“Umid” manzur böldi

Özbekiston davlat drama teatriga Baken Kidikeyeva nomidagi Qirğiz davlat Yoş tomoşabinlar va ösmirlar teatri jamoasi taşrif buyurdi.

Qardoş xalqning teatr ijodkorlari qirğiz dramaturgi Kayrat Imanaliyevning “Umid” nomli monospektaklini poytaxtimiz tomoşa sanʼati  ixlosmandlari eʼtiboriga havola etdi.

Bir aktyor tomoşasi sifatida namoyiş etilgan uşbu spektaklda muştipar onaning uruşga ketib qayt­magan farzandlari diydorini körişdek orzu-armonlari ğoyat taʼsirçan, hayajonli, tabiiy tarzda oçib berilgan.

Yolğiz qolgan ona baʼzan öğillarining bolaligini eslab şirin xotiralar qurşovida qolsa, gohi farzand soğinçidan qalbi çeksiz iztirobga, közlari yoşlarga töladi. Faqatgina farzandlarini yana bir bor körişdek umid muşfiq onaga tasalli, yaşaş uçun kuç-quvvat beradi.

Mazkur spektakl rejissyor Ulanmirza Karipbayev tomonidan sahnalaştirilgan. Boş rolni Qirğiziston xalq artisti Nazira Mambetova ijro etgan. Tinç-osuda, xotirjam kunlar, soğliq, omonlik, bağributunlikning qadriga yetişga çorlovçi uşbu spektakl özbek tomoşabinlariga ğoyat manzur böldi.

N.Usmonova,

 ÖzA.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan