Çölpon
Tuşlarimga kiradi Çölpon,
Bilmam nening ğamini yeydi?
Diyor Rahmon, uxlama, uyğon,
Mudroq xalqqa şeʼrlar yoz, deydi.
Işqalayman közimni mahzun,
Xalqnikidek mudroq ketmaydi.
Men Çölpondek yozişim uçun,
Jismimdagi mador yetmaydi.
Lek köksimda erk urib tuğyon,
Qöllarimga qalam tutadi.
Çölpon ruhi tegramda giryon,
Mendan ham köp alam yutadi.
Ötkir qalam, elimday ojiz –
Qoğoz bağrin tirnab boradi.
Haqiqatni yozmasam xolis,
Dard dilimni tiğlab yoradi.
Bir men aytsam oğirlik qilar,
Qora xalqning xomtalaş haddi.
Qaçonki el özligin bilar,
Şundagina yuksalar qaddi.
Yozsam, qalam çarsillab ketsa,
Nima qilay, ayt, Çölpon bobo?
Fiğonlarim Ollohga yetsa,
Qayta tiril, qayt, Çölpon bobo!
Yuragimda joylaşib Çölpon,
Bilsam, yurtning ğamini yeydi.
Diyor Rahmon, sergak böl, öğlon,
Men tirildim, men senman, deydi.
Jurnalist
Jurnalistning yölin tösmanglar,
Xalq dardini aritmoqçidir.
Qalam tutsa, qölin kesmanglar,
Haqiqatni yoritmoqçidir.
Haqiqat yöq dema, birodar,
U bor, asli majruhdir faqat.
Jurnalistlar uni tuzatar,
Öz vijdonin uyğotsa, albat.
Diyorbek RAHMON,
ÖzJOKU 2-bosqiç talabasi.
