Intiliş va izlani-şlarning ilk natijalari
Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 4 maydagi qaroriga asosan Toşkent davlat agrar universitetining Nukus filiali negizida Qoraqalpoğiston qişloq xöjaligi va agrotexnologiyalar institutining taşkil etilişi nafaqat oliy taʼlim tizimida, balki qoraqalpoq xalqi zamini uçun qişloq xöjaligini rivojlantiriş sohasida muhim qadamlardan biri böldi desak, mubolağa bölmaydi. Hukumatimizning oliy taʼlim tizimida agrar sohasiga bölgan bunday eʼtiborini oqlaş, yaratilayotgan yangi imkoniyatlar va berilayotgan imtiyozlarga javob tariqasida institutimizda taʼlim sifatini oşiriş uçun astoydil mehnat qilinmoqda.
Şuni alohida eʼtirof etiş joizki, qişloq xöjaligi sohasida, şu jumladan, institutimizda ilm-fan va innovatsion rivojlaniş borasida qator ijobiy özgarişlar amalga oşyapti. Xususan, institutda 2020-2021 öquv yilidan boşlab oliy taʼlim jarayonining yangi standartlari va malaka talablari asosida kredit-modul tizimiga ötildi. 2022-2023 öquv yilida taʼlim sifati va samaradorligini oşiriş maqsadida öquv jarayoniga xorijiy oliy taʼlim muassasalaridan 12 nafar professor-öqituvçi taklif qilingan bölsa, joriy yil 15 nafar professor-öqituvçi jalb etiş rejalaştirilmoqda.
2022 yili institutimizning 18 nafar talabasi Germaniyaning yetakçi fermer xöjaliklarida 3 oylik qisqa muddatli amaliyot dasturida iştirok etib, özlarining bilim va malakalarini oşirib kelgan edi. 2023 yil noyabr oyida esa 6 nafar talaba 6 oylik amaliyot dasturida iştirok etiş uçun Germaniyaga yuborildi.
Şuningdek, Özbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalarining milliy reytingida Qoraqalpoğiston qişloq xöjaligi va agrotexnologiyalar instituti 2023 yilda 68-örinni egalladi, joriy öquv yilida uşbu körsatkiçning yuqori poğonalarga kötarilişiga erişiş maqsadida institutimizda bir qança amaliy işlar amalga oşirilmoqda. Jumladan, joriy öquv yilida jahonning kuçli 1000 taligiga kirgan oliy taʼlim muassasalarida malaka oşiriş va ilmiy stajirovkalarga boriş uçun 5 nafar professor-öqituvçi röyxati şakllantirilib, tasdiqlangan. Institutimizda Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) bilan kelişuv asosida 2024 yilning yanvar oyidan volontyorlar yordamida yapon tilini örgatiş kurslari taşkil etildi. Institut bitiruvçilarining bandligini taʼminlaş maqsadida Yaponiya taşqi savdo taşkiloti (JETRO) bilan erişilgan kelişuvga muvofiq yapon tilini örgatiş va kurs yakuni böyiça suhbatdan ötgan bitiruvçilarni Yaponiya davlatiga mutaxassisligi böyiça iş bilan taʼminlaş şartnomasi tuziş rejalaştirilmoqda.
“Qovun paşşasi (Myiopardalis pardalina Big.)ga qarşi feromonli tutqiçlar işlab çiqariş texnologiyasini yaratiş” mavzusidagi innovatsion loyiha, “Qoraqalpoğiston mahalliy qovun navlari genofondini taşkil etiş va eksportbop navlarning elita uruğlarini tezkor-köçat usulida yetiştiriş”, şuningdek, “Ğözaning Orolböyi tuproq iqlim şaroitiga mos, tola sifati jahon andozalari talablariga javob beruvçi hamda yuqori tola çiqimiga ega mahalliy navlarini yaratiş va davlat nav sinoviga beriş” mavzusidagi maqsadli loyihalar amalga oşirilmoqda.
“Qoraqalpoğistonning ekstremal şaroitida zamonaviy suğoriş uskunalari yordamida jöxori yetiştirişning suğoriş rejimini ilmiy asoslaş” va “Orolböyi hududida aholi xonadonlaridagi çorva mollarini ozuqa bilan taʼminlaşda kooperatsiya tizimini yölga qöyiş” mavzusidagi amaliy loyihalar böyiça ilmiy tadqiqotlar ötkazilişi rejalaştirilmoqda.
Xalqaro loyihalardan Yaponiyaning Tokio qişloq xöjaligi va texnologiya universiteti bilan hamkorlikda “Amudaryoning quyi havzasida dorivor ösimliklarni östiriş orqali tuproq şörlanişining oldini oliş va qişloq xöjaligida suvni tejaydigan yangi usulni joriy etiş”, Yaponiyaning Şova farmatsevtika universiteti bilan hamkorlikda “Saraton kasalligini davolaşda foydalaniş uçun istiqbolli dorivor ösimliklarni örganiş”, “Japan Conservation Engineers” kompaniyasi bilan hamkorlikda 2021-2025 yillarga möljallangan “Şörlangan tuproqlarda fulva kislotasi yordamida uning gumus holatini yaxşilaş”, “MEXT” dasturi doirasida “Suvni tejovçi texnologiyalar, raqamli qişloq xöjaligi va köçatxona taşkil etiş” mavzusidagi 4 ta xalqaro loyihalar bajarilmoqda.
Institutning 3 nafar talabasi Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Orolböyi xalqaro innovatsiya markazi va BMTning “UNICEF” taşkiloti hamkorligida yoşlarning ijtimoiy va tadbirkorlik könikmalarini şakllantirişga yordam beruvçi dastur asosida ötkazilgan tanlovda öz loyihasi bilan qatnaşib, 1000 AQŞ dollari miqdoridagi pul mukofoti bilan taqdirlanganligi ham alohida eʼtirofga loyiq.
Institutimizda professor-öqituvçilarning ilmiy faoliyatini qöllab-quvvatlaş, talabalarning bilim olişga bölgan qiziqişlarini yanada oşiriş maqsadida har yili ilmiy-amaliy konferensiyalar ötkaziş anʼanaga aylangan. “Qoraqalpoğiston Respublikasini turğun rivojlantirişda yoş olima xotin-qizlarning ilmdagi faoliyati”, “Ilmiy tajribalar natijalarining qöllanişida yoş tadqiqotçilarning örni”, “Qişloq xöjaligida insonga eʼtibor va sifatli taʼlimdagi imkoniyatlar va yangiliklar” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyalari şular jumlasidandir. Bu konferensiyalar materiallari asosida 170 ta tezisdan iborat jami 340 varaqlik töplam hamda 118 ta maqola jamlanib, kitob holida naşr qilindi.
Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyevning Qoraqalpoğiston Respublikasi uçun çiqargan alohida Farmon va qarorlarida iqtisodiyot tarmoqlarida innovatsion jarayonlarning jadallaşuviga erişiş, resurslardan foydalaniş samaradorligini oşiriş va hududni jadal surʼatlarda rivojlantiriş, şuningdek, hududning investitsiya va işbilarmonlik muhitini yaxşilaş, yoşlar bandligini taʼminlaş, taʼlim sohasida qöşimça imkoniyatlar va inson kapitali rivojini yangi bosqiçga kötarişga şart-şaroit yaratiş asnosida ijtimoiy himoya dasturlari qamrovini kengaytiriş közda tutilgan. Şuningdek, ötgan yil Oliy taʼlim muassasalariga kvota miqdorining oşirilganligi, Qoraqalpoğiston Respublikasida doimiy yaşaydigan hamda umumiy örta, örta maxsus va professional taʼlim taşkilotlarini tamomlagan yoşlar uçun 2023-2024 öquv yilida davlat granti asosida qöşimça 3 000 ta örin ajratilganligini oliy taʼlim tizimida yoşlar uçun berilgan eng katta imkoniyatlardan biri böldi deyiş mumkin.
Yoşlarga oid davlat siyosatini izçil amalga oşiriş, yoş avlodning maʼnaviy dunyosini boyitiş, ularni har tomonlama yetuk va barkamol, intellektual salohiyatli, vatanparvar, komil şaxslar sifatida tarbiyalaş maqsadida institutimizda turli xil tarğibot-taşviqot vazifalari ham tizimli ravişda olib borilmoqda. Jumladan, iqtidorli talabalardan iborat “Talabalar teatr studiyasi”, “Quvnoqlar va zukkolar” jamoalari, “Umid uçqunlari” nomli badiiy guruh tuzilgan bölib, uşbu jamoalarga iqtidorli talaba-yoşlar jalb qilingan.
Şuningdek, talabalarning böş vaqtlarini mazmunli ötkazişini taʼminlaş maqsadida 26 ta fan, 7 ta sport tögaragi va 10 ta ijodiy klub faoliyati yölga qöyildi. Bu tögaraklarda talabalarning faol iştirokini taʼminlaş maqsadida jami 14 nafar ustoz, maʼnaviy-maʼrifiy işlar böyiça 4 ta dekan örinbosari masʼul etib belgilangan.
Bu yil institutimiz tarixida birinçi marta talaba-yoşlardan tuzilgan “Quvnoqlar va zukkolar” jamoasi Özbekiston Respublikasi miqyosida ötkazilgan musobaqada faxrli 1-örinni qölga kiritdi.
“Talabalar teatr studiyasi” aʼzolari tomonidan şu kungaça eng sara 3 ta spektakl sahnalaştirilgan. Ötgan yili bu jamoa Qoraqalpoğiston Respublikasidagi önta oliy taʼlim muassasasi orasida Yoşlar oyligi doirasida ötkazilgan tadbirlar davomida “Kreslo” spektakli bilan 4-örinni egalladi. Ayni paytda talabalarimiz fevral oyida ötkazilişi rejalaştirilgan respublika miqyosidagi “Talabalar teatr studiyasi” festivalida qatnaşiş uçun qizğin tayyorgarlik körmoqda.
“Siz yangi qonunni bilasizmi?” tanlovida talabalarimiz faxrli 2-örinni olgani, institutimizning 2-kurs talabasi, “Kiberguruh” aʼzosi Tömaris Qadirimbetova Içki işlar vazirligi tomonidan “Cyber-Week” tarğibot-taşviqot tadbirlari doirasida ötkazilgan “Innovatsion yondaşuv” tanlovida 3-örinni egallagani ham eʼtiborga molikdir.
Talabalarni mustaqil hayotga tayyorlaş, ularda hayotiy hamda biznes könikmalarini şakllantiriş maqsadida har xil ijodiy tögaraklar ham taşkil etilgan. Masalan, oliy öquv yurtida faoliyat yuritayotgan “Çevar qöllar” tikuv sexida 8 ta talaba-qiz iş bilan taʼminlangan. Qizlar uçun “Mohir dizayner” tögaragi ham mavjud bölib, ustozlar boşçiligida 30 dan ortiq qizlarga milliy bezaklar, taqinçoqlar bilan işlaş sirlari örgatilmoqda.
Institutda alohida eʼtiborga muhtoj talabalar bilan psixolog hamkorligida suhbatlar ham olib borilib, ularning taʼlim oliş va böş vaqtlarini mazmunli ötkazişiga doir tadbirlar, uçraşuvlar, treninglar ötkaziladi. Kompyuterga qiziquvçilar bilan Yoşlar işlari agentligidan taklif qilingan mutaxassislar iştirokida bir neça bor “Biznesga birinçi qadam”, “Mobilografiya” yönalişlari böyiça bepul kurslar taşkil etildi.
Şuningdek, alohida eʼtiborga muhtoj (yetim, boquvçisini yöqotgan, kam taʼminlangan oila farzandlari) talabalarni har tomonlama qöllab-quvvatlaş maqsadida ularning röyxatlari şakllantirilgan, kam taʼminlangan 70 nafar talabadan 30 nafari institut hisobidan Toşkent şahriga sayohatga olib borildi. Kam taʼminlangan 50 nafar talabaning Möynoq şahriga sayohati taşkillaştirildi va har xil köngiloçar tadbirlar orqali ularning maroqli dam olişlariga imkoniyat yaratib kelinmoqda.
Ötgan yil davomida nogiron talabalardan 12 nafari Xiva şahriga, 40 nafari Çilpiq, Sulton Uvays, Mazdakxon tarixiy ziyoratgohlariga sayohatga olib borildi. Maʼnaviyat va maʼrifat, yoşlar bilan işlaş bölimi, institut Yoşlar ittifoqi boşlanğiç taşkiloti hamda gumanitar fanlar kafedrasi professor-öqituvçilari iştirokida maʼnaviy, huquqiy savodxonlik tadbirlari ötkazib kelinmoqda. Bayramlar munosabati bilan ötkazilgan turli tanlovlarda nogironligi bor talabalarimizdan bir neçtasi 1- va 2-örinlarni egallab, ularning öqiş va işlaşga qiziqişlari ortmoqda. Aytaylik, respublika miqyosida paralimpiya musobaqalarida nogironligi bor 3-bosqiç texnologiya guruhi talabasi Diyorbek Jörabekov para pauerlifting böyiça Osiyo çempionatida 1-örinni egalladi.
Institutda beş taşabbus öyinlarida talabalarimizning umumiy qamrovini yuz foizga yetkaziş maqsadida keng kölamli tarğibot işlari ham olib boriladi. Şu sababli 2023 yil Qoraqalpoğiston Respublikasi miqyosida Yoşlar kuni munosabati bilan ötkazilgan sport öyinlarining voleybol turi böyiça qiz bolalar jamoasi faxrli 1-örinni egallab, Jöqorği Kenges tomonidan qimmatbaho sovğalar bilan taqdirlandi.
Stol tennisi böyiça respublika miqyosida ötkazilgan musobaqada esa Örmonçilik guruhi 4-kurs talabasi Nurjamal Kalbayeva 2-örinni qölga kiritdi. Bir nafar talaba Qozoğistonda ötkazilgan “Yoş olimlar” xalqaro konferensiyasining kökrak nişonini olişga muvaffaq böldi. Institutimizning 3 nafar talabasi bölsa, “Innovatsion ğoyalar yetakçisi” kökrak nişoni bilan taqdirlandi. Bu kabi yutuqlar soni yildan-yilga oşib bormoqda.
Bundan taşqari, taʼlim sifatini yanada oşiriş maqsadida institutda laboratoriya bazasi doimiy yangilanib va töldirib borilmoqda. Sohaga doir yangi texnika va texnologiyalarning taʼlim muassasalariga muntazam yetkazib berilişini taʼminlaş maqsadida Islom taraqqiyot banki iştirokida “Oliy taʼlim muassasalari moddiy-texnik bazasini mustahkamlaş” loyihasi doirasida 2023 yilning özida institutimizga jami qiymati 129944,33 AQŞ dollariga teng bölgan laboratoriya jihozlari olib kelindi va 1,65 mln. söm miqdorida laboratoriya uçun butlovçi qismlar xarid qilindi. Germaniya xalqaro hamkorlik taşkiloti (GIZ) homiyligida “Özbekistonning tanlangan hududlarida barqaror iktisodiy rivojlaniş” loyihasi böyiça “Baliqçilik va ipakçilik” kafedrasiga 74,1 mln. sömlik laboratoriya jihozlari hamda inventarlar olib kelinib, 2 ta yangi baliqçilik laboratoriyasi taşkil qilingan. Amerika Qöşma Ştatlarining “USAID” xalqaro taşkiloti homiyligida “Qişloq xöjaligida qiymat zanjirini rivojlantiriş” “AVC” loyihasi doirasida institutning “Meva-sabzavotçilik va polizçilik” kafedrasiga 214,5 mln. sömlik laboratoriya jihozlari hamda inventarlar olib kelinib, yangi “Meva-sabzavotçilik” laboratoriyasi taşkil qilindi.
Institutda Germaniya xalqaro hamkorlik taşkiloti (GIZ) homiyligida “ECO-ARAL” loyihasi doirasida Geoaxborot tizimlari markazi va laboratoriyasi oçilib, qiymati 65 ming yevroga teng laboratoriya va markazga zarur asbob-uskunalar olib kelib örnatilib, ayni kunda izçil faoliyat yuritmoqda.
Özbekiston Respublikasi qişloq xöjaligini rivojlantirişning 2020-2030 yillarga möljallangan strategiyasi ijrosidan kelib çiqib, qişloq xöjaligida bilim va innovatsiyalar tizimi doirasida agrar soha uçun xalqaro talab va standartlarga muvofiq yuqori malakali kadrlar tayyorlaş, bu borada yetakçi xorijiy universitetlar bilan uzoq muddatli munosabatlarni rivojlantiriş maqsadida Buyuk Britaniya Qirollik qişloq xöjaligi universiteti (Royal Agriculture University) bilan hamkorlikda Toşkent şahrida Xalqaro qişloq xöjaligi universiteti taşkil etildi. Bu bejiz emas. Negaki, agrar sohani rivojlantiriş, jahon tendensiyalarini va tajribasini aks ettirişga moslaşgan “ilmga asoslangan, amaliyotga yönaltirilgan taʼlim” tamoyili asosida va milliy anʼanalar uyğunligida yuqori malakali, zamonaviy bilim va könikmalarga ega, mustaqil fikrlaydigan, vatanparvar, professional kadrlarni tayyorlaş asosiy maqsadimizdir.
Qoraqalpoğiston Respublikasi aholisi uçun, ayniqsa, taʼlim sohasida yaratilayotgan yangi imkoniyatlar va berilayotgan imtiyozlardan ruhlangan holda jamoamiz bilan astoydil izlanib, yangi yutuqlar sari intilaveramiz.
Berdiyor JÖLLIBEKOV,
Qoraqalpoğiston qişloq xöjaligi va agrotexnologiyalar instituti rektori, qişloq xöjaligi fanlari doktori.
