ÖZBEKISTON-XITOY: Özaro hamkorlik mamlakatlar taraqqiyotiga xizmat qiladi
Bugun globallaşuv jarayonlari keçayotgan dunyoda heç bir davlat öz qobiğida rivojlana olmaydi. Bu asrimizning oltin qoidasiga aylanib bormoqda. Yangi Özbekistonning rivojlangan mamlakatlar qatoriga qöşilişi bir qator omillar bilan boğlangan bölib, ular orasida mintaqaviy va xalqaro hamkorlik masalalari alohida örin egallaydi. Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning “Yangi Özbekiston strategiyasi” asarida taʼkidlanganidek: “Mamlakatimizning taşqi siyosat sohasidagi ustuvor yönalişlari barqaror, adolatli va demokratik davlat qurişga, uning taşqi dunyoga oçiqligini ilgari surişga hamda mintaqaviy va köp tomonlama özaro hamkorlikni rivojlantirişga qaratilgandir”.
Maʼlumki, Özbekistonning taşqi siyosatida Xitoy omili katta ahamiyat kasb etadi. Özaro munosabatlar ming yilliklarni öz içiga olgan bölib, ular savdo-iqtisodiy, siyosiy, madaniy va boşqa qator yönalişlarni öz içiga olganligi ayni haqiqat. Tarixiy dalillarga murojaat qiladigan bölsak, mazkur voqelik ikki ming yildan ortiq davrni öz içiga oladi. Ikki davlat örtasidagi aloqalar bundan 2000 yil avval, Buyuk ipak yöli davrida vujudga kelgan. Bugungi kunda ikki davlatning qaraşlari özaro umumiy munosabatlarda aks etib, taşqi siyosatda har ikki davlat boşqa davlatlarning suverenitetiga daxl qilmaslik, mustaqilligini qöllab-quvvatlaş hamda özaro manfaatdorlik tamoyillariga amal qilgan holda, ikki tomonlama döstona munosabatlar rivojlanişiga hissa qöşib kelmoqda.
Şu jihatdan aytiş mumkinki, Özbekistonning Xitoy bilan diplomatik munosabatlari örnatilganidan buyon barqaror yönalişda rivojlanib bormoqda. Ikkala tomon ham yuqori darajadagi taşriflarda, yirik siyosiy-iqtisodiy tuzilma hisoblangan Şanxay Hamkorlik Taşkiloti doirasidagi muloqotlarda mintaqaviy va xalqaro maydonda sodir bölayotgan ixtiloflarning oldini oliş borasida keng hamkorlik örnatilgan.
Şuningdek, Xitoy tomonidan taklif etilgan “Bir makon — bir yöl” siyosatini amalga oşirişning özaro manfaatli yönalişlari mamlakatimiz rahbariyati tomonidan ijobiy baholanib kelayotgani ham diqqatga sazovor.
Özbekiston mustaqillikka erişgandan söng uni birinçilardan bölib tan olgan va diplomatik munosabatlar örnatiş taşabbusi bilan çiqqan davlatlardan biri ham Xitoydir. Şu bois ikki mamlakat rahbarlarining yuqori darajadagi taşriflari özaro döstona, manfaatli diplomatik aloqalar davom etayotganiga guvohlik beradi. Özbekiston va Xitoy Xalq Respublikasi hukumatlari suverenitet va hududiy yaxlitlikni hurmat qiliş, unga tajovuz qilmaslik, bir-birining içki işlariga aralaşmaslik, teng huquqlilik va özaro manfaatdorlik tamoyillari asosidagi döstona va hamkorlik munosabatlarini rivojlantirib kelmoqda.
Hozirgi davrda Özbekistonning Xitoyga nisbatan taşqi siyosatini quyidagiça umumlaştiriş mumkin:
Birinçidan, ikki davlat örtasidagi munosabatlar tinç-totuv yaşaşning quyidagi tamoyillariga asoslanadi: hududiy yaxlitlik va suverenitetni özaro hurmat qiliş, tajovuz qilmaslik, içki işlarga aralaşmaslik, teng huquqlilik, özaro manfaatli va tinç-totuv yaşaşdir. Şuningdek, Özbekiston rahbariyati Xitoy bilan faol aloqalar va yaqin hamkorlikni davom ettirib, nafaqat jamiyat rivojiga, balki faoliyatning turli sohalarida rivojlaniş impulslarini faollaştirişga öz hissasini qöşib bormoqda. Özbekiston taşqi siyosatida Xitoy bilan munosabatlarni rivojlantiriş Özbekiston uçun Osiyo-Tinç okeani mintaqasidagi eng muhim strategik tamoyillardan biri hisoblanadi.
Ikkinçidan, yangi resurslarni özlaştirişda, şuningdek, yangi transport koridorlarini yaratişda Xitoydan kömak va yordam oliş niyatida savdo-iqtisodiy hamkorlikni faol rivojlantiriş bilan boğliq. Özbekiston hukumati Özbekiston-Xitoy munosabatlarini nafaqat savdo-iqtisodiy, balki strategik şeriklikning boşqa yönalişlarida ham rivojlantirişga doimiy eʼtibor qaratmoqda.
Xitoy Markaziy Osiyoning beşta davlatini Xitoyga qöşni va “uzoq qarindoşdan yaqin qöşni afzal” deb hisoblaşi uşbu mamlakatga bölgan ijobiy munosabat şakllanişini taʼminlovçi yana bir omildir. Xitoy Markaziy Osiyodagi beşta davlatdan har birining mustaqilligi, suvereniteti, hududiy yaxlitligini hurmat qiladi, şuningdek, “Boy qöşnilar — tinç çegaralar” degan qadimgi Xitoy hikmatiga amal qiladi. Xitoy Markaziy Osiyo mamlakatlariga nisbatan taşqi siyosatida oşkoralikni namoyon etadi, bu esa döstlik va farovonlikka asoslangan. Şuningdek, Xitoy Markaziy Osiyo siyosatiga aralaşmaslik, demokratik erkinliklarni hurmat qiliş, bir-birini töldiriş yölini tan oladi.
Ikki davlat örtasidagi döstona özaro taşriflar Özbekiston mustaqillikka erişgandan söng boşlangan. Hamkorlikning dastlabki davrlaridan hozirgi kunga qadar mamlakatlar örtasida döstona aloqalar davom etmoqda, turli yönalişlar böyiça hamkorlik munosabatlari çuqurlaştirildi, diplomatik aloqalar örnatilgandan söng ikki davlat rahbarlari tez-tez taşriflar almaşib kelmoqda. Xususan, Prezident Şavkat Mirziyoyev XXRga bir neça marta taşrif buyurdi. Yaʼni, 2017 yil 14-15 may kunlari “Bir makon — bir yöl” forumida iştirok etdi, şuningdek, 2023 yilning özida 2 marta: 18-19 may kunlari Siyan şahrida ötkazilgan Xitoy-Markaziy Osiyo davlatlari uçraşuvi va 17-18 oktyabr kunlari Pekin şahrida ötkazilgan “Bir makon — bir yöl” forumidagi uçraşuvlarini körişimiz mumkin. Bunga javoban XXR raisi Özbekistonga 4 marta taşrif buyurdi.
Şu bilan birga, ikki davlat örtasida Hukumatlararo qömita tuzilib, undan közlangan asosiy maqsad har tomonlama Özbekiston-Xitoy munosabatlarini muvofiqlaştiriş va mustahkamlaşdan iborat ekanligi belgilandi. Har ikki tomon savdo-iqtisodiyot, qişloq xöjaligi, astronavtika, texnologiya, taʼlim, madaniyat kabi oltita asosiy yönalişni rivojlantirişga kelişib oldi.
2022 yilning 15-16 iyun kunlari Samarqandda ötkazilgan ŞHT sammitida Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin davlat taşrifi bilan Özbekistonda böldi. Davlat rahbarlari ikki tomonlama munosabatlarni keng qamrovli strategik şeriklik darajasiga kötariş, hamkorlikning turli yönalişlari böyiça rivojlanişni yanada kuçaytirişga qaror qildilar. Tomonlar “Bir makon — bir yöl” loyihasini birgalikda amalga oşiriş, savdo-iqtisodiy hamkorlik salohiyatini töliq oçişga, işlab çiqariş quvvati sohasida hamkorlikni faol rivojlantirişga kelişib oldilar. Şuningdek, ikki davlat rahbarlari ikki mamlakat ilmiy-tadqiqot muassasalarining yaqin hamkorligi orqali ilm-fan va texnologiya sohasini rivojlantirişni kengaytiriş, ikki mamlakat xalqlari örtasidagi madaniy almaşinuvni rivojlantiriş, tinimsiz hamkorlik qiliş zarurligini taʼkidladilar.
Mutaxassislarning qayd etişiça, Özbekiston — Xitoy munosabatlari tarixdagi eng yaxşi davrni boşidan keçirmoqda.
Joriy yilning 23-25 yanvar kunlari Prezident Şavkat Mirziyoyevning XXRga rasmiy taşrif bilan borişi hamkorlikning yangi bosqiçini boşlab beruvçi asosiy omil deb qaralmoqda. Buning asosiy sababi sifatida hamkorlikning yangi va strategik istiqbollari belgilanişini aytiş mumkin. Yaʼni, özaro hamkorlik yönalişlarining kengaytirilişi, ular orasida fan-taʼlim, işlab çiqariş, transport va logistika tizimlariga alohida eʼtibor qaratilişi belgilangan.
Hukumatlararo hamkorlikning jadallaşuvi mamlakatlar örtasida barça tuzilmalarning özaro munosabatlari çuqurlaşuviga sabab bölmoqda. Voqelikni transport sohasida kuzatadigan bölsak, bir qator kelişuvlar, özaro tajriba almaşiş va boşqa yönalişlar qamrab olinganini köriş mumkin. Jumladan, 2023 yil 13 sentyabr kuni Xitoy Xalq Respublikasi Şensi provinsiyasining “Xitoy-Özbekiston taʼlim körgazmasi” doirasida Toşkent davlat transport universiteti vakillari iştirok etib, Xitoyning Çangan universiteti bilan hamkorlik memorandumi imzolandi. Mazkur kelişuv doirasida talabalarning akademik almaşinuvi, özaro amaliy maşğulotlar ötkaziş, professor-öqituvçilarning malakasini oşiriş, şuningdek, kelgusida qöşma dastur yönalişlarini oçiş rejalaştirildi.
Toşkent davlat transport universiteti taʼlim jarayoniga oid özaro manfaatdorlik, transport sohasida malakali kadrlar tayyorlaş hamda hamkorlik platformasini yaratiş, ilmiy-tadqiqot loyihalarini xalqaro darajada olib boriş maqsadida Çangan universiteti taşabbusi bilan taşkil etilgan “Transport infratuzilmasi sohasida isteʼdodlarni tayyorlaş böyiça Xitoy-Markaziy Osiyo alyansi”ga ilk aʼzo sifatida qöşiliş uçun bitim imzolaşga erişdi.
2023 yil 15 sentyabr kuni Xitoy Xalq Respublikasining Özbekistondagi Favqulodda va Muxtor elçisi Yu Jun bilan uçraşuv bölib ötgan edi. Uçraşuvda Toşkent davlat transport universiteti qoşida taşkil etilgan “Luban ustaxonasi” (Luban Workshop) faoliyatini amalga oşirişga doir masalalar muhokama qilindi. 2023 yil 9 oktyabr kuni Xitoy Xalq Respublikasi Şensi fan va texnologiyalar universiteti rahbariyati bilan uçraşuv bölib ötdi. Ikki universitet ilmiy laboratoriyalari hamkorligini va magistratura dasturlarini yölga qöyiş, doktorantlar mobilligini taʼminlaş, hamkorlikda ilmiy anjumanlar taşkil etiş masalalari muhokama qilindi. Şuningdek, yangi öquv yilidan Buyuk Ipak yöli universitetlari alyansi tarkibidagi 5 ta OTMda bir vaqtning özida tahsil oliş va öqiş yakunida diplomlar oliş imkoniyatining yaratilişiga alohida eʼtibor qaratildi.
2023 yil 19 oktyabr kuni Xitoy Xalq Respublikasining Xebey temir yöl transporti instituti va “ZU Express China” korxonasi bilan hamkorlik şartnomasi imzolandi. Toşkent davlat transport universiteti, Xitoy Xalq Respublikasining Xebey temir yöl transporti instituti va “ZU Express China” korxonasi örtasida uç tomonlama ilmiy-amaliy hamkorlik şartnomasi imzolandi. Uşbu hamkorlik natijasida universitet bitiruvçi talabalari uçun Xitoyning transport va logistika korxonalarida amaliyot ötaşlari hamda iş faoliyatini olib borişlari, Xebey temir yöl transporti institutida “winter school” va “summer school” dasturlari hamda grant asosida magistraturada öqiş imkoniyati yaratiladi.
Şuningdek, professor-öqituvçilarni hamkorlikda xorijiy grant dasturlari va ilmiy naşrlar çop ettiriş yönalişidagi hamkorligi yölga qöyildi.
2023 yil 17-18 noyabr kunlari Xitoyning Sian şahrida Çangan universiteti taşabbusi bilan turli mamlakatlar delegatsiyalari iştirokida Transport infratuzilmasi sohasida Xitoy-Markaziy Osiyo isteʼdodlar tayyorlaş alyansining ilk konferensiyasi hamda xalqaro akademik forumi bölib ötdi. Transport infratuzilmasi sohasida Xitoy-Markaziy Osiyo isteʼdodlar tayyorlaş alyansiga aʼzolik Xitoy va Markaziy Osiyo mamlakatlari uçun transport infratuzilmasi sohasida yuqori malakali kadrlarni tayyorlaşga qaratilgan yuqori sifatli taʼlimni taʼminlaş, kadrlar tayyorlaşda tajriba, resurslar va ilğor tajriba almaşiş uçun transport infratuzilmasi sohasida samarali xalqaro tarmoqni şakllantirişga zamin yaratadi.
2023 yil 21 noyabr kuni Xitoyning Şenyan şahrida Şenyan texnologiya universiteti va Toşkent davlat transport universiteti örtasida tarixiy uçraşuv bölib ötdi. Strategik qadamlar özaro hamkorlikni çuqurlaştiriş va öqitişdagi ilğor tajribalarni almaşişga qaratildi. Muloqotning muhim qismi ikki diplom dasturini amalga oşiriş böyiça muzokaralar böldi. Endilikda har ikkala universitet talabalari nafaqat öz dunyoqaraşini boyitiş, balki öz tajribasini tasdiqlovçi ikkita nufuzli diplom oliş imkoniyatiga ega. Tez texnologik özgarişlar fonida maşinasozlik va elektrotexnikaga yangi yönalişlarni joriy etiş muhokama qilindi.
Ötgan yilning 19-20 noyabr kunlari esa Xitoyning Tyanzin provinsiyasida “Lu Ban ustaxonasi”ning axborot texnologiyalari va logistika laboratoriyalarida dars beriladigan yönalişlar hamda “e-commerce” sohasida talabalarni öqitişni kelişiş böyiça uç tomonlama hamkorlik şartnomasi Toşkent davlat transport universiteti, Xitoyning Özbekistondagi savdo-sanoat korxonalari palatasi va Tyanzin davlat hokimiyati vakillari (Tyanzin dengiz professional kolleji) tomonidan imzolandi. “Lu Ban ustaxonasi” doirasida imzolangan uşbu şartnoma axborot texnologiyalari va logistika sohasidagi taʼlim yönalişlarini muvofiqlaştirişni öz içiga oladi. Bundan taşqari, talabalar elektron tijorat sohasida öqitilişi közda tutilgan. Uşbu tarixiy qadam hamkorligimizni mustahkamlaydi va bilim, tajriba va innovatsion ğoyalar almaşiş uçun yangi istiqbollarni oçadi. Kelgusida laboratariyalarni kengaytiriş, uşbu laboratoriyalarda talabalarni va izlanuvçilarni real loyihalarga yönaltiriş hamda “e-commerce” dasturi doirasida transport sohasiga oid dasturlarni işlab çiqib, xorijga eksportini taʼminlaş böyiça muhokamalar olib borildi.
2024 yilning 9 yanvar kuni Xitoyning janubi-ğarbiy Jiaotun universiteti va Toşkent davlat transport universitetimiz örtasida talabalar almaşinuvi töğrisidagi bitim onlayn tarzda imzolandi. Janubi-ğarbiy Jiaotun universiteti, Xitoy va Toşkent davlat transport universiteti, Özbekiston öz talabalariga çet elda öqiş tajribasini taqdim etişni va eng yuqori sifatli taʼlimni taʼminlaş böyiça umumiy missiyani baham körişni istaydi. “UzXCMG” MÇJ şaklidagi qöşma korxonasi, Avtoyöl qömitasi yetakçi mutaxassislari va Toşkent davlat transport universiteti professor öqituvçilari bilan Xitoyning “XCMG” korporatsiyasida quriliş va yöl quriliş texnikalarini işlab çiqariş jarayonida innovatsion texnologiyalar, korporatsiyada yöl quriliş texnikalarini işlab çiqarişdagi yangiliklar bilan taşkilotlarni taniştiriş va Özbekistonda amaliyot bilan nazariyani boğlaş maqsadida “XCMG” korporatsiyasining taklifiga binoan Syuydjou şahrida 2024 yil 15 yanvarda boşlangan 5 kunlik tadbir taşkil etildi. Tadbirda Avtomobilsozlik va işlab çiqariş muhandisligi kafedrasi dotsenti A.X.Sarmonov qatnaşdi.
Keltirilayotgan maʼlumotlardan şuni anglaş mumkinki, ikki mamlakat örtasida özaro tajriba almaşiş uçun barça şart-şaroitlar yaratilmoqda. Prezidentimizning kuni-keça XXRga qilgan taşrifi va taşrif çoğida imzolangan bitimlar mazkur munosabatlarni yanada yuqori bosqiçga olib çiqiş uçun huquqiy asos bölib xizmat qilişi şubhasizdir.
Abdulaziz GULAMOV,
Toşkent davlat transport
universiteti
prorektori.
