Intilişlarimiz ezgu maqsadlarga muştarak

Insoniyat paydo bölganidan buyon dunyo sir-sinoatlarini oçiş, hayotning past-balandini örganiş, özlikni anglaşga intilib kelgan. Mazkur izlanişlar har bir zamonda ham öziga xos va öziga mos natija bergan. Bu borada, ayniqsa, ilm dargohlari va ularda tadqiqotlar olib borayotgan olimlarning hissasi beqiyosdir. Bugungi kunda universitet deb ataluvçi oliy dargohlarda kelajak avlodga ilmning turli sohalari böyiça saboq beriş bilan birga, odamning oğirini yengillatiş, maʼnaviyatni rivojlantiriş, tabiat hodisalarini tadqiq etiş kabi masalalarda izlanişlar olib borilmoqda. Köplab universitetlarimiz ilmda erişayotgan olamşumul natijalari, yetiştirgan yetuk kadrlari bilan dunyo ahli eʼtirofiga sazovor bölgan.

Alohida taʼkidlaşni istardikki, yurtimizda faoliyat yuritayotgan oliy öquv yurtlari orasida Andijon davlat universitetining ham alohida örni bor. Mazkur universitetda faoliyat yuritayotgan akademik S.Zaynabiddinov, professorlar R.Şamsutdinov, I.Asqarov, R.Aliyev, D.Quronov, S.Mirzayeva kabi ustozlar yaratgan ilmiy maktablar, erişilayotgan natijalar nafaqat Özbekiston, balki dunyo ilm-fani rivojiga öziga xos hissa bölib qöşilmoqda. Jumladan, akademik S.Zaynabiddinov rahbarligida “Yarim ötkazgiçlar fizikasi”, professor R.Şamsutdinov boşçiligida “Özbekiston tarixi”, “Qatağon qurbonlari”, professor I. Asqarov rahbarligida “Tovarlar kimyosi va xalq tabobati”, professor R.Aliyev yetakçiligidagi “Qayta tiklanuvçi energiya manbalari”, professor D.Quronov rahbarligida “Adabiyotşunoslikning dolzarb masalalari” kabi sohalarda respublikada yetakçi ilmiy maktablar yaratilgan bölib, mazkur ilmiy maktablarda önlab ilmga çanqoq yoşlar öqib-izlanib, yetuk olimlar safiga qöşilmoqda.

Ayni paytda universitetimizda jami 34 ta ixtisoslik böyiça 217 nafar staj­yor-tadqiqotçi, tayanç doktorant va doktorantlar tahsil olmoqda va ilmning turli sohalarida izlanişlar olib bormoqda. Bundan taşqari, ayni paytda 9 ta ixtisoslik şifrlari böyiça ilmiy daraja beruvçi 7 ta Ilmiy kengaş faoliyat olib bormoqda. Uşbu Ilmiy kengaşlarda har yili respub­likamizning turli hududlaridan kelgan yuzdan ortiq tadqiqotçilar dissertatsiya işlarini himoya qilib, ilmiy darajali yetuk kadr sifatida eʼtirof etilmoqda.

Laboratoriya tajribalari bilan boğliq tadqiqot işlarida samarali natijalarga erişiş uçun esa universitetda mavjud kimyo, zoologiya va biokimyo kafedrasi va qayta tiklanuvçi energiya manbalari ilmiy laboratoriyasida ham zarur şaroitlar yaratilgan bölib, tegişli ixtisosliklar böyiça tadqiqot işlarini olib borayotgan professor-öqituvçilar, doktorantlar va mustaqil izlanuvçilar özlarining ilmiy-tadqiqot işi bilan boğliq tajribalarini ötkazib, erişilgan natijalar asosida qator ilmiy maqola va tezislar, monografiyalarini çop etmoqda. Joriy yilda laboratoriyalarda tadqiqot olib borayotgan xodimlarning 19 nafari falsafa doktori (PhD), 3 nafari fan doktori (DSc) dissertatsiya işlarini muvaffaqiyatli himoya qildilar.

Akademik S.Zaynabiddinov va professor D.Quronovlarning boş muharrirligi va umumiy tahriri ostida çop etib kelinayotgan ilmiy jurnallar respublikamizdagi ilm ahliga doimiy ravişda yuqori saviyadagi ilmiy maqolalar va ularning natijalari bilan tanişib boriş imkoniyatini yaratib bermoqda.

Tadqiqotçilarning ilmiy faoliyatga rağbatini yanada oşiriş maqsadida universitetning byudjetdan taşqari mablağlaridan “Scopus” hamda “Web of Science” maʼlumotlar bazalari jurnallarida eʼlon qilingan har bir maqola uçun mehnatga haq tölaşning eng kam miqdorining 1 baravaridan 5 baravarigaça, Top-1000talik OTMlarda ilmiy daraja olgan professor-öqituvçilarga yil davomida 30-60 foiz ustamalar, Xirş indeksi 3 va undan yuqori bölganda, şuningdek, har safar indeksi kötarilganda bazaviy hisoblaşning 10 barobari miqdorida, xalqaro patentlar uçun bazaviy hisoblaşning 15 barobari miqdorida hamda xalqaro til sertifikatlari uçun 15-20 foiz miqdorida yillik ustamalar joriy qilingan. Ötayotgan 2023 yilda universitetimiz professor-öqituvçilari tomonidan “Scopus” hamda “Web of Science” maʼlumotlar bazalarining 50ga yaqin jurnallarida maqolalar çop etildi, mazkur xalqaro maʼlumotlar bazalarida Xirş indeksi 3 va undan yuqori bölgan professor-öqituvçilar soni ön nafardan oşdi.

Olimlar va tadqiqotçilarning ilmiy jamoalari faoliyatini qöllab-quvvatlaş, ilmiy tadqiqot olib boriş uçun qulay şart-şaroitlarni yaratiş, yangi ilmiy maktablar taşkil qiliş va şu orqali universitet ilmiy salohiyatini yanada oşiriş maqsadida kelayotgan 2024 yil uçun jamoaviy ilmiy-innovatsion grantlar dasturi işlab çiqildi.

Universitetda 2023 yilda byudjetdan taşqari mablağlar hisobidan professor-öqituvçilarning 2 mlrd. 880 mln. sömlik 3 ta startap, 1 ta amaliy va 1 ta fundamental loyihalari moliyalaştirildi. Şu loyihalar doirasida universitetda led-lampalar hamda yuqori energiya siğimli portativ quvvatlaş stansiyasini işlab çiqiş yölga qöyilmoqda. Bundan taşqari, taʼlim öçoğimizda işlab çiqariş markazi taşkil etilgan bölib, unda 10 dan ortiq talabalarning iş bilan taʼminlanişi rejalaştirilmoqda. Özimizga qaraşli Biznes inkubatsiya va akseleratsiya markazida talabalar jamoasidan iborat 2 ta 100 mln. sömlik startap loyihalari moliyalaştirildi hamda markaz xodimlari tomonidan uşbu talabalarning menejerlik va biznes yuritiş savodxonligini oşiriş böyiça seminarlar taşkil etildi. Bundan taşqari, talabalar örtasida turizm böyiça 60 mln. sömlik loyihalar moliyalaştirildi.

Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini taşkil etiş bölimi tomonidan talabalar uçun ilmiy maqolalar yoziş, maqolalarni mahalliy hamda xorijiy jurnallar talabi böyiça şakllantiriş hamda çop etiş masalalari böyiça muntazam ravişda seminar-treninglar ötkazib kelinmoqda. Talabalarni ilmiy faoliyatga hamda biznesga qiziqtiriş maqsadida ular örtasida “Eng yaxşi loyiha”, “Eng yaxşi maqola”, “Eng yaxşi işlanma” tanlovlari ötkazilib, ğoliblar pul mukofotlari bilan rağbatlantirilmoqda. Joriy yilda 16 nafar talaba nomdor hamda Prezident stipendiyalari sovrindori böldi.

Universitetda har yili xalqaro va res­publika miqyosidagi ilmiy-amaliy anjumanlar ötkazilmoqda va ularda respublikamizdagi va xorijdagi yetuk olimlarning iştiroki taʼminlab kelinmoqda. Jumladan, 2023 yilda dunyoning nufuzli taʼlim dargohlari bilan hamkorlikda 6 ta xalqaro va 3 ta respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy anjumanlar ötkazildi. Anjumanlar doirasida taniqli xorijiy professorlar özlarining bilim va tajribalari bilan örtoqlaşdi, ular iştirokida talabalar uçun dars maşğulotlari, universitetning yoş professor-öqituvçilari uçun master-klass­lar taşkil etildi. Bu kabi tadbirlar universitet professor-öqituvçilari va tadqiqotçilarining xorijiy hamkasblari bilan doimiy ilmiy-ijodiy hamkorliklarini rivojlantiriş bilan birga, ular tomonidan erişilgan yutuqlarning dunyo miqyosida eʼtirof etilişiga sabab böladi desak, albatta, xato bölmaydi.

Taʼlim sifatini oşiriş borasida amalga oşirilayotgan işlarning kölami katta. Şuningdek, talabalarni yotoqxona bilan töliq taʼminlaş yölida olib borilgan işlar töğrisida ham uzoq gapiriş mumkin. Bular töğrisida respublika va mahalliy matbuotda bir neça maqolalar çop etildi. Lekin köpinça bajarilgani tilga olinmay qolayotgan işlar haqida ham töxtalib ötsak xato bölmaydi.

Maʼlumki, universitet talabalari, asosan, endi mustaqil hayotga qadam qöyayotgan yoşlardir. Şu sababdan ularni oilaviy hayotga tayyorlaş, yoşlarga oiladagi nizoli holatlarni hal qilişning huquqiy va psixologik asoslarini örgatiş, oilalarni mus­tahkamlaş, erta nikoh va oilaviy ajrimlarning oldini oliş böyiça zarur tuşunçalarni beriş juda muhim.

Öquv yili davomida universitetda tahsil olayotgan oilali talabalar, mehnat faoliyatini olib borayotgan xodimlarning oilasidagi notinçlik holatlari, oilasida ularga bölgan zöravonlik yoki kamsitiliş, huquq va manfaatlarining buzilişi, er-xotin yoki qaynona-kelin munosabatlarining yomonlaşuvi, tuşkunlikka tuşiş holatlari böyiça universitet Xotin-qizlar kengaşiga qilingan murojaatlar (jami 31 marotaba) yuzasidan universitet huquqşunosi M.Sodiqova hamda psixolog O.Muxtarov bilan hamkorlikda 17 ta notinç oila, 6 ta ajraşiş xavfi yuqori bölgan oilalardagi ijtimoiy muhitni barqarorlaştirişga erişildi.

Talaba-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolliklarini oşiriş, darsdan böş vaqtlarini mazmunli taşkil qiliş, ular örtasida milliy va anʼanaviy qadriyatlarni keng tarğib qiliş, mustaqil oilaviy hayotga har taraflama tayyorlaş işlarini töğri yölga qöyiş maqsadida xotin-qizlar kengaşi taşabbusi bilan fakultetlar­aro “Qizlar davrasi”, “Milliy va zamonaviy liboslar namoyişi” körik-tanlovlari, “Xon atlas — 2023” milliy liboslar fes­tivali doirasida milliy liboslar çellenji, “Siz yangi qonunni bilasizmi?”, 25 noyabr — Xalqaro xotin-qizlarga nisbatan zöravonlikka barham beriş kuni munosabati bilan “Qizlar onlayn viktorinasi” hamda “Zakovat”, “Zakovatli qiz” intellektual öyinlari, qizlar örtasida “Pazanda qiz”, “Ijodkor qiz”, “Kitobxon qiz” körik-tanlovlari, “Ayol qadri”, “Hayot gözal”, “Bahor zavqi”, “Minnatdorçilik va şukronalik hissi”, “Ezgu niyat”, “Pozitiv kayfiyatni saqlab qoliş” mavzularida psixologik treninglar taşkil qilinmoqda.

Jamoada soğlom maʼnaviy muhitni barqarorlaştiriş, jamoa aʼzolari va talabalarning universitet odob-axloq kodeksi, içki tartib-qoidalariga rioya qiliş­larini tartibga soliş, xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zöravonlik holatlariga qarşi kuraşiş maqsadida odob-axloq komissiyasi hamda huquq-tartibot organlari xodimlari bilan birgalikda talaba-qizlarning kiyinişi, madaniyati, taşqi körinişida talabaga xos bölmagan, noodatiy holatlar kuzatilayotgan, har xil diniy oqimlarga mansublikni aks ettiruvçi elementlardan foydalanib kiyinayotgan talaba-qizlar bilan yakka tartibda, zarur holatlarda ota-onalar iştirokidagi suhbatlar ötkazilib, tuşuntiriş işlari olib borilmoqda.

Ijtimoiy himoya — asosiy eʼtiborimizdagi yumuş. Şu bois,  nogiron, surunkali kasalligi mavjud va davolanişga muhtoj, kam taʼminlangan xotin-qizlar, yoş onalarning 41 nafariga universitet tomonidan moddiy yordam, 14 nafariga “Sog‘lom avlod uchun” hukumatga qaraşli bölmagan xalqaro xayriya fondi Andijon viloyat bölimi tomonidan zaruriy dori-darmon vositalari, 2 nafariga Xotin-qizlarni va oilani qöllab-quvvatlaş jamoat fondi tomonidan zarur reabilitatsiya vositasi bilan taʼminlanişiga erişildi.

Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ota-onasi yoki ularning biridan ayrilgan muhtoj qizlar va boquvçisi yöq yolğiz ayollar oliy taʼlim olişini moddiy jihatdan qöllab-quvvatlaş çora-tadbirlari töğrisida”gi 585-sonli qaror ijrosini taʼminlaş yuzasidan universitetda tahsil olayotgan muhtoj qizlar va boquvçisi yöq yolğiz ayollar hisoblangan jami 72 nafar talaba-qizlarning tegişli hujjatlari jamlanib, maʼlumotlari Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiga taqdim etildi.

Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti haqida faol tuşuntiriş-tarğibot işlarini olib boriş va iqtidorli, ijodkor talaba-qizlarni töğri yönaltirib, maqsadli işlar yölga qöyilişi natijasida 2023 yil uçun ötkazilgan tanlovlarning şahar, tuman va viloyat bosqiçlarida 100 nafardan ortiq talaba-qizlarimiz iştirok etdi va ulardan 23 nafari tanlovning viloyat, 5 nafari respublika bosqiçida qatnaşiş imkoniyatini qölga kiritdi.

Şuningdek, xotin-qizlar kengaşi raisi Umidaxon Ahmedova joriy öquv yilida bölib ötgan “Islohotlar bilimdoni” respub­lika körik-tanlovida “Eng faol xotin-qizlar kengaşi raisi” nominatsiyasi böyiça faxrli 1-örinni egalladi.

Umuman olganda, Andijon davlat universiteti professor-öqituvçilari tomonidan ilm-fan, maʼnaviyat va maʼrifatni rivoj­lantiriş maqsadida olib borilayotgan ilmiy izlanişlar ertaga öz natijasini berişi şubhasiz.

Akramjon YULDAŞEV,

Andijon davlat universiteti rektori,

biologiya fanlari doktori,

professor.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan