Sening kelişingga köz tikdi könglim
Muallif haqida:
Muhammad ISMOIL — 1964 yil Sirdaryo viloyatining Xovos qörğonida tuğilgan. Ilk şeʼriy töplami “Tazarru saodati” 1991 yilda çop etilgan. Şundan söng “Tasavvur çiziqlari” (1998), “Köngil mulkiga safar” (2001), “Sahroyi gullar” (2001),“Siz hamon öşasiz” (2003), “Sizni sevmay böladimi?” (2005), “Bahorning eng sönggi lolasi” (2006), “Çiroylisan, tengi yöq” (2007), “Köksimni kuydirgan alanga” (2008), “Osmon töla orzular” (2011), “Meni kuçliroq sev” (2012), “Osmoningdan uzilma, ey dil!” (2014), “To sönggi nafasgaça” (2015), “Millat yuragining durdonalari” (2016), “Gapning qisqasi yaxşi”, “Oyga osilgan bayroq” (2018), “Atrofingda men sarson” (2019), “Menga söz bering” (2020) “Taraddud”, “Muhabbatning Vatani” (2021) singari 19 nomdagi kitobi 100 mingdan ortiq nusxada çop etilgan. Şeʼrlari hind, turk, belarus, rus, ingliz, turkman, qozoq, qirğiz, qoraqalpoq kabi tillarga tarjima qilingan.
Muallif asarlari asosida “Izğirinli kunlarning biri”, “Qismat”, “Oy çiqmagan oqşom”, “Yangi oy çiqqan keça”, “Mohinur”, “Atirgul”, ”Antiqa debyut”, “Baloğat bekati”, “Yulduzsiz osmon”, “Qalbim ardoği”, “Vasiyat” kabi filmlar ekranlaştirilgan. Ikki yuzdan ortiq şeʼrlari xonandalar tomonidan qöşiq qilingan.
Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi aʼzosi.
HAYOT ÖZI ŞUNDAY
Yangi yil bazmida döstlar böldi jam,
Davra kengligidan quvonçga töldim.
Kelgan döstlar jondan aziz bölsa ham,
Sening kelişingga köz tikdi könglim.
Eşikka qaradim dilda iltijo,
Nogahon çaraqlab kelasanmi deb.
Barçani husningga etib mahliyo,
Davra malikasi bölasanmi deb.
Kelsang, közlaringga boqardim şodon.
Bir zum nari ketmas edim yoningdan.
Men uçun bölarding eng aziz mehmon,
Eʼzozlab joy berar edim jonimdan.
Balki raqs tuşarding, keng davra böylab,
Yo şeʼrlar öqirding sevgi haqida.
Kökka uçar edim, yuragim öynab,
Ötli sözlaringning alangasida.
Balki yoqdimi deb körsatar eding,
Yangi tikilgan oq köylaklaringni.
Yaraşdimi deya öynatar eding,
Husningni oçgan soç turmaklaringni.
Men-çi atrofingda girdikapalak,
Boşingga dastalab gullar soçardim.
Şodlik va quvonçga tölardi falak,
Sevgidan mast bölib, esdan ozardim.
Ammo sen kelmading. Şundaydir hayot,
Begonalar bizga doim yor, hamdam.
Körinamiz har dam baxtiyor, hayhot
Kelmagan bölsa ham biz kutgan odam.
BILMADIM
Bilmadim ertaga yana bormanmi,
Vaznsiz böşliqda tirik xormanmi,
Yana öz qarşimda özim dormanmi,
Bilmadim umr ne, nimadir hayot?
Özingni anglamoq oğir dard ekan,
Köngil qanoatsiz, qönimsiz garçand,
Har kun olov keçib yurmoq şart ekan,
Bilmadim umr ne, nimadir hayot?
Qismat böysundirdi, çorasiz çökdim,
Har kun mehnat qildim, har kun ter tökdim,
Ğurbatsiz biror on, biror dam yöqkim,
Bilmadim umr ne, nimadir hayot?
Yurak, qayğulardan özingni tiygin,
Ollohni sev, özga sözingni tiygin,
Bu dunyodan yuz bur, közingni tiygin,
Bilmadim umr ne, nimadir hayot?
BIR YULDUZ OSTIDA
Qay sözni sözlasak, sözlarimiz bir,
Qay işni közlasak, közlarimiz bir.
Bir yulduz ostida tuğilgan kabi,
Qoş-u kiprigimiz, yuzlarimiz bir.
Yuragimga boqsam sizga öxşaydi,
Meni tinç qöymaydi, sizni öylaydi.
Kötarib yuribman sizni köksimda,
Ikki qalb bir-birin quçib töymaydi.
Qaçondir yöqotib topganimmisiz?
Mening bir bölagim, bir tanimmisiz?
Qaçondir ikkimiz bir odam bölib,
Qaytadan bir bölgan badanimmisiz?
Hurlar öqiganmi nikohimizni,
Taqdir etganmi bir bölmoğimizni?
Bizning bir-birimiz uçun tuğilib,
Bir-birimiz uçun ölmoğimizni.
Kimlarga qolsa gar qaratmas edi.
Işq sarob bölsa, nur taratmas edi.
Tangrim bizni bunça suymasa agar,
Yerda muhabbatni yaratmas edi.
Har inson işq bilan turmuşin qursin,
Muhabbat to dunyo turgunça tursin.
Dunyoda jamiki oşiqlar sevsa,
Siz va mening kabi sevişib yursin.
* * *
Ketmoqdasiz,
Men özimni yöqotganman,
Bir tözim yöq.
Ne qilarim bilolmasdan
Karaxt, lolman.
Izlayman-u, axtaraman
Es-huşim yöq.
Meni taşlab qaylargadir
Ketib qolgan.
Endi ortga qaramaysiz,
baxtli böling!
Fariştalar aytib yursin
Tilagimni.
Mendan köra sizni köproq
Suyar edi,
Eslab qöying,
Sizga bandi yuragimni.
Ketmoqdasiz.
Qayga boray man?
Boğlab ketdingizmi közimni?
Tört tarafga öt yoqmoqdasiz,
Ayting,
Qayga qöyay özimni?
KEÇIRDIM
Kun bermay keldilar, keçirdim doim
Keçirdim na gina, na arazim bor.
Kuçsiz qilib qöyma meni, Xudoyim,
Kuçsizlar keçirmay böladilar xor…
* * *
Qara, osmon qanday besarhad,
Kökda oppoq oy suzib yurar.
Xayolimda abadul-abad,
Çehrang şu oy singari turar.
Yer yuzida qoldirmay belgi,
Bir kun tanni tark aylasa jon.
Kökda qolar bizlarning sevgi,
Hamda şu oy, yulduzli osmon.
ŞAHZODA
Şaʼningga şeʼr bitay desam,
Alanga oldi-ku qoğoz.
Husningni madh etay desam,
Zabonimdan çiqmas ovoz.
Odam zoti şunça gözal,
Dilni şunça eturmi rom.
Aʼlo nursan, hur, mukammal,
Huşu aqlim olding, tamom.
Oh, bitmoqqa dildagi rozim,
Navoiyday yozmoğim lozim.
ŞOIR
Yuragini yorardi,
Ğalayonlarning ahdi.
Umri ötib borardi,
Sönib borardi şahdi.
Kötarolmadi isyon,
Taqdiriga berdi tan.
U şeʼr bitmagan qoğoz
Oq qoldi misli kafan.
…Şoir istagi erkdir,
Tangrim uni qilma xor.
Şaraf bayroği erur,
Şoirlar osilgan dor.
Men yuksak çöqqida turibman hamon
Yiqilsang, kimdir köp siqilma deydi.
Kimdir, endi bizga tiqilma, deydi.
Kimdir, taqdirga tan bergisi kelmay,
Ayb sening özingda, yiqilma deydi.
Tomoşa qilaman çarxi olamni.
Har inson ötkazgan alamni, ğamni.
Bu dunyo çarx kabi aylanar ekan,
Yiqitib köradi har bir odamni.
Şon-şuhrat, gul berib sinaydi Xudo.
Taxt, hurmat, pul berib sinaydi Xudo.
Aslo yiqilmasman deya öylama,
Çoh töla yöl berib, sinaydi Xudo.
Ey, meni yiqildi, degan olomon.
Meni kökda körib, bölmang heç hayron.
Jisman yiqilsam-da, ruhan buyukman,
Men yuksak çöqqida turibman hamon.
XAYR DEMANG, ONAJON!
Ketayapman.
Böling soğ, omon.
Dilni tökdi ğussalaringiz.
Nega xayr deysiz, onajon,
Bunça çökdi jussalaringiz?
Xayr demang, yöq-yöq, Onajon,
Yöq, rizolik söramang ortiq.
Undan köra sörang mendan jon,
Men jonimni etayin tortiq.
Qartayibsiz.
Közim öyar ğam.
Jazolama, kökda qodir Zot.
Xudo, bergin onamga malham,
Yana bir yil baxş etgin hayot.
Har dam uçun şukrona aytay,
Har dam uçun bölay qarzdor.
Har dam uçun boşim kötarmay,
Sajda qilay toki onam bor.
Unga ön yil umr ber, Tangrim,
Unga yuz yil hayot ber, Xudo.
Mukka tuşib ming yil sörardim,
Ming yil bizni etmasang judo.
Yolvoraman har yon urib boş.
Zor-zor titrab, bözlayman nolon.
Ayriliqqa berolmayman doş,
Xayr demang, yöq-yöq, onajon!
Ketayapman, ammo bilaman,
Ayirasan bizlarni bir kun.
Tiriklayin dorga ilasan,
Kök yuzini qoplar qaro tun.
Bizni boğlar yerdan Xudoga
Ona bergan jonning riştasi.
Ona loyiq mangu duoga,
Ona Yer-u kök fariştasi.
Yuragimning bor hujayrasi,
Közim, qalbim, tanimdagi jon.
Yolvoradi barça-barçasi,
Xayr demang, yöq-yöq, onajon!
Yurak çiqsin qinidan azot,
Mayli çiqsin köz xonasidan.
Ayrilmasin ammo heç bir zot,
Volidasi, öz onasidan.
Yöq, söramang rozi-rizolik.
Qulayapman göyoki jarga.
Qarşimdadir göyo judolik,
Zulmatga men göyo badarğa.
Göyo endi yöqlikda umrim,
Bir yil, ön yil turar osilib.
Qayğulardan qorayar turqim,
Qora tunlar nuqsi bosilib.
Gar suv bossa Yerning yuzini.
Bu ofatga şay yaşar inson.
Onasiga “Xayr” sözini,
Ammo ayta olmas heç qaçon.
Xayr demang,
aslo, Onajon…
* * *
Ayozli kun aylandi,
Bulutli kun buraldi,
Körinarli,
tuşunarsiz
Könikmalar yaraldi.
Arça bargi şapaloq,
Bargda laxtak qor.
Tanazzulda yaşamoq,
Yaxtak-yaxtak or.
Hö, sovuqda muzlab qolgan
Nur, şovqin-u soyalar
Tuşib mahkum ahvolga,
Sarxuşlikni soğinar.
Hey,
Havo ilgagiga,
Yuragimni osaman!
Olib ketsin keragiça,
Kimki ötsa köçadan!
Musiqaviy xayol, yohu,
Baxt kuyini taratdi.
Samoviy işq sarob, oğu,
Nega uni yaratdik?
Şunday böldi.
Toki sevsam,
sizga qaytar yöllarim berk.
Sevmaslikka qöymas ammo,
Ruhdagi kuç,
dildagi erk.
