Dengiz nafasiga çayqa dilimni
Muhayyo RUSTAM qizi
Muallif haqida:
Muhayyo Rustam qizi — 1973 yili Paxtaçi tumanida tuğilgan. Navoiy davlat pedagogika institutining filologiya fakultetini tugatgan. Faoliyatini Navoiy viloyati teleradiokompaniyasida boşlagan. “Döstlik bayroği” gazetasi, “Yoş kuç”, “Ğunça”, “Saodat” jurnallarida işlagan. Ayni paytda “Jadid” adabiy, ilmiy-maʼrifiy, ijtimoiy haftalik gazetasida faoliyat olib bormoqda.
“Oy sohili” nomli şeʼriy töplami çop qilingan.
Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi aʼzosi.
ONAJON
Onajon…
Quyoş böyi anqir közlaringizdan,
Bir nazar eritar qayğularimni.
Siz quçoq oçsangiz tutday tökilar,
Munçoqday terasiz tuyğularimni.
Onajon…
Kokilimni töşay tovoningizga,
Bosing, poyingizda soçim gullasin.
Umrim taroşlagan qalam — maşoyix
Könglim izhoridan maktub yöllasin.
Onajon…
Yurakdagi mehrning muhrin
Men hotamnomaga bosdim ayamay…
Dağe, qaroqçilar ilkidan çiqib
Endi köksingizga ne deb suyanay?
Onajon…
Sevgimni olib keldim men
Jonimga sançilgan tiyğlar gul oçdi.
Ming bitta yoğiyga ğolib keldim men
Rahmat xabaridan xobir yöl oçdi.
Onajon…
Onajonim — bahrun najotim,
Keling, duolar-la ruhim uyğotib.
Tobora qirmizlab bormoqda şafaq,
Umrim osmoniga ketyapman botib.
QOR YOĞAR
Qor yoğar, oqlikka burkanar
Kimsasiz, boşi berk köça ham,
Oqarar borliq va yuraklar
Zamharir qoraytgan keça ham.
Qor yoğar, tozartib dunyoni
Qor yoğar oşufta xayolday.
Köngilning yöliga töşalar
Oqliklar şoyista iqbolday.
O, yoğar rahmati ilohiy,
U sabab yaşnagay bir bahor.
Ki yillar adoği-qişning ham,
Qor kabi oydinliq tongi bor.
ĞURBAT TUNIDA YOZILGAN ŞEʼR
Qazo tovuşida ulidi şamol,
Yulduzlarni yutdi oçofat osmon.
Boşimda şamolday ğovladi savol,
Qonimni şopirdi qasdi puşaymon.
Garçi bir gung kabi çiqarmadim sas,
Içimda tinmadi ul qahhor dovul.
Sen ixtiro qilgan fujur yebtöymas,
Ilohiy umrimni qildi tanovul.
* * *
Könglimning oğriği qiyomatgaça,
Yuragim yarasin yalaydi tamuğ.
Sening ozoringdan ötaman lekin,
Joningga bir kuni haqqim qalar çöğ.
Yonarkan, açişsa ruhingda kuyuk,
Böğzingga tiqilsa olgan nafasing.
Seni taʼqib etsa vijdon degan yuk,
Sinar baxt deb qurgan qora qafasing.
Öşanda közingni oçar bu hayot,
Öşanda anglarsan bari-barini.
Öşanda özingning içingga qaytib
Körarsan nadomat tasvirlarini.
Ungaça boşim xam, gardanimda yuk,
Bir ğarib yurarman men yerga qarab.
Umr böyi çekkan iztiroblarim,
Ajabmas, Xudoga etsa muqarrab.
* * *
Yuragimni sotaman,
Tikkin boringni.
Nimaiking bölsa örtaga qöygin.
Dunyoning eng munir yomğirlarin qöy,
Latif qor parçalarni tik yuragimga.
Olam-olam ranglarni sana qurtdayin…
Yuragimni sotaman,
Töpla boringni.
Oyni qöy örtaga, quyoşni ata,
Yulduzlarni yiğib xarjla bittadan,
Quşlar, baliqlarni narxla kamiga.
Sohir tabiati bor yuragimni
Sotaman,
Evaziga sevgil ruhimni.
Uçma çiriyajak qoşu közimga.
Sevgil
Olmalarday qiyğos gullagan
Marvarid-marvarid orzularimni.
Ol mendan, yurak ol, bağişla hayot,
Sevgi-la yaşamoq neligin anglat.
Taqdirimda sening vojib bölmoğing,
Balki izlaganim — mustafo talʼat.
Moviy tuşlar ulaş menga, azizim,
Zarğaldoq jonimga baxtni tasvir et.
Dengiz nafasiga çayqa dilimni,
Şuurimda oqquş tonglarni erit.
Bu lola yurakni sotaman senga…
* * *
Nima bor bu köngilday mahzun?
Va men kabi baxtiga taşna?
Özim kabi özimga duşman,
Va puşmonday vafodor oşna?
Yana kim bor menday notavon?
Orzulari — yongan bayroqlar.
Közin yoşi ravondan-ravon,
Umidlari — söniq çiroqlar…
Kim bor yana?..
Va yana nima?..
