Hijronlar tökilar kuz sandiğidan
Jahongir NAMOZOV
Muallif haqida:
Jahongir NAMOZOV — 1997 yilda Pop tumanida tuğilgan.
Ijod namunalari yigirmadan ortiq davlatlarda çop etilgan. Özbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti talabasi.
“Juntos por las Letras” Argentina xalqaro yozuvçilarning Özbekiston böyiça faol aʼzosi va işçi guruh koordinatori. Turkiya davlati “SIIR SARNICI” elektron jurnalining Özbekiston böyiça vakili.
Turkiyaning xalqaro “Gözal Alaniya” mukofoti sohibi.
“Içimdagi isyonlar” deb nomlangan şeʼriy kitobi, “GÜNEŞ NEFESİ” Turkiyaning “Baygenc” naşriyotida uning tarjimasida “Mujde” (tarjima) şeʼriy töplamlari, hammualliflikda “Muqaddas maskan” tarixiy kitobi çop etilgan.
Içkin iztiroblar, içkin tuyğular,
Keskin qarorlar-u keskir qayğular.
Aççiq köz yoşlar-u zahar kulgular,
Yuragimga oğir botmoqdadir kuz.
Oğirdir oldinga qadam taşlamoq,
Ruhim yaradordir, qalbim ming yamoq.
Olamda odamdek baxtli yaşamoq,
Yuragimga oğir botmoqdadir kuz.
Bağrim tilkalaydi boğlar suroni,
Könglimda bir ulkan toğlar töfoni.
O, mening yoz bilan ayriliş onim,
Yuragimga oğir botmoqdadir kuz.
Marjonlar tökilar köz sandiğidan,
Oğir jarohat yöq, söz çandiğidan.
Hijronlar tökilar kuz sandiğidan,
Yuragimga oğir botmoqdadir kuz.
Balandidan köpdir pasti dunyoning,
Bir kami tölmaydi asti dunyoning.
Şaydosi bölib men masti dunyoning,
Yuragimga oğir botmoqdadir kuz.
Samoga talpinib örlar tutunlar,
Şiddati yuksalib gurlar tutunlar.
Mening peşonamda şörlar tutunlar,
Yuragimga oğir botmoqdadir kuz.
Dardlarim xazondek soçib yubordim,
Vaqt böldi, sirlarni oçib yubordim.
Judayam sevganim uçun bahorni,
Yuragimga oğir botmoqdadir kuz.
* * *
Özimni angladim, Özini tanib,
Bu dunyo foniydir, sevgi asriydir.
Yomğirlar söradim, örtanib-yonib,
Köz yoşlari yoğdi Hasan Basriyning…
Özimni yöqotdim bir hol içinda,
Jununiy iztirob, ravzai ozor.
Ruhingni tobla deb işqning kuçida,
“Malomat” qil derdi pir Hamdun Qassor.
Tört tomonim Qibla, har yon yoruğlik,
Sarxuşman, samoning işqida yodim.
Işqda huşyor bölgil, uyğoq böl deya,
Ovoz berar edi Junayd Bağdodiy…
Yöllarim işq bilan yaşillanardi,
Davraga çorlardi “Zikri davron”i.
Ruhimga sabrdan dars berar edi,
Şayx ul-Abdulqodir Jiloniy.
Oçilardi bir-bir samoviy sirlar,
Dunyoni tanirdim yanada köproq.
Közlarim qamaşdi, yoğilib nurlar,
Bir nazar qilgandi Najmiddin Kubro.
Uzilib boryapman özimdan-özim,
Osmonim yam-yaşil, bir gözal moviy.
Tasbehga aylandi endi har sözim,
Duolar qilgandi,
Ahmad Yassaviy…
TUYĞULAR
Boğlandim orzular zanjirlariga,
Keragidan ortiq qöyib ehtiros.
Işq bormi, könglimda umrimda meni —
Men bilmay kimlarga qilyapman ixlos?..
Havaslandim, dilda jöş urdi tuğyon,
Kuçaydi nafsimning şamollari ham.
Qalbimda ğalayon, ruhimda isyon,
Maʼyusman, mahzunman, şu qadar mubham…
Tuyğular töfondek toşadi tinmay,
Taşbehlar, şeʼrlarim söz ögirmasi.
Nahot, öz-özimga keldim böysunmay,
Endi mendan aslim yuz ögirmasmi?
Har bir daqiqamni sözlarga yozdim,
Har ötgan kunimni ayladim kitob.
Qayğu-şodligimni hisob qildim-u,
Hali ham özimni qilmadim isloh.
Bildimki, angladim barisi sarob,
Barisi dunyoviy ötkinçi dardim…
Işqdan bunyod bölgan köngil ham xarob,
Işqning tunlarini uxlab ötkazdim…
Aldanib aldamçi xayollarimga,
Besamar ötdi-ku bahor-u yozlar.
Muazzinlar azon çaqirganida,
Ziyraklikda mendan özdi xörozlar…
* * *
Osmonning soçilgan yulduzlarini,
Barini közimga olaman töplab.
Qondirib ruhimning çanqoğlarini,
Oyning nurlarini içaman höplab…
Tun — mening işq bilan visolim erur,
Tun — mening umidim ertangi kundan.
Könglimda özgaça ilohiy surur,
Sim-simlar oçilar tungi afsundan…
Tun — mening gunohim böyagan zulmat,
Tun — mening Tangriga iqrorim, tavbam.
Tun — bu men anglagan eng gözal hikmat,
Tonglari ruhimga tökilgan şabnam…
* * *
Sozanda şamollar çalib sozini,
Sokin qöşiğini kuyladi yomğir.
Tugatgunça kökda oy pardozini,
Quyoş ham uyqudan uyğondi oğir…
Uyğotgiç soatlar bong urar: “Uyğon!”
Kim uyğoq, mudroqda qaysidir odam.
Bilsang özing qafas, bilsangdir öy-ğam,
Özing ur, hayotga qöşilgin sen ham…
Közingdagi ğamning közini yoşla,
Yuragingdan hayda, mungli unlarni.
Işonç bilan şahdam qadamlar taşla,
Möʼjizaga töldir har bir kunlarni…
* * *
Daryolar bağriga çorladi meni,
Quçoğiga oldi, yam-yaşil suvlar.
Közim qamaştirdi, kuydirgi quyoş,
Soyamni suvlarda yugurdim quvlab…
Oqdim oqinlarning oraliğida,
Suvlar men közlagan joylarga eltdi…
Tomiri qurigan kunning tiğida,
Yuragim suvlarda yaşillab ketdi…
Şönğidim, daryoning tub-tubigaça,
Tani-ruhim qadar qaʼriga kirdim…
Qanisan, bormisan, köriniş ber deb —
“Suv parisi”, körin, çiq deb hayqirdim…
Yondirsin, mayliga oftobning tafti,
Yuragi mehrga isisin dunyo.
Quyoşda yuragi qizigan vaqtning,
Hovurini bosib qöyadi daryo…
* * *
Ilhom olib quyoş haroratidan,
Şarqiroq soylarga şeʼrlarni yozdim.
Şudringlar tökilib avgust bağriga,
Kuni tugab bitmoqda yozning…
Maʼyus bir böşliqqa tölmoqda borliq,
Kunlar qisqarmoqda çözilmoqda tun.
Ovozi pasayar çigirtkalarning,
Kaltakesaklar ham öqimas afsun.
Million darajada yongan yuragim,
Olovlar tölgandir könglim jomiga.
Sipqorib içaman, töyib içaman,
Yozning sönggi kunin kuz oqşomida…

