Yutuqlar salmoqli, rejalar esa yanada yuksak

Keyingi yillarda yurtimizda taʼlimga eʼtibor va yoşlarga ğamxörlik davlat siyosati darajasiga kötarildi. Ayniqsa, sönggi olti-yetti yil içida oliy taʼlim tizimida amalga oşirilayotgan ulkan islohotlar ham buning yaqqol dalilidir. Uluğ jadid bobolarimiz bejizga: “Najot taʼlimdadir”, deyişmagan. Muhtaram yurtboşimiz bu fikrni rivojlantirib: “Najot — taʼlimda, najot — tarbiyada, najot — bilimda, çunki barça ezgu maqsadlarga bilim va tarbiya tufayli erişiladi”, deganlarida ham taʼlim sohasidagi islohotlarni izçillik bilan amalga oşirişga daʼvat qilgandilar. Albatta, bu fikrlar oliy taʼlim tizimiga ulkan masʼuliyat yuklaydi. Çunki oliy taʼlim muassasalarida öqiyotgan talabalar ertaga yetuk kadrlar bölib yetişişi lozim. Bu öz-özidan bölib qolmaydi. Maqsad faqat “oliy maʼlumotli” degan diplomni tarqatiş emas, balki mamlakatimiz iqtisodiyoti rivojiga munosib hissa qöşadigan serğayrat va bilimdon yoşlarni tarbiyalaşdir.

Jizzax politexnika instituti ham bu masʼ­uliyatni öz zimmasiga olib, taʼlim sohasida yangiça işlaş tizimini joriy qildi. Ayni paytda institutda har bir öqiyotgan talaba bilan individual işlaş yölga qöyilgan. Bu öziga xos uslub. Çunki taʼlim olişni öz holiga qöyib bölmaydi, hamma talaba bir maromda, bir xil saviyada özlaştiradi deb öylaş ham xato. Şuning uçun talabalar bilan individual işlaş tizimini joriy qilganmiz. Agar biror talaba ortda qolayotgan bölsa, nega orqada qolyapti, sababi nimada, unga qanday yordam beriş kerak, degan masalalarga institutimiz jamoasi alohida eʼtibor qilyapti. Bu borada yutuqlarimiz salmoqli, rejalarimiz esa undan-da katta.

Jizzax politexnika institutida tahsil olayotgan talabalar yetuk mutaxassis bölib yetişişi uçun zarur şaroitlarni yaratiş, ularni nazariy va amaliy maşğulotlar bilan qamrab oliş darajasini kengaytiriş hamda sifatli dars ötilişini taʼminlaş maqsadida professor-öqituvçilarimiz tomonidan yaratilayotgan darslik va öquv qöllanmalar ham jahon standartlariga javob beradi. Tasarrufimizdagi quriliş laboratoriyalari, markazlar, qator sanoat korxonalarida talabalar nazariy bilimlarini mustahkamlaşi uçun yetarli şaroitlar mavjudligi ham havas qilsa arzirli yutuqlarimizdandir. Ayniqsa, har bir izlanuvçining loyihasini amalga oşiriş uçun yetarli mab­lağ, alohida işlaş xonalari ajratib berilgan. Şu jihatdan asosiy ştatdagi professor-öqituvçilar soni bir yilning özida 450 nafardan 512 nafarga oşdi. Öz navbatida ilmiy salohiyat ham 30,5 foizdan 32,5 foizga kötarildi. Institutda olib borilgan ilmiy-tadqiqot işlari natijasida 2023 yilning 8 oyi mobaynida professor-öqituvçilardan jami 27 nafari falsafa doktori (PhD) va 1 nafari fan doktori (DSc) dissertatsiyalarini muvaffaqiyatli yoqladi. Ularni yaqin oylarda 45 nafarga yetkaziş rejalaştirilgan.

Şuningdek, yil boşidan buyon 1 nafar öqituvçi professor, 25 nafari dotsent ilmiy unvonini olganligi ham ilmiy salohiya­timiz oşib borayotganligidan dalolat. Olib borilgan ilmiy-tadqiqot işlari natijasida yil boşidan 72 ta darslik, 121 ta öquv qöllanma, 32 ta monografiya, 15 ta ixtiro va foydali modellarga patent, 37 ta elektron dasturlarga patent guvohnomalari, 10 ta işlanmaning amaliyotga tatbiqi bö­yiça dalolatnoma olindi. “Scopus” xalqaro maʼlumotlar bazasidagi indekslangan jurnallarda jami 195 ta, xorijiy ilmiy jurnallarda 418 ta, OAK tasarrufidagi jurnallarda 290 ta, mahalliy konferensiya va xalqaro xorijiy konferensiyalar materiallarida 1107 ta maqola çop etildi.

Institutimizda 6 ta fakultet, 28 ta kafedra va bir qator bölimlar mavjud. Jumladan, 33 ta kunduzgi bakalavriat taʼlim yönalişi, 16 ta sirtqi taʼlim yönalişi, 16 ta magistratura mutaxassisligi, şuningdek, 2+2 qöşma taʼlim dasturi asosida 4 ta bakalavriat taʼlim yönalişi böyiça kadrlar tayyorlaş yölga qöyilgan. Şuningdek, institut qoşida ikkita texnikum, “Quriliş materiallarini sinaş va sertifikatlaş” ilmiy laboratoriyasi, “Loyihaçi quruvçilar malakasini oşiriş markazi”, kasb-hunar markazlari mavjud bölib, ular keng tarmoqli faoliyatning asosiy ustunlaridan sanaladi. Taʼlim beriş jarayonida 1- va 2-kurs­lar kredit-modul tizimi böyiça öqitişga ötildi. Barça fanlardan öquv, işçi öquv rejalar, fan dasturlari va sillabuslar töliq kafedralar tomonidan işlab çiqildi va bularning barçasi institut kengaşida tasdiqlanişi kelajakka işonçimizni yanada mustahkamlamoqda. Öquv jarayonining sifatini oşiriş maqsadida institutning uçta öquv binosidagi 145 ta auditoriya töliq kuzatuv kameralari bilan jihozlandi. 25 ta smart-televizor bilan jihozlangan xonalar, videodarsliklar yoziş uçun ikkita mediamarkaz, bitta AT inkubatsion markaz faoliyati yölga qöyildi. Onlayn maşğulotlar olib boriş uçun vebinar xonalar soni sakkiztaga yetkazildi. Yuz ellik dona yuqori quvvatli zamonaviy kompyuterlar xarid qilinib, magistrlar va talabalar tomonidan loyiha-konstruktorlik işlarini bajariş uçun öquv jarayoniga tatbiq qilindi.

Institut hududida 600 örinli törtta maʼruza zali barpo etilib, zamonaviy öqitişning texnik vositalari bilan jihozlanib, joriy öquv yili boşidan işga tuşirildi. Videomarkazlarda institut professor-öqituvçilari tomonidan 2023 yilning yanvar oyidan 1 avgustga qadar uç yuzdan ziyod maʼruza mavzulari böyiça videodarsliklar yozildi, 45 ta darslik, 69 ta öquv qöllanma yaratildi. Bu darsliklar, öquv qöllanmalarning barçasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi qoşidagi muvofiqlaştiruvçi Kengaşdan örnatilgan tartibda ekspertizadan ötkazilib, guvohnomalar olindi.

Şuningdek, joriy yil mobaynida 133 nafar rahbar-xodim va professor-öqituvçilarimiz oflayn va onlayn tarzda öz malakalarini oşirişdi. Joriy yilda “Kimyo”, “Kimyo­viy texnologiya” va “Yöl muhandisligi”, “Umumtexnika fanlari”, “Qişloq xöjaligi va oziq-ovqat texnologiyasi”, “Fizika”, “Quriliş materiallari va konstruksiyalari”, “Transport vositalari muhandisligi”, “Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi” kafedralariga xalqaro grantlar doirasida zamonaviy laboratoriya jihozlari olib kelindi.

Institut akademik litseyida iqtidorli yoşlarni saralaş va taʼlim sifatini oşiriş böyiça yöl xaritasi işlab çiqildi. Yuqori körsatkiçga erişgan 23 nafar öqituvçi va xodimlariga ustama haqi belgilandi. 10 nafar aʼloçi va jamoatçi öquvçilar institut rektorining stipendiyasi bilan taqdirlandi. Bundan taşqari litseydagi törtta kafedra professor-öqituvçilari öz yönalişlaridan kelib çiqib, institutning “Oliy matematika”, “Fizika”, “Ijtimoiy fanlar”, “Xorijiy tillar” kafedralariga biriktirildi. Şu bois ötgan öquv yilida akademik litseyning 91 foiz bitiruvçilari oliy taʼlim muassasalariga talabalikka qabul qilindi. Institut qoşidagi Paxtakor sanoat texnologiyalari va Şarof Raşidov politexnika texnikumlariga institut kafedralari tomonidan uslubiy yordam körsatildi. Qilinayotgan bunday ezgu işlar yoşlarning ilm olişga qiziqişini oşiradi, albatta.

Yuksak marralarni egallaş uçun xorijiy tajribani amaliyotga tatbiq etiş bugunning talabiga aylandi. Jizzax politexnika ins­titutida ham bu borada samarali işlar yölga qöyilib, köplab xorijiy oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlik aloqalari örnatildi. Jumladan, 50 nafar professor-öqituvçi va 2 nafar talaba ilmiy seminar, anjumanlar, konferensiyalar, amaliyot jarayonlari, laboratoriya maşğulotlari hamda vebinarlarni öz içiga olgan xorijiy safar va stajirovkalarda iştirok etişdi. Öz navbatida, 10 ta xorijiy delegatsiya ins­titutga keldi. Institutda Turkiyaning Uskudar universiteti, Rossiya Federatsiyasining Ural federal universiteti va Xitoy Xalq Respublikasining Nankin professional transport texnologiyalari institutlari bilan özaro hamkorlik töğrisida memorandumlar imzolandi. “Işlab çiqarişning texnik, muhandislik va texnologik muammolarining innovatsion yeçimlari” mavzusida ötkazilgan xalqaro ilmiy-texnik anjumanda esa 40 ga yaqin xorijlik iştirokçilar öz maqolalari bilan iştirok etdi.

Ötgan yil yakuniga köra, “UI GreenMetric” talqiniga asosan Jizzax politexnika ins­tituti dunyoda 327-örinni, Özbekiston oliy taʼlim muassasalari örtasida esa 1-örinni egalladi. Şuningdek, Buyuk Britaniyaning nufuzli xalqaro reyting taşkiloti — “Times Higher Education” agentligi tomonidan eʼlon qilingan “THE Impact Rankings” reytingida mamlakatimizning 47 ta oliy taʼlim muassasalari içida Jizzax politexnika instituti 17-örin, dunyo oliy taʼlim muassasalari orasida esa 1001+ örinni egalladi. Bu natija institut tarixida erişilgan eng nufuzli birinçi marra hisoblanadi.

Yuqorida ham taʼkidlaganimizdek, köp­lab professor-öqituvçilarimiz xorijiy stajirovkada bölib qaytişdi. Jumladan, “Elektr texnologiyasi” kafedrasi katta öqituvçisi Uçqun Mirzayev Özbekistondagi AQŞ elçixonasi tomonidan moliyalaştirilayotgan “Faculty Enrichment Program (FEP)” dasturi doirasida Amerika Qöşma Ştatlarida tört oylik malaka oşirib qaytdi. Fevral-mart oylarida yana bir kafedra öqituvçisi Ötkirjon Rahmatov Hindistonning “ITEC (Indian Technical and Economic Cooperation Programme)” dasturi böyiça texnik öqituvçilar malakasini oşiriş va tadqiqot milliy institutida “Texnika kasb-hunar taʼlimi böyiça trenerlar va rejalaştiruvçilar uçun elektronika böyiça könikmalarni rivojlantiriş” öquv kursi böyiça Hindistonning Tamilnad ştati, Çennay şahrida stajirovkada bölib qaytdi. Institut assistent öqituvçisi Davronjon Oripov Vengriyadagi “University of Debrecen”da bir yillik stajirovka va bitiruvçi talabalardan Loçinbek Xolmöminov hamda Asilbek Alimuhammedov “Budapest University of Technology and Economics”, “Budapest Business School — University of Applied Sciences” universitetlarida magistratura bosqiçida öqiş imkoniyatini qölga kiritişdi. Şuningdek, may oyida Innovatsion rivojlaniş agentligi tomonidan eʼlon qilingan “Yoş olimlarni xorijiy taşkilotlarga qisqa muddatli stajirovkalarga yuboriş” böyiça tanlov ğoliblari bölgan ikki nafar professor-öqituvçi Slovakiya Respublikasining Zilina universitetida ilmiy stajirovka ötab kelişdi. Ayni kunlarda Jizzax politexnika instituti “Energetika” kafedrasi professori Urişboy Yöldoşev boşçiligida 2 nafar assistent Xitoy Xalq Respublikasi Szyansu provinsiyasi Usi şahridagi quyoş panellari işlab çiqaruvçi “Wuhan Ooitech Trading Co.Ltd” kompaniyasida stajirovka ötaşmoqda.

Örni kelganda aytiş lozimki, xalqaro hamkorlikni yanada rivojlantiriş, tajriba almaşiş, qöşma ilmiy loyihalarni amalga oşiriş imkoniyatlarini kengaytiriş uçun rektorlar forumi yaxşi samara bermoqda. Öquv yili davomida şaxsan özim Qirğizis­ton Res­publikasining Bişkek şahrida bölib ötgan “Jahon rektorlar forumi”, Samarqandda ötkazilgan “Özbekiston — Rossiya 3-taʼlim” forumi, Qozoğiston Respublikasida bölib ötgan “Taʼlim sifatini taʼminlaş böyiça VI xalqaro Markaziy Osiyo forumi”, Fransiya poytaxti Parij şahrida ötkazilgan “Fransiya — Özbekiston ikkinçi taʼlim” forumi, Toşkent davlat iqtisodiyot universitetida “Özbekiston — Koreya oliy taʼlim muassasalari rektorlari forumi”, Özbekiston va Polşa oliy taʼlim muassasalari rektorlari iştirokidagi xalqaro konferensiya, Vengriya poytaxti Budapeşt şahrida “Özbekiston — Vengriya oliy taʼlim muassasalari rektorlari II forumi”da iştirok etib, mustahkam hamkorlik aloqalarini yölga qöyiş uçun ilk qadamlarni taşladik. Mazkur saʼy-harakatlar natijasi ham quvonarli böldi. Gap şundaki, Malayziyaning Kuala-Lumpur şahrida har yili ötkaziladigan “QS Higher Ed Summit: Asia Pacific 2023” doirasida QS reyting taşkiloti Osiyo universitet va institutlarining 2023 yil uçun reyting natijalarini eʼlon qildi. Unga köra, mamlakatimizning 14 ta oliy taʼlim muassasasi TOP-1000 talikdagi eng yaxşi universitetlar röyxatiga kiritildi. Joriy yilgi xalqaro tan olinganlik darajasini belgilaşda asosiy mezonlar — ilmiy-tadqiqotlar rivoji, taʼlim sifati, xalqaro hamkorlik, akademik mobillik sohalari böyiça Osiyo OTMlari reytingida 25 ta davlatdan qamrab olingan 856 ta oliy taʼlim muassasasi qatoridan Jizzax politexnika instituti ham joy oldi.

Zarur şaroitlar yaratilgan oliy öquv yurtida tahsil olayotgan talabalarimiz ham yutuqlarimiz salmoğini oşirişga hissa qöşmoqda. Ayniqsa, ularning davlat mukofotlari bilan taqdirlanayotganligi quvonarli. Jumladan, assistent Bekzod Tursunov hamda talabamiz Qoplonbek Safarov “Mard öğlon” davlat mukofoti bilan taqdirlandi. Birgina bu emas. 2022 yilda 5 nafar, 2023 yilda 6 nafar talaba davlat stipendiyalari sovrindorlari qatoridan joy oldi. Institutning iqtidorli talabalaridan ikki nafari “Mirzo Uluğbek vorislari” respub­lika tanlovida ğoliblikni qölga kiritdi. 2022 yil “InnoWeek.uz” doirasida “Tabiiy tolalar va matoga işlov beriş” kafedrasi öqituvçisi Farhod Sodiqov, joriy yilda esa talaba Ilyos Tolliboyev “Innovatsion ğoyalar yetakçisi” kökrak nişoni sohibi bölişdi. “Akademik harakatçanlik dasturini şakllantiriş, amalga oşiriş, moliyalaştiriş va monitoring qiliş tartibi töğrisida”gi Nizomda belgilangan talablarga muvofiq taşkil etilgan tanlovda Jizzax politexnika instituti professor-öqituvçilari “Pnevmotransport tizimida paxta xususiyatlarini örgangan holda tola yöqolişining oldini oliş nazariy qonuniyatlarini yaratiş” mavzusidagi (42 million sömlik) va “Maşinada terilgan paxta sifatini oşiriş maqsadida resurstejamkor takomillaştirilgan tola tozalagiç uskunasini yaratiş” mavzusidagi (37 million sömlik) hamda 2022 yilda Özbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlaniş vazirligining “Olima ayollar grantlari” taşabbuskor amaliy va innovatsion loyihalar tanlovi asosidagi “Yangi yaratilgan ğöza navlari aralaşmasidan mustahkam, raqobatbardoş tikuv iplari işlab çiqariş” mavzusidagi (724 million sömlik) amaliy loyihalari bilan qatnaşib, ğolib bölişdi.

Talaba-yoşlarni soğlom, vatanparvar, intellektual salohiyatli, yuksak maʼnaviyatli şaxs qilib tarbiyalaş, ularning böş vaqtlarini mazmunli taşkil etişga kömaklaşiş maqsadida institutimizda taşkil etilayotgan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarning örni beqiyos. Ayniqsa, sport musobaqalarining muntazam yölga qöyilganligi nafaqat talabalar, balki professor-öqituvçilar hamda xodimlarning ham soğlom turmuş tarzi faollaşişiga turtki bera oldi. Jumladan, institutda voleybol, futbol, stol tennisi, mini-futbol, basketbol, soğlomlaştiriş (fitnes), qöl töpi (gandbol), milliy kuraş, şaxmat, şaşka, kuraş, badminton, regbi, qöl jangi, dzyudo kabi sport tögaraklari faoliyati yölga qöyilişi ham ayni maqsadga xizmat qilmoqda.

Jizzax politexnika institutida kasbiga sodiq va yetuk mutaxassislar saboq berayotgani, ilmiy jamoaning har bir aʼzosi taʼlim sohasidagi yuksak masʼuliyatni çuqur his qilgan holda işga yondaşayotgani tufayli biz bugun şunday yuqori natijalarga erişmoqdamiz.

Alişer USMONQULOV,

Jizzax politexnika instituti rektori, texnika fanlari doktori, professor.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan