Döppi

(Hikoya)

Muhayyo ÖROQOVA

Muallif haqida:
Muhayyo ÖROQOVA — 1980 yilda Toşkent viloyati, Bekobod tumanida tuğilgan. 1999 yilda Bekobod pedagogika bilim yurtini, 2021 yilda Çirçiq Davlat pedagogika institutini bitirgan. Bekobod tumanidagi 2-umumtaʼlim maktabida boşlanğiç sinf öqituvçisi bölib işlaydi.
Ijod namunalari respublika matbuotida eʼlon qilingan. “Ezgulik daraxti” nomli kitobi naşr etilgan.

Bugun bayram. Quyoş çiqqunça yumuşlarimni saranjomlab böldim. Dökondan dadam yaxşi köradigan meva va şirinliklar oldim-da, yölga tuşdim. Şoşgan sari yölim unmaydi. Aksiga olib, biror ulov ham uçramadi. Mahallamizga kirib borganimda yonimga bir maşina kelib töxtadi. Oynasi qora bölganidan faqat haydovçini tanidim.

— Ötiring, opa, beş ming berasiz, taşlab qöyaman, — hazillaşdi maşina eşigini oçgan qöşnimizning şaharlik nabirasi.

— Boringga şukur! Sal ertaroq kelmaysanmi? Oyoqlarim uzilay dedi…

Maşinaga ötirişim bilan qöşni xoladan şiringina tanbeh eşitdim:

— Sendayligimda şu yöldan har kuni uç marta qişloq markaziga piyoda borib kelardim. Sen hozirdan oyoğim deysan…

U yelkamdan quçib söraşar ekan, dimoğimga gup etib qalampirmunçoq isi urildi. Biram yoqimli ifor! Buvimning kiyimidan ham şunday is kelardi. Çunki, köylagining yoqasiga doim qalampirmunçoq taqib yurardi-da.

Maşina birpasda ğizillatib ota uyimga yetkazib qöydi. Xolani quçib xayrlaşdim. Yillar davomida soğingan iforni yana bir bor töyib hidlagim kelgandi.

Darvoza lang oçiq. Dadamning qiziq odatlari bor-da, uyda biror yiğin bölsa yoki bayram kunlari darvozani katta qilib oçib qöyadilar. “Kelgan odam darvozaning tagida çaqirib turmasin, hijolatsiz kirsin”, deydilar.

Meni körib, ukamning qizçasi:

— Ammam keldi! Ammam! — dedi-da, söraşiş ham esidan çiqib, hovli tomon çopib ketdi.

— Qaysi ammang, kattasimi, kiçigi?

Ayam nabirasining qölidan tutgança menga peşvoz çiqdilar. Ayam bilan söraşib ulgurmay, dadam körindilar.

— Yaxşiyam, bir mahallada yaşaymiz, agar uzoqroq bölsa, bilmadim, yilda bir kelarmiding?

Dadam doim şunday. Har hafta kelsam ham şunday gina qiladilar. Söraşa turib, nogoh közim dadamning boşidagi döppiga tuşdi. Yaqindagina kiyganligi bilinib turgan, hali taxi yaxşi oçilmagan marğilon döppi. Esimni tanibmanki, boşidan döppini yeçmaydilar. Hozir faqat masjidga boradigan yoki bölmasa taʼziyali xonadon egalarigina döppi kiyişadi.

Şu kuni keçgaça ayamlarnikida qolib ketdim. Uyga qaytgaç, keçasi allamahalgaça uxlolmadim. Xayolim dadamning yangi döppisida. Biram yaraşib turibdi. Köz öngimdan ötgan yili kasalxonada keçgan voqealar öta boşladi…

Dadam tösatdan şifoxonaga tuşib qoldilar. Ikki oydan oşiq şifoxonada yotdilar. Doktorlar operatsiya qiliş kerakligini, oxirgi umid şu ekanligini aytişdi. Operatsiya kuni aniq bölgaç, qarindoş-uruğ — hammamiz şifoxonaga keldik. Ammam vraç bölgani sabab, köp narsadan xabari bor. Ukam bilan içkariga kirib ketişdi. Ançadan keyin ukamning közlari qizargan holda çiqdi. Bizning yonimizga kelmay, nariroqda turgan amakilarimning yoniga qarab ketdi. Ayam bilan singlim dadam yotgan xonaga kirib ketdilar. Men şifoxonaning uzun yölagida qoldim. Hamşiralar köpçilik kirişiga ruxsat bermadi. Yölakdagi stulda kutib ötiribman. Şu vaqt bir vraç kelib, hamşiraga:

— Beşinçi xonadagi bemorni operatsiyaga tayyorlang, yarim soatda operatsiya… — dedi.

Dadam… Beşinçi xonada dadam yotadi. Keça yonidagi bemorlarga javob berilgandi.

Hamşira ayam bilan singlimni taşqariga çiqardi. Menga esa yana kirişga ruxsat bermadi. Hamşiraning narigi xonada iş bilan çalğiganidan foydalanib, dadamning yoniga kirib oldim. Allaqaçon dadam operatsiyaga tayyor bölibdi. Ikki oğiz gaplaşib ulgurmay, xonaga vraç kirdi. Dadamning könglini kötaradigan gaplardan gapirdi.

— Etingizning ozgina oşiqça joyi bor ekan. Şuni olib taşlaymiz. Qiynalmaysiz, birpasda böladi. Yengil operatsiya.

Dadam indamadilar. Çunki, kasaliniyam, nima uçun operatsiya qilişayotganiniyam juda yaxşi bilardi.

Xonadan çiqayotib, boşini uşladi-yu, menga qaradi:

— Döppimni olib ber! Dori qutilarining ustida.

Kiydirişimni istamay, döppini qölimdan oldi. Qöli qaltirab boşiga zörğa kiydi. Insult taʼsirida öng qöli yaxşi işlamasdi.

Şifokor bir dadamga, bir boşida qiyşayib turgan döppisiga ajablanib qaradi.

— Siz operatsiyaga kiryapsiz! Döppi kerakmas!

— Bilaman. Keyin yeçib qöyarsiz.

Dadamning ovozi titrab çiqdi. Közlaridan ikki tomçi yoş sizib yonoğiga tuşdi.

Operatsiya yaxşi ötdi. Dadam öziga kelganda yoniga kirdik. Boşida döppilari bor edi.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan