali diplom bilan taqdirlandi. 20 nafardan ortiq talaba esa xalqaro va respublika miqyosida ötkazilgan tanlov sovrindorlari böldi.
Şuningdek, universitetning 10 nafardan ortiq talabasi boks, kuraş va boşqa sport musobaqalarida munosib qatnaşib, Osiyo va Özbekiston çempionligini qölga kiritdi.
— Universitetda xalqaro aloqalar ham yaxşi yölga qöyilganidan xabardormiz…
— Rahmat, eʼtirofingizdan mamnun böldim. Çindan ham, universitetimiz 35 ta ilğor davlatlarning 72 ta universiteti, 5 ta ilmiy-tadqiqot markazlari, 14 ta taşkilot va kompaniyalari bilan özaro hamkorlik şartnomasi, kelişuv va anglaşuv memorandumlariga ega. 2023 yilda yana yangi 16 ta hamkorlik memorandumlari imzolandi. Umumiy memorandumlar soni 107 tani taşkil etmoqda.
Universitetimizga 2022-2023 öquv yilining iyun oyiga qadar Malayziya, Xitoy Xalq Respublikasi, Tatariston, Amerika Qöşma Ştatlari, Janubiy Koreya, Germaniya, Isroil, Rossiya Federatsiyasi, Singapur, Ispaniya, Indoneziya, Italiya kabi davlatlarning 20 dan ziyod xorijiy delegasiyalari taşrif buyurdi.
Universitet va uning hududiy filiallari Janubiy Koreyaning KOICA agentligi bilan birgalikda 2022-2026 yillarga möljallangan 5 million dollar qiymatdagi grant loyihasi hamda Erasmus+ va boşqa dasturlar doirasida 6 ta halqaro ilmiy loyihalarda iştirok etib kelmoqda.
66 nafar professor-öqituvçi va xodimlar Bolgariyaning Sofiya texnika universitetida, Belorussiya davlat universiteti, Ruminiyaning Braşov Translivaniya universiteti, Avstriyaning Klagenfurt universiteti, Fransiyaning Sarbonna universiteti hamda Litvaning Gediminas texnika universiteti va boşqa hamkor universitetlarda qisqa muddatli stajirovka va malaka oşiriş kurslarida böldi.
Universitetda Janubiy Koreya davlatidan 4 nafar, Rossiya Federatsiyasidan 1 nafar xorijlik professor-öqituvçi kelib, professor lavozimida faoliyat yuritmoqda.
2022-2023 öquv yilida Germaniya, Tojikiston, Turkmaniston, Janubiy Koreya, Yaponiya, Amerika Qöşma Ştatlari, Italiya, Hindiston, Avstriya, Qozoğiston kabi davlatlardan 20 dan ortiq professor-öqituvçilar TATU talabalari va professor-öqituvçilari uçun maʼruza va seminarlar ötkazdi.
TATU quyidagi nufuzli xalqaro SCImago reytingida umumiy körsatkiçlar böyiça Özbekiston OTM va institutlari örtasida 4-örin hamda dunyo böyiça 729-örinda qayd etildi. Şuni taʼkidlaş kerakki, universitetimiz ilk bor THE Impact Ranking 2022 reytingiga kiritildi va umumiy körsatkiçlar böyiça TATU dunyoning 1406 ta universiteti örtasida 1001-örinda qayd etildi. Times Higher Education agentligi tomonidan eʼlon qilingan hisobotga köra, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toşkent axborot texnologiyalari universiteti World University Rankings-2023 reytingida “REPORTER” maqomiga ega universitetlar röyxatiga kiritildi. UI GreenMetric World University Rankings Xalqaro reytingida TOP universitetlar qatorida 638-örinni egalladi.
2023 yilda esa universitet nufuzli “THE Impact Ranking 2023” reytingiga kiritildi. Reyting böyiça universitetlar faoliyati davomida mazkur maqsadlarni tatbiq etiş va rivojlantiriş yönalişida amalga oşirayotgan işlar baholanadi. Reytingning BMT Barqaror rivojlaniş maqsadlari yuzasidan alohida mezonlari böyiça quyidagi örinlar belgilangan: munosib iş örinlari va iqtisodiy ösiş körsatkiçi böyiça TATU 601-800-örinda qayd etilgan. Bu esa sönggi yillarda talabalarni iş bilan taʼminlaş böyiça amalga oşirilayotgan işlar samarasi hisoblanadi. Arzon va toza energiya manbalari körsatkiçlari böyiça 401-600-örinda, Iqlim özgarişiga qarşi kuraş çoralari körsatkiçlari böyiça 301-400 örinda, Barqaror rivojlantiriş yölida hamkorlik mezonlari böyiça esa 1001-örinda qayd etilgan.
— Baxtiyor Şuhratoviç, mazmunli suhbatingiz uçun rahmat. TATU doimo yoşlarning sevimli bilim dargohi bölib qolişiga tilakdoşmiz.
Öktam ABDULLAYEV
suhbatlaşdi.
