Nonning uvoli yomon

Qadim zamonlardan beri non insoniyatning asosiy rizq–rözi, dasturxon körki bölib kelmoqda. Tandir taftini olib pişgan sölqildoq nondan ham xuşböy, lazzatliroq neʼmat topilmasa kerak.

Har birimiz yoşligimizdan “Nonni uvol qilma”, “Nonning uşoği ham non”, “Non urvoğini bosma, gunoh böladi” kabi pandu nasihatlarni eşitib ulğayganmiz, albatta. Sir emaski, u kundalik zarur ozuqa mahsulotlari qatorida birinçilardan bölib turadi. Ertalab nonuştaga novvoyxonadan issiq obinon olib uni qaymoq bilan mazza qilib isteʼmol qilmaydigan odam kam bölsa kerak. Yoki har kuni işdan qaytişda dökondan şirmoy olişni kanda qilmaydigan yurtdoşlarimiz ham köp.

Elas–elas yodimda. Yoşligimizda buğdoy uniga imkonimiz bölmasdi. Öşa paytlar deyarli hammada şu ahvol edi. Şunda buvimlar bir xaltami, ikki xaltami makkani tegirmonçi amakiga olib borib, un qildirib kelardilar. Men ularga hamroh bölganim bois, kiçkina xaltadagi unni kötarib olardim. Keyin esa buvim uni zoğora qilib öçoqdagi qizil çöqqa qöyib pişirardilar. Rosti, juda mazali bölardi. Maktab, boğçaga ham zoğoradan olib ketardik. Sinfda kimdir buğdoy undan non olib kelsa, unga havas bilan qarardik. Göyoki undan baxtli odam yöqdek…

“…Mustaqillikning ilk yillarida non qadri qançalar baland bölgani, odamlar soatlab, kunlab nonga, unga navbatda turgani, qişloqlarda aholining boşoq tergani çiqqanlari hali köz öngimda turibdi, — deydilar onam. — Ikkinçi jahon uruşi davrlarida ham ota-bobolarimiz bir burda nonga qançalar zor bölişgan. Otalarimiz, onalarimiz bizni hozirgi farahli kunlarga yetkaziş uçun oç-nahor ter tökib, mehnat qilganlar!”.

Çindan ham, katta avlod vakillari ana şunday oğir davrlarni boşlaridan ötkazişgan. Bugun esa ming şukurlar bölsinki, oçlik zamoni ortda qoldi…

Yaqinda bir maʼlumotni öqib qoldim. Töğrisi, öqib ança xafa böldim. Unda aytilişiça, Toşkentda har kuni 3 tonnaga yaqin non mahsulotlari axlatga taşlanar ekan. Bu haqda “Maxsustrans” işlab çiqariş boşqarmasi boş inspektori Ismoil Sagdullayev aytib ötgan.

Uning sözlariga köra, ayni paytda poytaxtda eng köp çiqindiga taşlanadigan mahsulot bu — non va oziq-ovqat mahsulotlaridir. Bu mahsulotlarni yildan-yilga çiqindiga taşlaş holatlari ortib bormoqda. “Toşkent şahrida bir kunda 2300 tonna çiqindi yiğib olinsa, şundan 3 tonnaga yaqini nondan iborat”, — deydi u.

Bilamizki, koronavirus ofati jahon iqtisodiyotiga katta zarba berib, qattiq zarar keltirdi. Ayniqsa, dunyoning oziq-ovqat xavfsizligiga jiddiy taʼsir ötkazdi. Natijada jahon bozorlarida şafqatsiz raqobat, “savdo uruşlari”, qarama-qarşiliklar kuçayib ketdi. Öşa paytda xalqaro ekspertlar pandemiya oqibatida oçarçilikdan qiynalayotgan aholi soni ikki barobar oşib, ularning soni 1 milliard 600 millionga yetganini aytgan edi. Bugun ham ahvol juda zör bölib ketgani yöq. Misol uçun, bir qator mamlakatlarda, xususan, Suriya, Afğoniston, Iroq, Liviya, Yaman, Sudan, Efiopiya, Nigeriya kabi davlatlarda oziq-ovqat, non yetişmovçiligi holatlari hamon kuzatilmoqda. Oqibatda aholi yegulik izlab, har qanday işga qöl urmoqda, yoş gödaklar esa axlat qutilarini titkilaşga majbur bölmoqda.

Ming şukurki, bizning mamlakatda dasturxonlarimiz tökin, qora qozonimiz esa qaynab turibdi. Nafaqat pandemiya paytida, undan keyin ham yurtimizda bu borada taqçillik kuzatilmadi. Xalqimiz uçun yetarli zaxiralar borligi bot-bot takrorlab turildi.

Biz mazkur maqolani tayyorlaş jarayonida yurtdoşlarimiz fikrlari bilan ham qiziqdik.

Gulzaynab Zulhaydarova, sanʼatşunos–jurnalist:

— Non bölaklari çiqindiga taşlab ketilgani menga juda qattiq taʼsir qiladi. Kimdir dunyoning boşqa bir çekkasida şu nonning kiçik uşoğiga zor bölib ötiribdi. Qayerlardadir odamlar hatto oçlikdan ölib ketişyapti.

Dunyoning ikkinçi çekkasida esa kimlardir non bölaklarini, ortib qolgan ovqatlarni çiqindixonalarga otib ketmoqda. Tarixni eslasak, keçagina bobolarimiz, momolarimiz oçarçilik zamonlarda şu nonning bir bölagiga zor bölib yaşaşgan, nonning örniga kepakni, “qani endi bir burdagina non bölsa edi”, deb ötni çaynaşgan. Keksalarimizning aytişlariça, öşa davrda “qani endi bir töysam-u, keyin ölsam armonim yöq edi” degan odamlar ham bölgan. Endi esa töqçilik zamonlarda öşa insonlarning bolalari nonni oyoqlari ostiga olib tepkilamoqda, isrof qilib çiqindixonalarga taşlab ketmoqda.

Nilufar Egamberdiyeva, pedagog:

— Inson tabiatan isrofgarçilikka moyildir. Isrofning katta-kiçigi yöq. Hamma katta isrof­garçiliklar kiçiklaridan boşlanadi. Hamma narsa kiçikdan kattaga qarab boradi. Xuddiki kiçik irmoqça ummonga borib quyilganidek. Ayniqsa, axlatlar orasida nonning ham borligi uvoldan qörqmaslik alpozini anglatadi. Bu esa isrof haqida bilmasligimizni, şu xususda hadislar haqida, umuman, tuşunçaga ega emasligimizni bildiradi.

Haq gap. Uvoldan qörqiş kerak. Har narsaning meʼyori yaxşi. Aytişadi-ku “Asalning ham ozi şirin”. Rivoyat qilinişiça, bir faqir kişi Hotamtoyning boyligi, saxovatini eşitib, bir burda non ilinjida uning huzuriga keladi va uyining tomida buğdoy yeyayotganiga közi tuşadi. Şunda Hotamtoy yerga tuşgan bir dona buğdoyni olib, tomga olib çiqadi. Buni körgan faqir “Mening eşitganlarim yolğon ekan-da” deya xayol surgança heç narsa sörayolmaydi. Köp ötmay Hotamtoy bir qop buğdoyni sadaqa qilib yuboradi. Bu vo­qeani körgan faqir “Faqirlikning sababidan biri bu neʼmatga şukur qilmaslik va isrofgarçilikda ekan” deya xulosa hosil qiladi.

Islom ASILBEKOV,

ÖzJOKU magistranti.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan