Kredit-modul tizimining afzalliklari

Uşbu  uslubning Özbekiston taʼlim tizimidagi ahamiyati haqida

Jahonda har qanday davlatning rivojlanişida sifatli taʼlim alohida örin tutadi. Şu bois mamlakatimizda asosiy eʼtibor taʼlimga, oliy taʼlim muassasalarining va öquv dasturlarining moslaşiş imkoniyatlarini oşirişga qaratilgan bölib, bunga erişiş uçun akademik va taşkiliy tuzilmani isloh qiliş, taʼlim metodlari va texnologiyalarni yangilaş, pedagogik jarayonni takomillaştiriş, öqituvçilar tarkibiy sifatini yaxşilaşga alohida urğu berilmoqda.

Mamlakatimizda milliy taʼlim tizimining xalqaro darajada tan olinişini taʼminlaş, xalqaro standartlar asosida öquv jarayonini taşkil etiş, milliy kadrlar tizimining xalqaro migratsion jarayonlarda öz mutaxassisligi böyiça işlaş imkoniyatiga ega bölişi, xalqaro reyting indikatorlari asosida oliy taʼlim muassasalari dunyoning nufuzli universitetlari qatorida eʼtirof etilişini taʼminlaş muammolari taʼlim tizimini tubdan isloh qilişni, oliy taʼlim muassasalarining akademik nufuzini oşirişni hamda milliy taʼlim tizimining xalqaro tan olingan kredit-modul tizimiga integratsiyalaş masalalarini hal qilişni taqozo etmoqda.

Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktyabrdagi Farmoni bilan tasdiqlangan “Özbekiston Respublikasi oliy taʼlim tizimini 2030 yilgaça rivoj­lantiriş konsepsiyasi”da oliy taʼlim jarayonlariga raqamli texnologiyalar va zamonaviy öqitiş usullarini joriy etiş, yoşlarni ilmiy faoliyatga keng jalb etiş, korrupsiyaga qarşi kuraşiş, kredit-modul tizimini joriy qiliş, öquv-rejalarda amaliy könikmalarni oşirişga qaratilgan mutaxassislik fanlari böyiça amaliy maşğulotlar uluşini oşiriş böyiça aniq vazifalar belgilab berildi.

Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 31 dekabrdagi “Oliy taʼlim muassasalarida taʼlim jarayonini taşkil etiş bilan boğliq tizimni takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida” 824-son qarori asosida “Oliy taʼlim muassasalarida öquv jarayoniga kredit-modul tizimini joriy etiş tartibi töğrisida nizom” tasdiqlandi. Unga köra, oliy taʼlim muassasalarida öquv jarayoniga Kredit töplaş va köçirişning Yevropa tizimi (European Credit Transfer and Accumulation System — ECTS) asosida taʼlimning kredit-modul tizimini joriy etiş tartibi belgilandi.

Kredit-modul tizimida öquv jarayonini taşkil etiş

Jizzax davlat Pedagogika universitetida ham 2020 yildan boşlab öqitişning kredit-modul tizimiga bosqiçma-bosqiç ötilmoqda. Kredit-modul tizimiga ötişning dastlabki bosqiçida kredit taʼlimining meʼyoriy hujjatlari işlab çiqildi, taʼlim dasturlari, öquv reja va öquv das­turlar kredit-modul tizimiga moslaştirildi. Öquv jarayonini taşkil etişda raqamli texnologiyalarga ötildi. 2020 yildan boşlab öquv jarayoniga Oliy taʼlim jarayonlarini boşqarişning axborot tizimi — “HEMIS” platformasi faoliyati yölga qöyildi. Bugungi kunga kelib öquv jarayonini taşkil qiliş bilan boğliq barça meʼyoriy jarayonlar “HEMIS” platformasiga ötkazildi. Jumladan, universitetda 30 ta taʼlim yönalişida 718 ta, 20 ta magistratura mutaxassisliklarida 247 ta fan ötilişini inobatga olib, jami 965 fan resurslari platformaga belgilangan tartib asosida joylaştirilgan. Masalan, maʼruza maşğulotlari uçun:

a) fanning tasdiqlangan sillabusi;

b) har bir mavzu böyiça maʼruza matni;

c) har bir mavzu böyiça taqdimot;

d) mavzularga oid asosiy adabiyotlar röyxati va foydali saytlar röyxati.

Seminar, amaliy va laboratoriya maşğulotlari uçun:

a) har bir mavzu böyiça dars işlanmasi;

b) mavzularga oid qöşimça maʼlumotlar (fan mohiyatiga köra keyslar yoki testlar banki, glossariy, qiziqarli savollar yoki taqdimotlar).

Öquv jarayoniga kredit-modul tizimi hamda raqamlaştirişning tatbiq etilişi taʼlim jarayonlarini boşqarişning optimal variantlarini amaliyotga joriy etiş zaruratini keltirib çiqaradi. Jizzax davlat Pedagogika universitetida ham “HEMIS” platformasi faoliyatining samarali yölga qöyilişi administrativ faoliyatda yangi boşqaruv mexanizmlarining öquv jarayoniga tatbiq etilişiga olib keldi. Universitetda 2022-2023-öquv yilidan boşlab talabalarga xizmat körsatiş tizimini samarali yölga qöyiş maqsadida Registrator ofisi faoliyati yölga qöyildi. Registrator ofisi tomonidan 2022 yilning özida 30 dan ortiq meʼyoriy hujjatlar elektron körinişida yuritilişi yölga qöyildi, 10 dan ortiq elektron xizmatlar soddalaştirildi. Natijada öquv jarayonini samarali boşqariş, maʼlumotlar aniqligi va öz vaqtida talabalar haqidagi kerakli maʼlumotlarni oliş imkoniyati vujudga keldi.

Anʼanaviy taʼlim tizimida professor-öqituvçilarning öquv yuklamasi auditoriya maşğuloti hajmidan kelib çiqqan holda belgilangan. Respublika oliy taʼlim muassasalari professor-öqituvçilarining öquv yuklamalari tahlil qilib körilganda ham, asosan, örtaça 900-1000 soatni taşkil etib, bu yuklamaning asosiy hajmini auditoriya maşğulotlari taşkil qiladi. Umuman, anʼanaviy taʼlimda öqituvçining öquv yuklamalari şunday taqsimlanganki, öqituvçi auditoriyadan-auditoriya tizimiga ötib qolgan. Yaʼni mavjud mezonlar öqituvçini kun böyi auditoriyaga boğlab qöygan. Bu esa professor-öqituvçilarning öz ustida işlaşiga, ilmiy faoliyat olib borişiga, talaba bilan auditoriyadan taşqari işlaşni taşkil qilişiga imkon bermaydi. Kredit-modul tizimiga ötiş orqali professor-öqituvçilar umumiy yuklamalarining kreditlarda belgilanişi, öquv yuklama hajmining kamayişi va köproq yuklama mustaqil taʼlim soatlariga ham berilişi taʼlim sifatiga hamda öqituvçining öz ustida, talaba bilan ham auditoriyadan taşqari işlaşiga imkoniyat beradi. Bugungi kunda Jizzax davlat pedagogika universitetida mazkur talablardan kelib çiqqan holda professor-öqituvçilarning öquv yuklamalarini optimallaştiriş orqali taʼlim sifatini oşirişga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Jizzax davlat pedagogika universitetida Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 31 dekabrdagi “Oliy taʼlim muassasalarida taʼlim jarayonini taşkil etiş bilan boğliq tizimni takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi 824-sonli qarori ijrosidan kelib çiqqan holda 2021-2022 öquv yilida öquv turidagi tadbirlar tarkibi va ularning soatlari eng kam miqdori öqitişning kredit-modul tizimi xususiyatlarini inobatga olgan holda mustaqil işlab çiqildi.

Universitet Kengaş qaroriga asosan Yevropa kredit tizimi talablaridan kelib çiqqan holda, 2023-2024 öquv yili uçun professor-öqituvçilarning yuklamalari miqdori 650-750 soatni taşkil etmoqda.

Umuman olganda, bugungi kunda oliy taʼlim tizimida kredit-modul tizimining joriy etilişi xalqaro taʼlim standartlarining milliy taʼlim tizimiga tatbiq etilişiga, respublika oliy taʼlim muassasalarining halqaro taʼlim muassasalari reytingida özining örniga ega bölişiga imkoniyat yaratmoqda.

Botir TÖXTAMIŞEV,

Jizzax davlat Pedagogika universiteti

öquv işlari böyiça

prorektori.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan