MATTI MAPIY

Muallif haqida:

Şuhrat Matkarim — 1960 yilda Turkmanistonning Toşhovuz tumanida tuğilgan. 1985 yili Xorazm Davlat pedagogika instituti (hozirgi UrDU)ning filologiya fakulteti ingliz tili öqituvçisi ixtisosligi böyiça tamomlagan.

Taniqli özbek  şoiri  Matnazar Abdulhakim  haqidagi “Ustoz haqida söz” xotira–essesi, “Kun şunday boşlanadi” (2017 yil) qissa va hikoyalar töplamlari çop etilgan.

“Yilon”, “Salav”, “Qum etagida Oq uy”, “Maqar” kabi qissalar muallifi.

Maşhur ingliz adibi Ernest Xemingueyning novellalari va taniqli rus adibi Vasiliy Şukşinning qator asarlarini asliyatdan özbek tiliga tarjima qilgan.

Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi aʼzosi.

 

Şuhrat MATKARIM

(hikoya)

Ötgan asrning töqsoninçi yillari.

Kuz quyoşi atrofni erinibgina qizdirar, şördan nurab tirnoği teşilgan beton plitali devor tagida “polk öğli” – semiz Moş yotardi. Qalin, ğuj bölib ösgan, sarğayib bitgan  ajriq ustidagi muşuk ham sap-sariq, uni töşagi –  sariq ajriqdan birdaniga ajratib oliş  ham muşkul edi. U hozirgina qornini yaxşilab töydirgan, közlari beixtiyor yumilib-­yumilib ketardi. Muşuk  öt ustiga bor böyi bilan çözilgan, har vaqt-har vaqt uzun dumini erinibgina öynatib-öynatib qöyadi.

Şavkat muşukka Matti mapiy deb laqab qöygan.

Şavkat yoş mutaxassis –  vetvraç. Oriq va böydor yigit. Matti – Matqurbon ular işlaydigan “Parrandaçilik fabrikasi”ning kuşxona sexi boşliği, fabrikadagi eng katta “avtoritet-mapiy”. Fabrikada Matqurbonning otini eşitgan har kim ham bir tiskinadi. Uning saldomi şu darajada.  Özi naq 150 kilo keladi, salobat bilan yursa qorni toğoradan oşgan xamirday baland-past, öng-çap­­ga saldiraydi. Ovozi böğiq, xirildoq. Har sözi hukm kabi yangragani uçun uning oğzidan eng yaxşi gaplar ham qandaydir yoqimsiz eşitiladi. Matqurbon odamlarga ham laqab qö­yişni xuş köradi. Bu uning yoqimli ermagi. Şavkatga qotirmoç, qozoqçiroy direktorga Şeşe, gavdali boş buxgalter opayga K-750 degan va hakoza. Xalq uni Mapiy – mafiya, deb qöygan.

Fabrikadagi hamma Matti mapiy taşlagan suyakni ğajiydi. U har kimga vazni va xizmatiga yaraşa uluş beradi.  Aytiş kerakki, bu uluş öynab-kulib oila tebratiş, joy solib, maşina minişga bemalol yetadi. Hamma maoş bilan tirikçilik qiladigan zamonlar uçun bu juda katta gap edi, albatta. Matti mapiy begona ayollarga ilakişgan erkaklarni jinidan battar yomon körardi. Bu gapning daragini eşitgandanoq “aybdor”ning “payok”i şartta yarmiga qisqarardi. Bir oğiz eʼtiroz va “payok”ning yana teng yarmi kuyib ketar edi. Ayollar bilan öynaşaman deganlar yarim  “payok”ka rozi bölar, bölmasa, oq tavba-qora tavba qilib,  darrov tuzaliş yöliga ötib olardilar. Töğrisi, bundaylar kam edi. Odatda,  “öynaş suygan”larning köpi et qizuvida törva xaltasini yiğiştirib fabrikadan jönab qolar, keyin suvga tuşgan muşukka öxşab Mattining poyida tiz çökib ötirar edi. Matti bu masalada ayovsiz edi.

Şavkat har safar muşukni “Matti mapiy” deb çaqirganda oriyati orom olardi. Muşukni u, albatta, minğilab çaqirardi. Ovozi şu darajada past bölardiki, baʼzan öz ovozini özi ham eşitmasdi. Bu juda xavfli iş edi-da. Mapiy  buning  şongloqini eşitsa ham Şavkatning ikki oyoği osmondan kelardi. Şunday. Mapiyning köngliga örnamaganlar asta-asta örinlaridan yilişib ketaverar, direktormi, boş injenarmi yo boşqami, buning farqi kam edi. Matti mapiy esa mana ming yildan beri şu ötirgan yerida muqim. Uni heç kim va heç narsa  örnidan jildirolmaydi. U fabrikaning ham örasi, ham göri, ham kafani. Bir söz bilan aytganda, mapiy — mafiya.

Şavkatning  fabrikada iş boşlaganiga tört-beş yillar böldi. U bu yerdagi işlarning qoçiqlarini deyarlik örganib böldi. Kombinat şunçalik katta, munosabatlar şunçalik çigil ediki, kişi ongqildoq  bölsa bir kunda çuvalaşib, adaşib  ketişi heç gap emas edi. Masalan, baʼzi şu yerda ön-ön beş yillar işlagan kişilarni közini boğlab ulkan korxonaning bir çekkasiga olib borib taşlansa, yölini topolmay qolar edi. Lekin bu yerda bir narsada aslo adaşmas edilar: oldi-berdi va haqlarini sanab olişda. Asosiy şior, “Oldim ğöz-berdim göz”. Buni hamma  yaxşi bilar va bu şiorga aslo qasd qilinmasdi. Çunki unga şak keltiriş öz oyoğiga özi bolta uriş bilan barobar edi. Işçilar öz sexlaridan olti odim nariga çiqmas, işga bir yönalişda borib, şu yönalişda qaytar edilar. Ulkan fabrika içida qonğib-izğib  yurişga heç kimning haqqi ham, zarurati ham, iştiyoqi ham yöq edi. Çunki har kimning işi maʼlum, oladigan “payok”i maʼlum, yuradigan “çizziği”  maʼlum edi.  Kim sal adaşsa, uning ustida Mapiyning tahdidli ovozi yangrab qolar edi: “çizziğingdan yuri, çizziğingdan!” Bu yerda oylik maoş yaqin atrofdagi korxona va taşkilotlardagidan ança yuqori, “payok”ni ham qöşib hisoblaganda, manglayiga “Parrandaçilik fabrikasi” deb yozib qöyilgan bu darvozadan kirib-çiquvçilar – xoh katta bölsin, xoh kiçkina bölsin, har birining “gulday öngişiği”i bor edi. Fabrikaga  işga joylaşiş qiyin edi. Şu sabab bu yerda har kim öz iş joyiga muşuk tirnoğini siçqonga botirgandek botirar va heç bir sabab bilan uni böşatiş va özi işdan böşab ketişni istamas edi.

Lekin Şavkat xuddi mana şu Matti bilan bir “taşlaşib körişni” köngliga tukkan edi. Bu fikrga u fabrikadagi hamma kirdi-çiqdilarning tagiga aniq ketkanidan keyin keldi. Mapiy Şavkatga “qonuniy” tegişli bölgan “payok”ining öndan birini ham bermas ekan. Şavkat pulning içida ösgan bola, bu narsalarni yaxşi biladi. Otasi bir vaqtlar Mapiydan kam bölmagan rutbada bölgan — katta bir savdo taşkilotining omborçisi edi.

“Moş xuddi şu Matti mapiyga öxşaydi”, öyladi Şavkat muşukning yotişiga qarab. “Körinişdan juda yuvvoş, lekin öljasiga şunday tez va  sassiz taşlanadiki…” Şavkat taşviş­li jilmayib qöydi. Ha, Mapiy bilan öynaşiş öyin gap emas edi. Bu kuraşda yo ğolib çiqiş yo yitib ketiş kerak bölar, uçinçi yöl yöq. Lekin Şavkat ğajir bola edi va uning yigit yuragidagi ğujur ongi va vujudini tobora kuraşga şaylagan edi. Yotsa ham, tursa ham Şavkatning köz oldida bir köriniş namoyon edi: şu bugungi mağrur Matti uning qoşida boş egib turibdi.

Ayni tuş payti edi. Har kim ini -iniga urib ketgan. Kim ovqatlanar, kim tuşlik qilib bölib, çekka-çekkada mizğir, dam olardi.

– Haa, na gap? – dedi Şavkat tuşlikni tamom etib çetroqdagi bos­tirma tagida qarta öynab ötirgan uç-tört işçi yoniga yaqinlaşar ekan. – Bekorçilikmi?

Işçilar Şavkatga bir qarab qöydilar-da, savolga javob bermay öyin­­da davom etdilar. “Sen Mapiymisanki, bizdan hol sörasang”.

– Qarta öynagança bir foydaliroq iş bilan şuğullansangizlar bölar edi.

Yigitlar endi unga hatto qayrilib ham qaramadilar. “Nerdan kelib qoldi bu mağzava?”

Şu payt kiçkinagina, burni yuzining deyarli yarmini egallagan Komil asabiylaşib qölidagi sönggi qartani yerga tortib urdi.

– Hey, an-nang-nii… – keyin qaltiroq qöllari bilan tözğib ketgan jonsiz, sariq soçlarini tekislagan böldi. – Indi sen bilan öynamiymay, Rejji. Heç qölni qöşib öynab bilmiysan.

– Ho-ho-hoo! – kuldi Rejji – Rajab­boy. – Kallang qursin sani Kommi! Agar sen bölmasang men eyyom beş marta tuzga çiqar edim. Özi sani ötingga yonib yotibman. Uttirdingmi, ikki tovuq saning böyningga.

– Jillimisan-ay, san! – battar asabiylaşdi Komil. – Bugun emas, ertang indi. Mapiydan sörab köraman. Bersa berdi, bermasa yumurta beraman.

– Ibi, ibi, – dedi Hamro –  bularni yutgan tomon. – Yumurtangni uyingga olib borib xotiningga bostir. Yumurta özimizda ham bor. Sen bizlarga ikki tovuq uttirding. Şuni çiqar.

Şavkat bu yigitlarning har kungi “payoki” bir korobka yumurta ekanligini bilar edi. “Demak, ular bu safar tovuqdan öynabdilar-da”. Öyinçilar yutuq haqida qirqilişar, bir qarorga kela olmas edilar.

– Menga qaranglar, ey uttirganlar! Sizlarga bir taklif bor.

Şu paytgaça odammisan – yöqmisan, demagan qartabozlar, ayniqsa, ikki tovuq uttirib,  ne qilarini bilmay turgan juftlik Şavkatga köz taşlaşdi.

– Nn.. niçik taklif? – söradi Komil ilojsizlikdan böyni zörğa yor berib. – Na gap?

– Delovoy gap, –  dedi Şavkat qöl soatiga qarab qöyar ekan. – Hozir ikkinçi sexga boramiz. Şu yerda aytaman ne gapligini. Bir iş etamiz. Har qaysingizga ikki tovuq. Bölami?

– Uh! – dedi Hamro tirjayib. – Zör-ku! Mapiy bilami?

– U bilan işingiz bölmasin. Sizlar işni bitirasizlar, ikki tovuqni olasizlar. Boşqasi “Öraga siçqon tuşdi – guldur-gup!”

– Guldur-gup! – Şavkatning Mapiy tilga olinganda mutlaqo tiskinmagani hamişa xavfli işlarga xumorvoz Hamroga yoqib tuşdi. –  Ketdik!

Hamro şahd bilan yöl boşlagan bölsa-da, boşqalar biroz işonçsizlik bilan qözğaldilar.

– Yana bir gap çiqib qolmasin, – Komil bu yerda qandaydir yomon iş bölişi mumkinligini taxmin qildi. Qörqqanidan ovozi ham sal-pal qaltirab çiqdi. – Matqurbon oğa bilib qolib…

— Ayyy, – Hamro Komilning kallasidan “şapka uçirdi” – yengilgina harakat bilan Komilning boş kiyimini urib tuşiradigandek xarakat qildi. – Qörqavarmasang-a!

– Bir gap bölsa, seni aytaman, – Hamroga çaqçaydi u. – Yaxşi, yaxşii…

Şavkat örindiqlari olib taşlangan “Zaporojets”ga tört yigitni tiqib fabrikaning bir çekkasiga olib bordi. Hamma yerni oqboş, yontoq va qamiş bosib yotganligi bu yerlarga bu yaqin orada odam oyoği tegmaganligidan darak berar edi.

– Daa, – dedi Hamro tevarak-atrof­­ga hayron tikilar ekan. – Fab­rikaning ikkinçi sexi qurib boş­landi, deb eşitgan edik. Ina, niçik akan ikkinçi sex.

Haqiqatan ham bu yerda fabrikaning ikkinçi qismi, katta majmua qurilgan, hamma narsa işga taxt bölib, faqat uning oçiliş marosini taşkil etib, qizil lentani kesişgina qolgan edi. Ammo şu yerga kelganda yurt ağdar-töntar bölib, bu bölak işga tuşmay qolgan va mana yillar davomida asta-asta çirib bitmoqda edi.

— Bugungi işimiz, – dedi Şavkat qamiş bosib yotgan binolarga işora qilib. – Ina şu gaz trubalarni uç metr­dan 10-15tasini kesib, “Zappi”ning ustina taxliyiz.

—  Birov kep qolsaa, – Komil qoş­larini  kerib turganlarga bir-bir qarab çiqdi. – Hammamizning ketimizga tepadilar.

– Heç kim kelmiydi, heç kim tiymiydi, – Şavkat ularning har biriga avvaldan tayyorlab qöygan temir kesadigan mayda tişli arralarini tutqazdi. – Agar mabodo birov kelib qolganda ham vetvraç Şavkat aytdi, ina, ustimizda turibdi, deb meni körsatib turaverasizlar. Boşqasi bilan işingiz bölmasin. Har qaysingizga ikki tovuq, ina, moşinda tayyor turibdi.

Yigitlar avval hayiqib, u yoq bu yoqqa qarab, qörqa-pisa iş boşladilar.

–  Tez-tez bölinglar! – dedi Şavkat. – Yarim soatdan sal köp vaqtimiz bor. Men hozir kelaman

– Nn…nerga?! – söradi Komil qörqqanidan tişlari takkillab. – Birov kep qolsaa..

– Heç yerga ketmiyman, anavi zdaniyening orqasini körib kelaman, – dedi Şavkat Komilning çumçuqyurakligidan istehzoli kulib. – Keç-peçda köçaga ham çiqmasangiz kerak.

– Çiqadi! – Xoxolab kuldi Hamro. – Qurvonjon bilan birga çiqadi.

– Ayy, xarropp, –  dedi Komil tirişib. – Özingning xotiningga mahkam bölavar.

– Xo-xo-xoo!

Şavkat jangal, tikan, şöra va qamişlarni oralab ulkan binoning orqa tomoniga ötdi. Şör oçgan, pölsildab yotgan maydonda ulkan maşinalarning izlari bisyor edi. Bu yerdagi binolar kalamuş kemirgan piş­loq bölaklariday bir boşdan yemirib, köçirilayotgan edi. “Bular beş-ön metr trubadan qörqib ötiribdilar”, öyladi u uning topşiriği bilan işlayotgan işçilar haqida. “Eh, işçi xalqi baribir sodda böladi-da”.

U aylanib maşinasining oldiga kelganda yigitlar işni yakunlagan edilar. Yana tiqilişib “Zaporojets”ga mindilar. Ularni olgan yeriga tuşirar ekan, Şavkat ularning har biriga ikki tovuq solingan  xaltaça uzatdi.

– Ertang ham şu vaqtga tayyor bölinglar, – dedi u . – Ertang batariya olamiz. Oğirroq iş. Şuning uçun ertang har kimga uç tovuqdan.

– Hay, – dedi Komil. – Bularni qorovul sörasa novvi diymiz?

– Vetvraç berdi, denglar!

Şavkat öğirlik trubalar ustiga ortilgan “Zappi”sini olib borib töğri fabrikaning temir darvozasiga tiradi. Budkasida ötirgan qorovul “Zaporojets”ning ustiga namoyişkorona uyulib boğlangan trubalar haqida suriştirişni rejalaştirib örnidan oğir qözğaldi. Şavkat çözib signal berdi.

– Tez böl! – dedi Şavkat buyruq ohangida qörslik bilan. – Bu na qiymildomiysan?

Qorovul qanday çaqqonlaşganini özi ham bilmay qoldi. Tezlik bilan temir darvozani bir tomonga kuç bilan sura ketdi.

– Qözğal, qözğal! –  dedi Şavkat. – Uxlab yotibsanmi yo?

Maşina deyarli darvozadan çiqib bölgandagina qorovul öziga keldi.

– Bbu… na truba, ne yerga boryotir?

– Ulli “Kamaz”lar nerga borgan bölsa şu yerga! – dedi Şavkat. – Mahkam böl!

Şavkat maşinasini asfalt yölda şamolday yeldirib borar ekan, “Bu Matti mapiysini ham quyoşlamada yotmiydovun etaman”, dedi öziga özi.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan