Boburning gavharlari
“Jahon tarixida öçmas iz qoldirgan betakror siymolardan biri Zahiriddin Muhammad Bobur buyuk şoir, qomusiy olim, davlat arbobi va mohir sarkarda sifatida butun dunyoda maʼlum va maşhurdir. Uning beqiyos ilmiy-ijodiy merosi nafaqat milliy madaniyatimiz va xalqimiz adabiy-estetik tafakkurining şakllanişida, balki jahon adabiyoti, ilm-fani va davlatçiligi tarixida alohida öringa ega.”
Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning “Buyuk şoir va olim, maşhur davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligini keng nişonlaş töğrisida”gi qaroridan.
“…Şoh Boburning ön ikki ming askar bilan Ibrohim Lodiyning yuz ming kişilik laşkari ustidan porloq ğalaba qozonişi yoki aziz farzandi Humoyunga öz jonini sadqa qilişini eslaylik. Bularning barçasi bu mumtoz şaxs umrining ilmi ğayb hikmatlari bilangina şarhlanişi mumkin bölgan sirli sahifalaridir.
…Xazinasini bezagan, olamning ikki yarim kunlik xarjiga arziydigan Köhinur kabi olmos-gavharlardan köra ona yurtining bir hovuç tuproğini baland qöyar edi. Olamda vatan soğinçi va hasratini Boburdek yonib, qayğu-nadomatga tölib kuylagan boşqa biron şoir bormikan!”
Xayriddin Sultonning
“Boburiynoma” asaridan.
“Bu jahonga kim kelibdi, bölmasin baxtiqaro,
Jon berarda gavhari — iymonidan ayrilmasun”.
Mavlono HAZINIY
“Toj erur boşdagi fikrga qafas!”
Maqsud Şayxzodaning “Mirzo Uluğbek” asaridan.
Tölqin EŞBEK
Muallif haqida:
Tölqin Eşbek — 1963 yili Iştixon tumanida tuğilgan. 1985 yilda Toşkent davlat universiteti (hozirgi Mirzo Uluğbek nomidagi Özbekiston Milliy universiteti)ning jurnalistika fakultetini tamomlagan.
![]()
Adib va publitsistning “Jigarbandlar” (1992), “Şabada esgan kun” (1993), “Qişloqlik bola qissasi” (1994), “Jaydari hangomalar” (1996), “Adaşgan qiz qismati” (2000), “Hayot karvonlari” (2005), “Samarqand farzandi” (2020), “Olimning beqiyos olami” (2020), “Özbekning yomoni bölmaydi” (2020), “Ikki asr odami” (2022), “Korrupsiyasiz hayot zavqi” (2023), “Generalning mangu yulduzi” (2023) deb nomlangan nasriy va şeʼriy töplamlari kitobxonlar qalbidan joy olgan.
Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi aʼzosi. Adabiyot sohasidagi Usmon Nosir mukofoti laureati (1993), 2019 yilda Özbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga binoan “Döstlik” ordeni bilan taqdirlangan.
1
Söz qadrini baland tuting,
Lafz qadrini qilmang xor.
Özgadanmas, özdan kuting,
Sözda şaʼn bor, sözdir — or!
Barça neʼmat uvolidan
Oğirdir söz isrofi.
Ming mayda gapni hikmatga
Alişmas söz sarrofi.
Har narsani gap demasdan,
Oqil köngilga olmas.
Keskirlig-u qimmatlikda
Sözdir bamisli olmos.
Olmos haqda gap ketganda
Qöş naqlni esladim.
Uni sizga yetkazay deb
Qalamimni tezladim.
2
Olmos yurti qadim Hinddir,
Gavharlarning diyori.
Jilvasidan ketar köpning
Qölidan ixtiyori.
Sulton Mahmud Hind yurtini
Öz zabtiga olgandi.
Bunday hunarpeşa xalqdan
Aqllar lol qolgandi.
Hamma yoqda butlar emiş,
Közlaridir — yoqut, laʼl.
Köpçilikning nafsi qözib,
Diniga tuşdi qamal.
Ammo Mahmud böş kelmasdan,
Butu sanamni yoqdi.
Ranginkamon gavharlarga
Na burildi, na boqdi.
Beruniyga bul maʼdanlar
Ilmi uçun böldi bob.
“Hindiston”-u “Saydana” deb
Yozib qoldirdi kitob.
Ammo aʼyonlarning fikri
Dur, gavharga böldi band.
Qöyib bersa, şoh amridan
Toşni qöyişar baland.
Şu holda ham özlarini
Şohga sodiq bilişar.
Har söziga “Xöp!” degança
Tinmay taʼzim qilişar.
Ular içra bir qul — Ayoz
Sultonga maʼqul erdi.
Raşki kelgan şum aʼyonlar
Uni “Takabbur!” derdi.
Bir kun sulton aʼyonlarin
Qildi bir-bir imtihon:
Bunday “xöp-xöp”çilar aqli
Kimda pişiq, kimda — xom?!
Har biriga bir gavharni
Körsatib, narxin sördi.
“Bebaho!” deb har bittasi
Yo çin aytdi, lof urdi.
Söng qöliga berib bolğa,
Dedi: “Taşla sindirib!”
“Qilolmayman!” — derdi ular,
Közini nafs tindirib.
“Keçing bir qoşiq qonimdan,
Dargohingiz uluğ, keng,
Axir, şohim, buning narxi
Bir yillik xirojga teng!”
Öttiz aʼyon şu taxlitda
Qoldilar saqlab jonni.
Oxirda şoh Ayoz bilan
Boşladi imtihonni.
Ayoz esa öylanmasdan
Gavharni qildi mayda.
Ahli aʼyon dedi içda:
“Bundayin ahmoq qayda!”
Sulton esa ğazab bilan
Ayozga berdi daşnom:
“Ey, qulvaçça, qiliçim naqd
Endi qoningga taşna!
Neça dunyolarga tengdir,
Bu gavharning bahosi.
Ne sababdan senga kelib,
Yetişdi intihosi?!”
Ayoz boşin egib dedi:
“Uzrimni eting qabul,
Menga mingta bunday toşdan
Bitta amringiz maʼqul!”
Sulton çalib bunga qarsak,
Qulga tahsin öqidi.
Köpni körgan oqsoç tarix
Bundan ibrat töqidi.
(Sulton asli sof gavharni
Jön şişaga alişgan.
Ayoz-la bu tomoşani
Atayindan kelişgan).
Olloh amri qulga saboq,
Şohning amri vojibdur.
Kim Haq sözin aʼlo bilsa,
Öşal Haqqa hojibdur.
Tahrirlanmas rahbar sözi,
Taroziga solinmas.
Bu borada “agar-magar”
Inobatga olinmas…
3
Odamlarning bor aʼlosi,
Ğofilu ogohi bor.
Olmoslarning içida ham
Tengsizi bor, şohi bor.
Öşal olmoslarning şohi
Hindistondan topilgan.
Erişay deb unga köplar
Jonini nisor qilgan.
Köhinurdir uning nomi,
Maʼnosidir “Nur toği”!
Naq kaptarning tuxumiça
Kelar, aytsam u yoği!
Tiniqliqda suvday şaffof…
Taʼriflar öz yöliga.
Özgartirib qança şohni,
Tuşdi Bobur qöliga.
Har galgidek joyidir boş,
Qadaldi u sallaga.
Köpni körgan Bobur umri
Yetdi oğir pallaga.
Öziga gar tegsa tayoq,
Joyin silab ketgaydir.
Bolasi gar jabr körsa
Ota zoti netgaydir?
Naql bordir:
“Ota-bola
Solinibdi darraga.
Ota labin tişlagança
Yetişibdi marraga.
Navbat öğilga kelganda,
Ota noliş boşlabdi.
Şunça zarbdan yiğlamagan,
Dodlab yiğlay boşlabdi.
“Sen qandayin bir bandasan,
Yo şunçaki nodonsan!
Öz galingda çurq etmading,
Endi neçun nolonsan?”
“Avvaliga kaltak kelib
Tekkan edi etimga.
Yiğlaş qanday ham munosib
Bölsin menday yetimga!
Et kökarsa — bir kun ketar,
Boşda bori körildi.
Bu zarbalar bolamgamas,
Yuragimga urildi…”
Bu dunyodir tarozili,
Qoronğu oy ön beşi.
Bir kun Boburning boşiga
Tuşdi jigarlik işi.
Tönğiç öğli Humoyunning
Qoçdi tamoman tobi.
Oyning beli bukçayganday,
Qorayganday oftobi.
Bobur siğmay vujudiga,
Şerday borib-kelardi.
Har nafasda bolasiga
Haqdan şifo tilardi.
Isitmada Humoyunning
Joni kelar böğziga.
Ne tabiblar dorilarin
Tomizardi oğziga.
“Çilyosin” ham bermayin naf,
Ahli ilm turar lol.
Izdihomda söz boşladi
Şayx ul-islom bölmiş çol:
“Xasta jonin sotib olmoq
Kerakmikin Qadardan?”
“Neni beray, ayting, mayli?”
Sado çiqdi padardan.
“Tojingizning körki bölgan
Köhinurni aylang baxş!
Boylik emiş qölning kiri,
Farzanddir umrga naqş!”
Şoh fikrin band etdi oniy
Fursatda çol kalomi:
Demişlar bir tuz içgan joyga
Lozim qirq kun salomi…
Köngil — duşman, deganiday,
Ötdi dildan ming faraz:
Bu maslahat zamirida,
Balkim pinhon bir ğaraz?!
Taqdir içar suvga oğu,
Gohi esa qand solur,
Bir kun borib bu kalima
Siyosatga band solur?
Nahot oddiy toşga tengdir
Insonning aziz joni?
Bu olmosdan aziz ming bor
Tuqqan yurt Andijoni!
“Men bolamga toşdan qimmat
Öz jonim baxş eturmen.
Qabul qilsa edi Robbim,
Köp bearmon keturmen”.
Garçi bunday tavakkalga
Qarşi çiqdi aʼyonlar.
Ota vujudiga ötdi
Vaqti bilan ziyonlar.
Isitmasi tuşib birdan,
Öğildan dard aridi.
Ota esa bir haftada
Naq yetmiş yoş qaridi.
Asli Bobur bir umrida
Yaşagandi qöşini,
Ötdan olib suvga solgan
Otaşkada töşini.
Yuz bor kesib ötilgandir
Hayot-mamot çiziği,
Bu dunyoning unga endi
Qolmagandek qiziği.
Kutmas böldi tongni intiq,
Na ajalni poyladi:
Özga yurtga noyob gavhar —
Şeʼriyatin joyladi.
Oz umrida köpni kördi,
Vaqtni ötkazmay zoye,
Köhna tarix kökragiga
Taqib qöydi — “Vaqoyeʼ”!
Körib qança mağlubiyat,
Ham yovlarning qasosin,
Hind yurtida qöydi yangi
Saltanatning asosin.
Bu saltanat bitta bölsa,
Minglabdir “Köhinur”i.
Tojmahalda porlab turar
Mangulikning zuhuri.
Dam bir hudud boy berilgan,
Öntasi qöşilgan goh.
Ikki xalq döstlik gavharin
Taroşlagan Akbarşoh.
Bir avlodi Zebunniso,
Şoiri otaşzabon,
Şeʼrlarin el tildan qöymas
Oşsa hamki ne zamon.
Uzilmas bir şoda erur
Şoh Bobur va avlodi,
Özbegimning tarixida
Noyob gavhardir yodi!
