“Öt qöyuvçilar” kim?

Özbekiston Respublikasi sanʼat arbobi Bahodir Yöldoşev nomidagi “Diydor” teatr-studiyasida navbatdagi yangi spektakl premyerasi bölib ötdi. Tojikistonlik atoqli rejissyor Barzu Abdurazzoqov şvetsiyalik adib Maks Frişning “Biderman va öt yoquvçilar” pyesasi asosida “Öt qöyuvçilar” spektaklini taqdim etdi. Spektakl badiiy rahbari – Bobur Yöldoşev, adabiy maslahatçi – Nigora Umarova, rassom – Dono Ğaniyeva, liboslar böyiça rassom – Sevara Zunnunova, rejissyor yordamçisi – Salomat Zarifboyev, çiroqlar böyiça rassom – Husanboy Mamaşaripov.

 

Inson özing, inson özing!

Özbekiston xalq şoiri Erkin Vohidovning uşbu satri butun ahli başar uçun ogohlik qönğiroği bölib jaranglab turibdi. Insonning boşiga keluvçi barça köngilsizliklar ham, quvonçli onlarning hammasi ham öz qöli bilan keladi…

Spektakl voqealari domla (Özbekistonda xizmat körsatgan artist Farhod Abdullayev talqinida)ning xonadonida boşlanadi. U gazetalar öqiydi. Matbuot şahardagi köplab xonadonlarga öt ketayotgani, yonğin butun şaharni qop­lab borayotgani, öt qöyuvçilar kimligi töğrisidagi maqolalar bilan tölib-toşgandi. Şu payt bir devona (aktyor Jörabek Arziyev) domlaning eşigini qoqadi. U domladan avval yegulik, söng boşpana söraydi. Devona Abdu domlaning uyiga yaxşilab örnaşib olgaç, uning (jinoiy) şerigi Adolat (artist Yulduz Rajabova) ham paydo böladi.

Domlaning rafiqasi Klara (artist Iroda Qosimova)ning oh-vohi sunʼiy vahimadek bostirilaveradi, bostirilaveradi. Xullas, oilaning döstiga aylanib olgan Abdu va Ado domlaning uyi kulini kökka sovuradi. Eng qiziği, ularning qöliga gugurtni domla öz qöllari bilan topşirişida.

— Özbekistonda immersiv teatr bormi? – dey­di jurnalist va pedagog Beruniy Alimov. – Hozirgi axborot töfonlari, ayniqsa, feyk yangilik­lar jamiyatni iç-içidan yondirib, kul qilayotgan olovga öxşaydi. Eng açinarlisi, odamlarning özlari ana şu öt qöyuvçilarni heç ikkilanmasdan öz uylariga çaqirişadi. Hatto, boşlariga kötarib mehmon qilişadi, çeksiz ehtirom körsatişadi. Vaholanki, xalq, xususan, boş qahramon – domla (Farhod Abdullayev) va uning uyidagilari, yaʼni tannoz qizi va jingalak soçli xotini ham şahardagi xonadonlarga birma-bir öt keta boşlaganini juda yaxşi bilişadi. Nimaga şunday? Nima uçun domla va uning uyidagilari bu qadar befarq? Bu bilan spektakl ijodkorlari bizga oyna tutişmayaptimi? Qay ahvolga kelib qolganimizni oçiqçasiga körsatiş, yuzimizga ayamasdan şapati uriş şartmi? Töğrisi, bu safar sahna asarini tomoşa qilmadik, balki uning içida bevosita yaşadik.

Gazeta kerak! Gazetani muntazam öqib boriş hodisalarga töğri taşxis qöyiş va voqeliklarni xolis tahlil qilişga örgatadi. Umuman, axborotlarni doimiy kuzatib boriş şuning uçun kerak, nazarimizda.

Domlaning qölida gazeta bor edi. U hamma-hammasidan voqif edi. Lekin töğri xulosa çiqariş, oqni qoradan va qorani oqdan ajratişga kelganda u ojiz qoldi. Ehtimol, hammamiz ham şunday bölsak kerak. Balki özimizga bu sezilmas. Axir, spektakl avvalida “Biz sizlarga közgu tutamiz” deb bekorga aytilmagandi.

Olov hamişa ham yonib turgan. Uning tafti goh yuraklarga otaşin işq solsa, goh kuydiradi; baʼzan botinan, baʼzan zohiran olov bizni taʼqib etadi. Lekin bu jarayon doimiy davom etuvçi holat. Insonning umri olov bilan yonma-yon, qadamma-qadam keçsa, ne ajab? Muhimi, intihoning olovsiz bölişi. Spektaklda Soliq (Anvar Hamroqulov) Parvardigori olamga iltijo qilib, nur söraydi: qalbiga, yöliga, niyatiga, dunyo­siga. Nurning manbai esa olov…

Qölimizdagi gazeta — ötqiç, özimiz esa özimizga öt qöyuvçi bölib qolmasligimiz kerak!

— “Öt qöyuvçilar” spektakli haqida uzoq gapiriş mumkin va aytilgan fikr-taassurotlar albatta, subʼyektiv. Bu sahna ijodini har kim öziça talqin etadi; buni spektakl davomida tomoşabinlarning turliça reaksiyalaridan ham bilsa böladi. Teatr sahnasi yumorli epizodlarga boy. Köpçilik şunday paytlari kuldi, lekin bu sahnalar ham menga boşqaça taʼsir qildi. Kulganlar köpçilik edi, bundan men hafsalam pir bölib, hayratlandim ham. Odamda içki tuğyonga qarşi kuçsizlikdan tuğiladigan reaksiya böladiku, men aynan şu tuyğuni his qildim. Obrazlar orqali körsatilgan satira-yumor xuddi muammo oldidagi ojizona isterik kulguday, taslim reaksiyasidek göyo – bu esa holatni yanada ayançliligini börttirib körsatgandek… Umuman, spektakldan olgan taassurotlarimni tölaligiça bayon qilişga kuçim yetmayapti… Uni har kim öz közi bilan körib, his qilişi kerak. Masalan, men spektakldan böğzimda hazm qilolmaydigan alam bilan, juda oğir bölib çiqdim. Lekin sanʼat oşyonidan köpçilik xursand va kötarinki kayfiyat bilan çiqqanini ham kördim… Lekin xulosa har bir odamning özida, “öt qöyuvçilar”ni uy-ongiga kirgazmaslik qançalik qiyin bölmasin, nima bölganda ham, taqdir yöli özimizning qölimizda… – deydi Jaloliddin Saʼdinov. – Aktyorlar mahoratiga töxtalib ötmoqçiman. Kim agar özbek aktyorlari isteʼdodiga şubha qilsa, “Öt qöyuvçilar” spektakliga, boringki, “Diydor” uyuştirayotgan bir spek­taklga tuşib körsin! Şaxsan özimning bu boradagi fikrlarim tubdan özgarib ketdi. Tasanno!

Ha, ajoyib va noyob spektakl taqdimoti manzur böldi, soha mutaxassislari va “Diydor”çi tomoşabinlar tomonidan ham iliq kutib olindi. Ularning barçasi “öt qöyuvçilar odamning özi bölib qolmasligi”ni istagança teatrni tark etişdi. Premyeradan söng köp vaqt ötmagan esa-da, yangi sahna asari teatr repertuaridan tomoşabinbop spektaklga aylanişga ulgurdi.

Otabek ISROILOV,

jurnalist

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan