Yurak bilan sirlaşaman jim

Muallif haqida:

Zumrad MAŞARIPOVA  — 1990 yil Yangibozor tumanida tavallud top­gan. Urganç davlat universitetining filologiya va sanʼat fakultetini bitirgan. 2022 yilda Alişer Navoiy nomidagi Toşkent davlat Özbek tili va adabiyoti universiteti magistraturasini tamomlagan.

Respublika yoş ijodkorlarining Zomin seminari iştirokçisi. Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindori.

Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi aʼzosi.

 

YOR

Içsam, mast qilar debsiz,

Qimizga mengzabsiz, yor.

Vo ajab, ğunça labni

Qirmizga mengzabsiz, yor.

Izhoringiz bunça köp,

Yurakni tuzlabsiz, yor.

Özni yengmoqlik uçun

Özgasin izlabsiz, yor.

Könmay yurak mayliga,

Kirmay sevgi sayliga,

Boş egmay biz Layliga,

Oson yöl izlabsiz, yor.

* * *

Tun çekinar kipriklarimdan,

Közlarimdan taraladi nur.

Butun borliq uxlaydi sokin,

Sen uyqudan olasan huzur.

Jon olaman xotiralardan,

Yurak bilan sirlaşaman jim.

Hatto raşkim qözğatar mening,

Tuşlaringga kirgan allakim.

* * *

Jiringlasin telefon tinmay,

Tez-tez yöqla, holim sörab tur!

Vujudimga kirgan harorat

Közim uzra soçib tursin nur.

Şu simlarda taratgin mayli

Ovozingning jaranglarini.

Men qoğozga soçaman endi

Hayajonning bor ranglarini.

* * *

Söz dema!

Sözlama!

Sözlatma!

Izlama!

Izlamam,

Izlatma!

Men faqat muhabbat istayman,

Qalbimni tuzlama!

Tuzlatma!

Sevolsang özingdan tonib sev!

Çöğida qovrilay, yonib sev!

Çanqasang işq mayin tutqazay,

Sevgida men senga yutqazay.

Artib qöy közlarim namini!

Öçirma işonçim şamini!

Bas endi sabrlar çarçadi,

Töldirgin könglimning kamini.

Bilsayding sensizlik yomondir,

Bilaman mensiz ham omonsan.

Yoding heç osoyiş bermaydi,

Ey, Yaxşi,  ne sabab yomonsan?

 

* * *

Tilimning uçida uçadi bir söz,

Sukunat içida saqlaydi sukut.

Qoşingga boraman, piçirlaydi köz,

Tuşlaring eşigin oçiq qöy-da, kut.

* * *

Menga yetguningça tökilaman, yor,

Bittalab terasan bölaklarimni.

Maʼyus nigohimga tikilib abgor,

Tuşuna olmaysan tilaklarimni.

Senga intiluvçan barg edim, sen-çi,

Bahor gullariga tikilding muştoq.

Umring xazon kabi bölganda zard  tus,

Bahorga dönaman gul kabi oppoq.

* * *

Dalalarning yuzini yelpib,

Silkinadi yetilgan boşoq.

Buğdoylarning hididan sarmast

Kuy çaladi yaproqlar maşşoq.

Yuragimni ezaman tinmay

Öz işqimning tegirmonida.

Ötdan çiqib qizarar keyin,

Non  özbekning dasturxonida.

USTOZ

Soçimda sudralib kezadi soğinç,

Soçilib ketadi yöllarga yillar.

Dars tugar, darsxonam nafas olar tinç,

Har tomon tarqalar nur töla dillar.

Men yana ertani kutaman muştoq,

Horğin nigohimni kuldirmoq uçun:

Quyoşdek nur soçib, yuragi oppoq

Toza varaqlarni töldirmoq uçun.

* * *

Boşimizdan yoğib ötgan yoğişmidi?

Par bulutning dardlarini soğişmidi?

Ivib ketdim, anglolmadim maqsadingiz,

Ağyorlarning sözlariga oğişmidi?

Oqib ketmay, izga qaytmiş armonlarim,

Xazon yangliğ yuzga qaytmiş armonlarim.

Sizdan keçib, yana sizga qaytdim takror,

Özdan keçib, özga qaytmiş armonlarim.

* * *

Kulişni unutdim, kulmay qöydim, yor,

Har kuni ming ölib, ölmay qöydim, yor.

Bağriga çorladi xazonrez boğlar,

Sizsiz göşalarga kelmay qöydim, yor.

Armonlar arimay qoldi  yurakdan,

Hijronning daştidan jilmay qöydim, yor.

Soğinçlar quyilgan qadahlarimdan

Siz ham içib köring, bir may quydim, yor.

Gadoga aylandim mehr tilanib,

Dilni devonaday tilmay qöydim, yor.

Özimni unutdim toşga aylanib,

Mehr nimaligin bilmay qöydim, yor.

Kelişingiz kutdim uzun keçalar,

Könglim darvozasin ilmay qöydim, yor.

Sizni sarson qildi qaysi köçalar?

Men ham iltifotlar qilmay qöydim, yor.

Boşimda boşim yöq, quyoşsiz kökman,

Tölin oy misoli tölmay qöydim, yor.

Bemajol tanamga keraksiz yukman,

Har kuni ming ölib, ölmay qöydim, yor…

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan